Referat mavzu: Xalqaro tribunallar Tayyorladi



Yüklə 32,55 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2021
ölçüsü32,55 Kb.
#49347
növüReferat
  1   2
XGH 1mavzu


Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika

Universiteti

Harbiy ta’lim fakulteti

Xalqaro Gumanitar Huquq“ fanidan



REFERAT

Mavzu: Xalqaro tribunallar

Tayyorladi:______________________________

Tekshirdi:_______________________________

TOSHKENT-2021

1.Xalqaro tribunallar:

Xalqaro jinoyatchilik – o’ta og’ir xalqaro – huquqiy xatti – harakat bo’lib, xalqaro  huquqning eng muhim normalarini buzadi, mazkur normalar esa butun jahon hamjamiyatiga hayotiy amiyatga ega. Chunki u xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladi. Bu xalqaro huquqda davlatlar tomonidan sodir etilgan og’ir jinoyatdir. U jahon hamjamiyatiga va ko’pincha u yoki bu davlatning mavjudligiga tahdid soluvchi jinoyat bo’lib, xalqaro majburiyat hisoblanuvchi erga omnes ning buzilishini namoyish qiladi. Bu kabi jinoyatlarga harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid, agressiya, tinchlikkaqarshi va hamda insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar va boshqalar kiradi. Bu kabi jinoyatlar davlat organlari va mansabdor shaxslari va boshqa shaxslari orqali sodir etiladigan davlat darajasidagi siyosatda namoyish bo’ladi.


