Mаvzu. Shaxs sotsiologiyasi va dеviant xulq-atvor reja: Shaxs tushunchasi. Shaxs tushunchasini turli fanlardagi talqini. Shaxs, inson, individ tushunchalari



Yüklə 43 Kb.
səhifə1/13
tarix02.06.2023
ölçüsü43 Kb.
#122363
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mаvzu Shaxs sotsiologiyasi va dеviant xulq atvor reja Shaxs tu


MАVZU. SHAXS SOTSIOLOGIYASI VA DЕVIANT
XULQ-ATVOR


REJA:
1. Shaxs tushunchasi. Shaxs tushunchasini turli fanlardagi talqini. Shaxs, inson, individ tushunchalari.
2. Shaxs ijtimoiy munosabatlarning mahsuli sifatida. Shaxs to‘g‘risidagi asosiy sotsiologik nazariyalar
3. Dеviant xulq-atvor (og‘ma xulq-atvor) tushunchasi va uning turlari.
sotsial sanksiya turlarini tushuntirish


Tayanch so‘z va iboralar: Shaxs, dеviant xulq-atvor (og‘ma xulq-atvor), dеviant xulq-atvor turlari: qonunni buzish, o‘z-o‘zini o‘ldirish, giyohvandlik, alkogolizm va boshqalar. sotsial mе’yor, anomiya, sotsial nazorat, sanksiya, ichki va tashqi nazorat, o‘z- o‘zini nazorat qilish, jamoatchilik fikri.


Shaxs tushunchasi. Shaxs tushunchasini turli fanlardagi talqini. Shaxs, inson, individ tushunchalari
Har qanday ijtimoiy tizimning bo‘laklari odamlar hisoblanadi. Odamlarning jamiyatga kirishligi turli birliklar orqali amalga oshiriladi. Har bir aniq shaxs sotsial guruhlar, sotsial institutlar, sotsial tashkilotlar jamiyatda qabul qilingan qoida va qadriyatlar tizimi, ya`ni madaniyat orqali gavdalanadi. Shunga muvofiq inson ko’p sotsial tizimlarga tortilgan bo’lib, ularning har biri unga shakllantiruvchi ta`sir ko’rsatadi. Shunday qilib, odam faqat sotsial tizimning bo‘lagi bo‘libgina qolmay, uning o‘zi ham murakkab tuzilmali tizimda aks etadi. Sotsiologiya shaxsni barcha xilma-xillikdagi majmuida emas, ya’ni tabiat mahsuli sifatida emas, balki ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi, jamiyat mahsuli sifatida qarab chiqadi. «Jamiyatni isloh qilish va yangilash bo‘yicha ko‘p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suveren O‘zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni ayni har bir fuqaro o‘z qobiliyatini, o‘z iste`dodini namoyon etishiga, shaxs sifatida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan»1.
Saxs sotsial o‘zaro ta’sir va munosabatlarning birlamchi omili bo‘lib hisoblanadi. Avvalo, «odam»,«inson», «individ», «shaxs» tushunchalarini bir-biridan farqlab olish kerak.

Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin