Yakuniy nazorat
22-variant
Savollar:
1.Signallarni diskretlash, kvantlash va
kodlash tushunchasi
2.Tezkor Furye o’zgarishi
Savollarga
javoblar
1-savol Signallarni diskretlash, kvantlash va kodlash tushunchasi
Elektron raqamli qurilma analog axborotni talqin qilishdan oldin signal 0 va 1
ikkilik ketma-ketligiga o‘tkazilishi kerak. Bu analog raqamli o‘zgartirgich (ARO‘)
yordamida amalga oshiriladi.
Analog signalni raqamli signalga aylantirish amallari:
1.diskretlash
2.kvantlash
3.kodlash
Diskretlash
Diskretlash-uzluksiz funksiyani diskretga aylantirishdir.
Teshayev Shuhrat 410-18 guruh
Analog signallarni diskretlash natijasida yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgani kabi
diskret signal xosil bo‘ladi.Diskret signallarni qayta analog signallarga
aylantirish
jarayoni interpolyatsiya deyiladi.
Rasmda eng keng tarqalgan yagona namuna ko‘rsatilgan. Birinchi uzluksiz signal
S(t) keltirilgan. So‘ngra teng vaqt oraliqlariga Δt bo‘linadi. Bu intervallar diskret
namunalar olish davri deyiladi.
Signal o‘lchamining sekundiga qilingan o‘lchashlar soni namuna
olish tezligi yoki
namuna olish chastotasi deyiladi. Ko‘rinib turibdiki, namuna olish qadami qancha
yuqori bo‘lsa, namuna olish darajasi shuncha yuqori bo‘ladi (ya'ni, amplituda qiymatlari
shuncha ko‘p qayd qilinadi) va shuning uchun biz olgan signalning ifodalanishi shuncha
aniq bo‘ladi. Bu mulohazani tasdiqlangan Kotelnikov teoremasi orqali qo‘llab-
quvvatlanadi. Bu teoremaga ko‘ra chekli spektrga ega bo‘lgan analog signalni uning
amplitudasi qiymatlarining diskret ketma-ketligi bilan aniq tasvirlash mumkin, agar bu
qiymatlar spektrning eng yuqori chastotasidan kamida ikki marta
katta chastotada amal
qilsa.
Amalda bu quyidagilarni anglatadi: raqamlashtirilgan signal asl analog signalning
(0-20 kGs) inson eshitadigan chastotalarining butun diapazoni haqidagi ma'lumotlarni
o‘z ichiga olishi uchun signalni raqamlashtirishda namuna
olish tezligining tanlangan
qiymati kamida 40 kGs bo‘lishi zarur.
Kvantlash - uzluksiz yoki diskret miqdor qiymatlarining qatorini chekli oraliqlarga
bo‘lish.