Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti 306 guruh talabasi Rustamov Uktam ning inson



Yüklə 493,72 Kb.
tarix07.11.2022
ölçüsü493,72 Kb.
#67783
Falsafa 1 taqdimot

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti 306 guruh talabasi Rustamov Uktam ning insonning ma'naviy dunyo qarash Ida falsafa ning roli mavzusida taqdimoti

  • REJA:
  • Ma’naviy barkamol inson tushunchasi
  • Falsafa - Ma‘naviy-madaniyatning tarkibiy qismi
  • Falsafiy dunyoqarash nima degani?
  •  Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi? Prezidentimiz uqtirganidek, odam tabiiy omillarga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘ladigan irq va elatni tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini hech kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, zo‘ravonligisiz o‘zi tanlab olishi mumkin va lozim. Modomiki, shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan davlat, fuqarolik jamiyati qurish sari borayotgan ekanmiz, qanday dunyoqarashga asoslanishimiz kerak?
  • Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo‘nalishdagi – ilmiy – falsafiy va diniy – mistik dunyoqarash mavjudligi o‘z - o‘zidan ayon. Ularni bir biriga qarama – qarshi qo‘ymagan holda – shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish nazarda tutilganligi bois bog‘cha, maktab, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalardagi ta’lim - tarbiya tizimi jarayonida ilmiy - falsafiy dunyoqarash shakllantiriladi.
  • Komil inson to‘g‘risidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan O‘zbekiston Prezidenti asarlarida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Talim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan.
  • Komil inson to‘g‘risidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan O‘zbekiston Prezidenti asarlarida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Talim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan.
  • Farobiy insonnig yaratuvchanlik qobiliyatiga yuksak baho beradi. U inson biologik mavjudot emas, balki aql zakovat sohibi ekanligini, o‘z mehnati bilan ijtimoiy mohiyat kasb etishini uqtiradi. Yusuf Xos Hojib ham insonga aql berib qo‘yilgan, shuning uchun ham yer yuzida har qanday mushkullikni oson yenga oladi, degan fikrni bildiradi. Navoiy dunyoda insonga qaraganda ulug‘roq kamolot yo‘q, deydi: “Menga ne yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam o‘lsam ushbu basdir.”
  • Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishi-larga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqida bir butun, yaxlit ma‘lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning hech kim tomonidan yaratilmaganlgini, abadiyligini uqtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta‘kidlaydi.
  • Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi ya‘ni tarixiy tiplari bor:
  • a) mifologik dunyoqarash;
  • b) diniy dunyoqarash;
  • v) falsafiy dunyoqarash.
  • Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi mifologik dunyoqarashdir.
  • Mifologik dunyoqarash (mifologiya-yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagos-fikr, ta‘limot degani) ijtimoiy taraqqiyot-ning eng boshlang’ich bosqichlariga xos bo’lgan insonning dunyoni tushunishining o’ziga xos usuli sifatida paydo bo’lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Mifologik dunyoqarash odatda o’z ifodasini o’sha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, to’qilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir.
  • Dunyoqarashning ikkinchi tarixiy tipi diniy dunyoqarashdir.
  • Diniy dunyoqarashning asosiy va hal qiluvchi belgisi-ilohiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosining Xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini e‘tirof etish, Xudoga, ruhlarga sig’inishdan iboratdir.
  • Diniy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o’zidan emas, balki tabiatdan tashqari sabablar, xudoning qudrati bilan tushuntiradi. U hamma narsada va har qaerda ilohiy kuch-larning ta‘siri, mo’‘jizaviy kuch bor, deb pisanda qiladi.
  • Etiboringiz uchun rahmat

Yüklə 493,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin