Reja:
1.Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti.
2.Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi.
3.Professiogenezning markaziy nuqtasi.
4.Kasbiy kamolot – kompetentlik
Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog„liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko„rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli darajada o„zlashtirgan mutaxassislar
haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o„tilgan.
Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko„p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o„z imkoniyatlarini to„liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda o„zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta‟limini va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o„rganishni muhimligini ko„rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o„rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo„naltirilganligidadir. SHuning uchun ham kasbiy etuklik darajasi ajratib ko„rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi.
SHaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko„pgina mualliflar tomonidan tadqiqqilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko„pincha mutaxassis shaxsining to„la
tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo„li bosqichi bilan muvofiq tarzda ko„rib chiqiladi. SHuning uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi.
Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini o„rganishda insonning imkoniyatlarini to„liq ochib beruvchi sub‟ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir.
Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga bo„linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub‟ekt o„zini “topgan”, o„zida va faoliyatida o„zini o„zgartirishni hoxlamasligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi tip esa sub‟ektning o„zini-o„zi “qidirishi” bilan tavsiflanadi. Bu o„tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi.