Shaxs toifalari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi



Yüklə 2,9 Mb.
tarix27.08.2023
ölçüsü2,9 Mb.
#140736
SHaxs toifalari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi 26.05 2023

Shaxs toifalari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi

Ekstrovert - ambivert - introvert toifali shaxslar

Ekstrovert — o‘ta muloqotga kirishuvchan, o‘zini odamlar guruhisiz tasavvur qila olmaydigan shaxsdir. Uning uchun muloqot haqiqiy ehtiyojidir, boshqalarning uni tushunish-tushunmasliklaridan qati nazar, u doimo o‘z fikr-istaklarini o‘rtoqlashgisi keladi.

Ekstrovert uchun konkret kim bilandir muloqotda bo‘lish emas, umuman kim bilan bo‘lsa ham muloqotda bo‘lish xohishi muhim.

Shuning uchun ham u umuman begona odam bilan gaplashib, kirishib keta oladi. Gaplashgisi kelmagan begonaning psixologiyasini tushunishi qiyin ("Qanday qilib gaplashishni xohlamaslik mumkin?", — deb o’ylaydi u).

Ekstrovertning qiziqishlari ham tez-tez o‘zgarib turadi, do‘stlari, o‘rtoqlarini ham almashtirib turishga intiladi.

U o‘ta kirishuvchan bo‘lganligi uchun ham har qanday sharoitda vaziyatdan chiqish usullari to‘g‘risida tez xulosaga keladi, o‘ta qiziquvchan, dunyoda bo‘layotgan hodisalar, ''mish-mishlar"ni bilish uning uchun zarur.

Ekstrovert kek saqlamaydi, bugun urushgan odami bilan ertaga hech narsa bo‘lmaganday apoq-chapoq bo‘lib ketishi mumkin


ekstrovert

Introvert

Ekstrovertning teskarisi. U ko‘proq ichki dialog formasidagi muloqotni afzal ko‘radi, ya’ni yolg‘izlikda mulohaza yuritish, o‘zi haqida o‘ylash va shunga o‘xshaganlar uning uchun asosiy ishdir.

unda muloqotga ustanovka juda sust, odamlarning uni tushunmay qolishlaridan doimo xavotirda bo‘ladi. Introvert kitoblar olami, falsafiy fikrlashlarga moyil, chunki u odamlar guruhida sodir bo‘lib turadigan ziddiyatlardan cho‘chiydi, o‘zini olib qochadi. Agar muloqotda bo‘ladigan bo‘lsa, 2—3 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhni afzal ko‘radi. har kuni emas, ba’zan-ba’zan uchrashib turish, gaplashganda ham ''shaxsiy" mavzularda emas, umumiy gaplar haqida suhbatlashishni yaxshi ko‘radi.

u ekstrovertdan farq qilib, o‘z ''Men"ining boshqalarga o‘xshamasligini doimo esda tutadi. Introvert doimiy standartlar, belgilangan normalar olamida yashaydi, qiziqqan narsasi bilan umrini oxirigacha bo‘lsa ham shug‘ullanishga tayyor, umr yo‘ldoshiga sodiq, vafodor. Do‘stlarga ham xuddi shunday.

Ambiversiya

Ekstorvert - introvert

  • Bu tiplar muloqotga kirisha olish qobiliyatiga ko‘ra farqlanadi.

Mobil va rigid toifali shaxslar

Bu shaxs tiplari muloqotga kirishish me’zoniga ko‘ra farqlanadi.


Mobil tip har qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lgan sharoitda juda tez muloqotga kirishadi, lekin boshqa narsalarga ham diqqatini ko‘chirishi mumkin. U tez gapiradi, doimo shoshadi, yuz ifodalari ham tez o‘zgaradi. Suhbat mavzusinn ham tez-tez o‘zgartirib turishga moyil. Gaplashib ketishi qanchalik oson bo‘lsa, gapni tugatib, xayrlashib ketishi ham oson. Suhbat tugagandan keyin qolgan ishini davom ettirib ketaveradi.

Rigid

Bunday shaxs qatiyatli, dadil bo‘lsa ham, bir faoliyat turidan ikkinchisiga ko‘chishi juda qiyin, u ma’lum muddatni talab qiladn. Chunki u o‘ylamasdan tavakkal ish qila olmaydi. Masalan, u xat yozayotgan paytda kirib qolsaniz, to biror bo‘lagiga nuqta quymaguncha sizga qaramaydi. Qaragandan keyin esa, tezgina suhbatga kirisha olmaydi. Rigid shaxs juda yaxshi suhbatdosh.

Mobil tipdagi suhbatdosh bilan gaplashayotganda u tez-tez gapni bo‘lib, suhbatdoshga tashabbusni bergisi kelmaydi, rigid esa juda diqqat bilan tinglaydi. Lekin o‘zi gapirganda, sekin, mantiqan to‘g‘ri gapirishni yaxshi ko‘radi, gapini bo‘lishlarnni sira istamaydi.

Agar suhbatni bo‘lsangiz, keyingi safar siz bilan gaplashmay qo‘ya qolishni afzal ko‘radi. Agar u bilan urishib qolsangiz, ancha vaqtgacha uning jaxli chiqmaydi, sizni oxirigacha eshitib, sekin javob beradi, undagi ranjish, jaxl chiqishi odatda siz ketgandan keyin keladi. Agar uning suhbatdoshi toqatsiz odam bo‘lsa, ikkalasining chiqishishi qiyin, chunki u uzoqdan kelib tushuntirishni yaxshi ko‘radi.

Dominant va tobe toifali shaxslar

Dominant tip muloqot jarayonida sira ham boshqalardan past kelishni xohlamaydi, savol berilsa, xohlasa javob beradi, bo‘lmasa, indamasligi ham mumkin. U doimo suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatishi, uning bo‘ysunishini xohlaydi. Unda egoizm hissi kuchli, o‘zi xato fikr yuritsa, xatoligini suhbatdosh sezsa ham uni bo‘yniga olmaydi. Dominant tip — qatiyatli.

Suhbat davomida u sizning fikringizni yarim yo‘lda tushunsa, sizni oxirigacha tinglashni istamaydi, gapni bo‘lib, mayinlik bilan gapni tugatib qo‘yishi mumkin. Agar ikkala suhbatdosh ham dominant bo‘lishsa, unda ular o‘rtasida osongina raqobat hissi yuzaga chiqishi, kelishmay qolishlari mumkin. Shuning uchun janjallashib qolmaslik uchun dominant shaxsning musta qilligi, dadilligiga ko‘nish, unga o‘z nuqtai nazarini oxirigacha bayon etish imkoniyatini berish lozim.

Tobe tipli shaxs

suhbatdoshning qarashlariga moslashadi, doimo yon berishga tayyor, shuning uchun u kam janjallashadi, lekin yomon ko‘rib qolgan odami bilan umuman gaplashmaydi. Suhbat sharoitidagina u asta-sekin o‘zining dadilligini ko‘rsatishi, ochiq gaplashishi, ba’zan e’tirozlar bildirishi mumkin.

Tobe shaxsli bolalarni rag‘batlantirish maqsadga muvofiqdir, shuning uchun ham ularni maqtab turish, gapirayotganda ko‘zlar, yuz ifodalari bilan ularni ruhan qo‘llab turish kerak. Biror qarorga kelish kerak bo‘lib qolsa, bu shaxs qarorni yaxshisi siz qabul qilishingizni xohlaydi, chunki javobgarlikni bo‘yniga olishni istamaydi.


Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin