Cholg’ushunoslik
Reja:
Sharq musiqa cholg'ulari
O'rta osiyo musiqa cholg'ulari
Ud musiqa cholg'usi
Sato musiqa cholg'usi
Dutor musiqa cholg'usi
Chang musiqa cholg'usi
Qonun musiqa cholg'usl
Nay musiqa cholg'usi
G'ijjak musiqa cholg'usi
Afg'on rubobi
Qashqar rubobi
Doyra cholg'usi
Milliy musiqa cholg'ularimng ijrochiligi haqida
SHARQ MUSIQA CHOLG'ULARI
Sharq musiqa cholg'ulari umuman ko'pgina dunyo musiqa cholg'ularining asosini tashkil etib, dastlab milliy musiqa cholg'ularini deyarli juda ko'p nusxalari Sharq olimlari. allomalari tomonidan ixtiro etilib kelingan. Keyin boshqa davlatlarga tarqalib, ular ko'rinish va tuzilishi jihatidan bir xil, faqat joylashgan muhiti, nomlanishi, shakli, tuzilishlari, ijro etiladigan asarlari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan: barcha Sharq xalqlarida, nay, doyra, surnay, ud, tanbur, dutor, chang va boshqa musiqa cholg'ulari uchraydi. Ya'ni - doyra, nag'ora. chirmanda. dumbelek yoki daf, nay (fleyta) cholg'usi, misnay, yog'och nay, g'arav nay hamda qo'shnay. zurna, surnay, karnay. Ud cholg'usi - lyutniya, tanbur cholg'usi- tanbur, tenbur, tarn bur va hokazo nomlar bilan nomlanib, Sharq xalqlari musiqa ijrochiligida qo'llaniladi.
Hindiston, Pokiston, Afg'onistonda bir-biriga o'xshash: vina, sorod, setor, tarn bur, tanbur, tabl, zurna, kamoncha, santur, soz, deship kabi musiqa cholg'ulari, Xitoy, Yaponiya, Mangoliyada bir-biriga o'xshash hamda Xitoyning Uyg'ur xalqlari yashaydigan Qoshqar mahalgohida, O'rta Osiyoning O'zbekiston, Tojikiston davlatlaridagi ud, tanbur, dutor, nay. surnay, qo'shnay, doyra, rubob, nag'ora, g'ijjak, dumbra, changqobiz. buiamon va bosliqa nom bilan ataluvchi musiqa cholg'ulari uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |