Shaxs rivojlanishi va o’spirinlik davriga otishdagi inqiroz
Xusnidabonu Yaxyobek qizi Niyozova
Jaxongirmirzo Sharobiddin o’g’li Qo’chkarov
Andijon davlat universiteti
Annotatsiya:
Kelajakka intilish ilk o’spirinlarning
psixologik xususiyati
hisoblanadi. Ilk o’spirinlik davrida shaxs rivojlanishining muhim omili hayotiy
rejalar qurish, hayotiy istiqbollarni anglash hisoblanadi. Hayotiy reja keng tushuncha
bolib, shaxsiy o’z-o’zini belgilashning barcha sohasini qamrab oladi. Kelajakka
hayotiy rejalar qurish, kasbiy o’z-o’zini belgilash o’spirinlik davridagi markaziy
psixologik yangilikdir. Ushbu maqolada shaxs rivojlanishi va o’spirinlik davriga
otishdagi inqirozlar keng yoritilib berilgan.
Kalit so’zlar:
O’spirin, inqiroz, shaxs, rivojlanish
Personality development and crisis in adolescence
Khusnidabanu Yakhyobek kizi Niyozova
Jakhongirmirza Sharobiddin oglu Kuchkarov
Andijan State University
Abstract:
Aspiring to the future is a psychological characteristic of early
adolescents. An important factor of personality development
in early adolescence is
making life plans and realizing life prospects. A life plan is a broad concept that
covers all areas of personal self-determination. Making life plans for the future,
professional self-determination is the central psychological innovation in adolescence.
In this article, personality development and crises in adolescence are widely covered.
Keywords:
Adolescent, crisis, personality, development
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi,
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga
xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit
inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i
kerak. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan
miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir.
Rivojlanish
mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan
yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
657
borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. Rivojlanishining
manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Kadrlar tayyorlash
milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida
ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma’naviy-ahlohiy
jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs
sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Shxsning rivojlanishdagi
xususiyatlarini o’spirinlarda ko’rib chiqamiz. Bu davrda har bir shaxs rivojlanish
bilan birga yosh inqirozini ham boshidan kechiradi.
O’spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z
fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta
boshlaydilar. Shunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va
dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash,
ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada
va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga
kirishishi ham turtki
bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga hosligini namoyon etish, boshqalarning
diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o’z qarashlari
nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z
qiziqishlari bilan o’lchaydilar. SHu bois ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri
yo’nalish berishlari o’ta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa
boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa
shaxslari bilan muomala-
muloqoti muhimdir. O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq
yana bir xususiyati - bu, murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch,
vijdon hissini anglash, o’z qadr-qimmatani e’zozlashi, sеzish va fahmlashga ko’proq
moyilligidir. O’spirin o’quvchida o’zini anglashi nеgizida o’zini tarbiyalash istagi
tug`iladi.
O’spirinlarda shaxs rivojlanishi va ulardagi vujudga keladigan inqirozlarni juda
ko’plab olimlar o’rgangan. E.Erikson, I.R.Straxov, A.L.Shnirman kabi chet el
olimlari tadqiqotlarida o’spirinlarning rivojlanish va ulardagi inqirozni o’rganish
bosh mazvusi hisoblanib keldi. Bu mavzu bizning olimarimizning tadqiqotlarida ham
bosh mavzu bo’lib keldi. Jumladan, A.Jabborov, O.U. Avliyayev, G’.B.Shoumarov,
F.A.Akramova va boshqa olimlarimiz samarali ish olib borishgan. M.G.Davletshin
rahbarligi- da M.T.Isakova tomonidan otkazilgan «Yuqori sinf o’quvchilari
xarakter
xislatlarining shakllanishida milliy ananalarning tasiri» mavzusida ilmiy izlanish olib
borilgan. Tadqiqotda ozbek etnik guruhiga xos bolgan yuqori sinf oquvchilari
xarakter xislatlarining etnopsixologik xususiyatlari, yani Vatanga muhabbat, kat-
talarga hurmat, mehnatsevarlik, rostgoylik, uyatchanlik, kamtar- lik kabi xislatlarning
shakllanishiga milliy ananalarning tasiri organilgan. E.Erikson o’spirinlik davridagi
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
658
o’z-o’zini belgilash-indentlik inqirozini o’rgangan. Eriksonning takidlashicha,
identiklik inqirozi bir necha qa- rama-qarshiliklarni oz ichiga oladi:
-
vaqtinchalik istiqbol;
- o’ziga ishonish yoki tortinchoqlik;
- turli rollarni sinab ko’rish yoki bir rolda qotib qolish;
- shogird tushish;
- lider munosabati (avtoritetning noaniqligi yoki davomchisi);
- g’oyaviy e’tiqod yoki qadriyatlar tizimining aralashib ketishi.
O’spirinlik davrida o’spirin yoshlarda bir nechta inqirozlarni boshidan kechiradi.
O’spirin o`quvchilarda tabiat, san’at, adabiyot,
madaniyat, ijti-moiy xayot
guzalliklarini paykash, idrok qilish, sеvish, ulardan ta’sirlanish, ma’naviy ozuka olish
xislatlari paydo bo`ladi. Ular-ning psixologiyasida mayin sado, yokimli nido, kalbni
to’lqinlantiradigan musiqa, nozik xis-tuygu, ezgulik xislari, mayllari kuchayadi.
Ayniqsa, etsеtik xislar ularning ma’naviyatidagi kupol, noxush,
xunuk va yokimsiz
kiliklarning yukolishiga yordam bеradi. Shunga karamay uspirin yigit va qizlar
orasida etsеtik tuygusi to`la shakllanmagan, noto`g`ri tasavvurga ega bo`lgan shaxslar
xam uchraydi. O’spirinlarda sеzgirlik, kuzatuvchanlik takomillashib boradi, mantikiy
xotira, eslab kolishning yul va vositalari ta’lim jarayonida еtakchi rol uynay
boshlaydi. Uspirinlar topshiriklarni bajarishda, ularning ma’nosi xamda moxiyatini
to`la anglab ish to`tadilar, eslab kolish, saklash, esga tushirish jarayonlarining
samarali usullaridan unumli foydalanadilar. O’spirinlarda
kasblar haqida yaqqol
tasavvur bo`lmasligi sababli ular ko`proq xatoga yo`l qo`yadilar. O’z qobiliyatlarini
oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tеz va
aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar.
Biroq hozir mazkur ko’ngilsiz xolatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari
mavjud.