Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti 402-guruh talabasi Sharipov Mirkomil
Mavzu: Slovakiya iqtisodiyoti
Reja:
Davlat tuzumi Xoʻjaligi va sanoati Iqtisodiy ko’rsatkichlari Eksport va importi
Davlat tuzumi
Slovakiya (Slovensko), Slovak Respublikasi (Slovenská republika) — Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 49 ming km². 5,457,873 (1-yanvar 2020). kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan 8 oʻlkaga boʻlinadi. Poytaxti – Bratislava shahri. Slovakiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 1-sentabrda qabul qilingan (1999-yil tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi – prezident (2019-yildan Zuzana Čaputová), u umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament – Milliy kengash, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
AHOLISI
Aholisining koʻpchiligi – slovaklar (87%), shuningdek venger, chex, ukrain va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 56,8%. Rasmiy til – slovak tili. Dindorlarning aksariyati – xristian (katolik)lar. Yirik shaharlari: Bratislava, Koshitse, Preshov.
Demokratik Slovakiya uchun harakat – Xalq partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Slovakiya demokratik ittifoqi, 1995-yil tuzilgan; Slovakiya dehqonlar partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Slovakiya ishchilari birlashmasi, siyosiy partiya sifatida 1994-yil roʻyxatga olingan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1991-yil tuzilgan; Slovakiya milliy partiyasi, 1989-yil asos solingan; Venger xristian demokratik harakati, 1990-yil tashkil etilgan; Slovakiya xristiandemokratik ittifoqi partiyasi, 2000-yil roʻyxatga olingan. Slovakiya Respublikasi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yil asos solingan.