www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
1299
KONVEYERLARDA ELEKTR ENERGIYA ISTE’MOL QILISHNI
SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
Uchqun To’lqin o’g’li Mingboyev
Bobur O‘tkir o‘g‘li Rashidov
Navoiy davlat konchilik insituti magistrantlari
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kon-konveyer transport tizimining energiya sarfini
kamaytirishning bir necha xil dolzarb masalalari ko'rib chiqilgan. Ommaviy yukni
tashish paytida konveyer lentasi yordamida energiya yo'qotilishini
tahlil qilish
ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar: Konveyrlar, BDN ingibitori, Stator chulg’amlari, konveyer lentasi,
motorlar, static moment, inyersiya moment.
METHODS TO INCREASE EFFICIENCY OF ELECTRICAL CONSUMPTION
IN CONVEYORS
Uchkun Tulkin ugli Mingboev
Bobur Utkir ugli Rashidov
Navoiy davlat konchilik insituti magistrantlari
ABSTRACT
This article discusses several different topical issues of energy consumption
reduction of mining conveyor transport system. An analysis
of energy losses using
conveyor belts during bulk transportation is shown.
Keywords: Conveyors, BDN inhibitor,
stator windings, conveyor belt, motors,
static torque, inertia torque.
KIRISH
Tog'-kon sanoati korxonalarida elektr energiyasi narxining ko'tarilishi munosabati
bilan lenta konveyerlari orqali katta hajmli yuklarni tashishda energiya sarfini
kamaytirish muammosi paydo bo'ldi. Konveyerlar juda kop elektr energiya iste’mol
qiladi,shuning uchun elektr energiyani iste’molini
kamaytirish sanoatda muhim
hisoblanadi. Qurilishda, konchilik ishlarida va shuningdek sanoatning boshqa
sohalarida lentali
konveyerlar sochiluvchi, donali va bo‘lakli materiallami
gorizontal va burchak ostida bir joydan ikkinchi joyga ko'chirishda juda keng
qo‘llaniladi. Bu qurilmalarda asosan 4A rusumli uch fazali
rotori qisqa tutashtirilgan
va faza rotorli asinxron motorlar qo‘lIaniladi, ularning quvvati bir necha yuz kVt
gacha boradi.Ko‘p yuritmali konveyerlarda yuqori sirpanishli yoki faza rotorli, og'ir