Individning xalqaro miqyosdagi ijtimoiy – xavfli deb tan olingan harakatlari, qoidaga ko’ra, xalqaro huquqqa tegishli tegishli jinoyatlar yoki xalqaro xarakterga ega jinoyatlar deb ataladi. O’z mohiyatiga ko’ra, xalqaro xarakterga ega jinoyatlar umumjinoiy hisoblanadi, lekin ular “xaqaro belgilar” bilan og’irlashtirilgan. Bu kabi  jinoyatlarga xususan quyidagilar kiradi:
Xalqaro terrorizm;
Odam savdsi;
Qalbaki pul yasash;
Qaroqchilik va boshqalar.
Shunday qilib, bu turdagi jinoyatlarning asosiy ajralib turuvchi belgisi sodir etilgan jinoyatning davlat faoliyati bilan aloqadorligidir. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan jinoyat turlarining boshqa farqli belgisi xalqaro huquq orqali ko’rib chiqiladigan mazukr jinoyatlarga javobgarlik shakli xisoblanadi. Xususan, Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan qabul qilingan davlat majburiyati xaqidagi proekt moddasiga ko’ra davlatlar satisfaktsiya, restitutsiya va kompensatsiya shakllaridagi xalqaro-huquqiy majburiyat oladi. Xalqaro mikiyosdagi jinoyat bilan bog’liq masalalar esa, yuqorida aytib o’tkanimizdek, alohida individlar sodir etkan jinoyatlar orqali o’zlariga jinoiy javobgarlikni zinmalarga oladilar. Nazariy jihatdan individlarning xalqaro jinoiy javobgarligi-Xalqaro Xuquqning mustaqil instituti bo’lib davlatning javobgar institutiga qaraganda ijobiy xarakterga ega. Bu kabi xususiyatlar qachonki dalat xalqaro jinoyatchilikni sodir etishda aloqador bo’lmasa yuqoridagi xususiy xolatlar namoyish bo’ladi. Har hil xolatlarda xususiy shaxslarning xalqaro davobgarligi ularning fuqaroligiga oid masalalar ahamiyatga ega emas. Javobgarlikni yuklatishdan oldin birinchi navbatda mazkur individning shaxsiy hatti-harakatiga e’tibor qaratiladi.
Uning boshqa tarafi ham bor. Xalqaro xuquqning normalari asosida tartibga olingan xarbiy jinoyatlar (Shu kabi boshqa jinoyatlar ham)-davlat suverenitetining chegaralangan shakli. Lekin xalqaro xuquq komissiyasining fikriga ko’ra, davlat majburiyati bilan shaxsan jazoga tortilgan individid, xalqaro jinoyat soldir etgan aybdor davlatning xalqaro javobgarligi shakliga kirmaydi. Agarda bunday vaziyatlarda majburiyatni tribunal bajarsa bu yerda suverenitetining chegaralanishi haqida gap ketishi mumkin emas. Tajribada shu kabi xolatlar “Davlat akti” deb nomlanuvchi muayyan shaklidagi doktrinaning tiklanishiga olib kelishi mumkin, u xolda abstrakt sub’ektning javobgarligi davlatga o’tkazilishi yuz beradi hamda individning javobgariligi kamaytiriladi.
Hozirgi paytda individning xalqaro jinoiy javobgarligi instituti umummajburiy xisoblanadi. Ko’plarga bu ikkinchi jahon urushidan so’ng tashkil qilingan birinchi tribunal AD–HOCdan so’ng amalga kiritildi, bu haqda esa kengroq gapirib o’tiladi. Bu tribunallar navbatdagi obrazda rivojlangan xalqaro xuquqni buzilishini to’xtatish tizimiga kiradi. Birinchi navbatda ikkinchi jahon urushi ohiriga qadar davom etgan huquq buzarlik to’xtilishining an’anaviy tizimi murakkablashdi. Uni yana boshqacha qilib urushining xalqaro jinoiy huquqi deb ham nomlashadi. Bu tizim jinoyat to’xtalishining ichki, davlat xarakterini o’zida ifodalagan. Huquq buzilishiga javobgarlikning xalqaro tizimini birinchi martda tajribada ko’llash ikkinchi jahon urushidan tugagandan keyin qabul qilingan. 1918 yilning 11 noyabrda ittefoqchilar komissiyasi “Xalqaro harbiy jinoyatchilar”ning belgilab berish uchun tashkil qilindi. Versal’ tinchlik shartnomasiga muvofiq g’olib davlatlar asosiy harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortishni maqsad qilganlar hamda harbiy jinoyatchilarning barcha turlarini javobgarlikka tortish jarayonini olib orish uchun Xalqaro sud va Milliy tribunallarni tashkil etishni ham nazarda tutganlar. Biroq loyihalar, o’sha davr hayoti uchun progressiv bo’lib, baribir aniq tizimga mujassamlashtirilmadi.
Bundan tashqari, xalqaro huquq buzarlik klassifikatsiyasining yagona tizimi yo’q bo’lib, ular XGHning normalarni oluvchi xalqaro tribunallar faoliyati yoki boshqa har qanday sud tadbirlari orqali xalqaro darajadagi javobgalik shaklida ko’rib chiqilgan.
Shunday ekan, urush olib borish qoidalarning buzilishi uzoq vaqt jazoga tortilmay qoldi.
II jahon urushi oxiriga qadar yagona bo’lgan, jahon darajasida urush odatlari va normalariga rioya qilishning ta’minlangani bu Xalqaro Huquq ning sub’ektlarining erkin xohish – irodasi bo’ldi.
II jahon urushi davrida va undan keyin “favqulodda tizim” murakkablashdi. Xuddi shu davrda XGH ning huquqbuzarlikni oldini olish tizimi qabul qilgan alohida shaxslarning harbiy jinoyati uchun javobgarligi belgilandi.
Aloohida shaxslarining jinoiy javobgarligi holati Moskva (1943 y.), Potsdam (1945 y.), Qrim (1945 y.) konferentsiyalari, Nyurnberg va Tokio tribunallari Ustavlaridayoq belgilab qo’yilgan edi.
Boshida, Nyurnberg huquqiga ko’ra, harbiy jinoyati faqatgina London bitimiga qo’l qo’ygan 23 davlatga majburiy edi. Hozirgi kunda bu bitim va huquq BMT tomonidan tasdiqlab berilganidan boshlab butun Jaxon hamjamiyatini bog’laydi
1946 yilning fevral oyida BMT Bosh Assambleyasi qabul qilgan rezolyutsiyada Nyurnberg Xalqaro Harbiy Tribunali Ustavida ko’rsatib o’tilgan tinchlik va insoniyatga qarshi muayyan harbiy jinoyatlarni yo’qotishga qo’shib, davlatlarga harbiy jinoyatchilarni ko’lga olish va ularni mamlakatga o’tkazish(qaysi mamlakatda jinoyat sodir etilgan bo’lsa) uchun barcha zarur vositalarni ko’llashni tavsiya etadi.
Bu tizim deyarli o’zgartirishlarsiz 1949 yilgacha amalda ko’llanildi. Hozirgi vaqtda harbiy jinoyatlarni oldini olishning aralash tizimi amal qilinmoqda. Bu tizim xarakteri shundaki, u o’zining ichiga qisman xalqaro, davlatning ichki, ya’ni alohida shaxslar tomonidan urush qoidasining buzilishini to’xtatish vositalariga amal qilinadi. Jinoyat sodir etganligi uchun ta’qib qilishning zamonaviy bosqichi xalqaro va milliy darajalarda olib boriladi. Har holda XGHning buzilishini to’xtatishning zamonaviy tizimi rivoji va shakllanishini Xalqaro Harbiy Tribunal tashkilotlarining tajbasisiz tasavvur qilish qiyin. Bu Tribunallarga Nyurnberg, Tokio, Yugoslaviya va Ruanda Tribunallari tegishlidir.


Yüklə 32,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin