Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida N.T.Dushatov rahbarligida 2018-2019 yillarda bajarilgan YO-F4-07 «Kopula funksiyalari yordamida statistik baholash va gipotezalarni tekshirish» mavzusidagi fundamental loyihada (loyiha rahbari rofessor.......................) Navoiy davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi Yo‘ldosh Safarovich SHotemirovning 01.01.01-“Matematik analiz” ixtisosligi bo‘yicha “Panjaradagi Shryodinger operatorining invariant qism fazolari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasidagi quyidagi ilmiy natijalardan foydalanilgan:
1. Proporsional risklar modelida integral intensivlik funksiyasi yordamida qurilgan baholar orqali tuzilgan empirik protsesslardan Gauss protsessi bilan approksimatsiya teoremalarini isbotlashda foydalanilgan.
Ilmiy natijaning qo‘llanilishi tasodifiy senzurlanishning raqobatdosh risklar modelida o‘rganilayotgan funksionallarining asimptotik xossalarini tadqiq qilish imkonini bergan.
2. Tasodifiy senzurlanish modellarida modifikatsiyalangan Kats baholari va ularning asimptotik xossalari taqsimot funksiyasi va uning turli xarakteristikalarini tadqiq qilishda foydalanilgan.
Ilmiy natijaning qo‘llanilishi statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda, statistik baholash va gipotezalarni tekshirishda hamda ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning empirik protsesslar bilan bog‘liq maxsus kurs masalalarini hal qilishda foydalanish imkoniyatini bergan.
Y.S.SHotemirov mazkur grantda ishtirok etmagan. Ushbu ma’lumotnoma fan doktori darajasini beruvchi Ilmiy kengashga taqdim etish uchun berildi.