Mаvzu. Shaxs sotsiologiyasi va dеviant xulq-atvor reja: Shaxs tushunchasi. Shaxs tushunchasini turli fanlardagi talqini. Shaxs, inson, individ tushunchalari


E.Frommning ko‘rsatib bergan uchunchi yo‘nalishi insestual simbiozdir



Yüklə 43 Kb.
səhifə13/13
tarix02.06.2023
ölçüsü43 Kb.
#122363
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mаvzu Shaxs sotsiologiyasi va dеviant xulq atvor reja Shaxs tu

E.Frommning ko‘rsatib bergan uchunchi yo‘nalishi insestual simbiozdir. Insestual simbioz farzandning tashqi ta’sirdan chaqaloqligidanoq onasidan qo‘rqishi va unga intilishini anglatadi.Ona ochlikdan, sovuqdan va h.k. ta’sirlardan himoya qiluvchi vosita bo‘lib tuyuladi, onaga butunlay bog‘lanib qoladi.Bu shaxsni erksiz, irodasiz, kimgadir muhtoj qilib qo‘yadi.Bu bolalar to‘la ongli fikrlay olmaydilar.Ular uchun qon-qarindoshlik aloqalari birinchi o‘rinda turadi.Qanchalik to‘g‘i bo‘lmasin «begonalar» fikrini qabul qilmaydi.14
Deviant xulq-atvorni o‘rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli vaziyat shunday holatki, u sub’yektdan yechimini talab qiladi, uning yechimi ijtimoiy me’yorlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u yoki bu sabablarga ko‘ra, ushbu me’yorlarni qo‘llash qiyinroq bo‘ladi.
Eng katta muammoli vaziyat ziddiyatli holatlarda, ya’ni turli shaxslar yoki guruhlarning manfaatlari bir-birlariga to‘qnash kelganda yuz beradi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, o‘z joniga qasd qilishlarning 40%i oilaviy ziddiyatlar oqibatida sodir etiladi.
Ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishiga ba’zan shaxs xususiyatlari sabab bo‘lsa, ba’zan kichik ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, ishlab chiqarish brigadasi a`zolari, sinfdoshlar orasidagi salbiy munosabatlar ham sabab bo‘ladi.
Jamiyatda shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi muammoning va uni hal qilish imkoniyatlarining murakkabligi darajasiga ko‘ra muammoli holatning to‘rtta asosiy holati ko‘zga tashlanadi: 1) hech qanaqa muammo yo‘q holat, holat hech qanaqa qaror qabul qilishni talab qilmaydi; 2) muammo bor, biroq qiyinroq yoki osonroq bo‘lsa-da, uning echimi ham ijtimoiy me’yorlarda ko‘rsatilgan holat; 3) mavjud muammoni sub’yekt ijtimoiy me’yorlar doirasida hal qila olmaydigan holat; 4) muammoni hech qanaqasiga hal qilib bo‘lmaydigan holat. Ushbu turlicha holatlar keng ko‘lamda biridan ikkinchisiga o‘tib turadi.
Muammoli holatning mazmuni sub’yektning individual maqsadlari bilan jamiyat manfaatlari orasidagi maqsadlar va unga erishishning mumkin bo‘lgan vositalari orasidagi; faoliyatning kutilayotgan oqibatlari va uning qo‘shimcha natijasi (ijobiy yoki salbiy) orasidagi, shuningdek, ijtimoiy me`yor talablari va shaxs xususiyatlari orasidagi ziddiyatlarning (ko‘pincha o‘ylab chiqarilgan) paydo bo‘lishidan iboratdir.
Jamiyat a’zolari shaxsiy nuqtai nazarlarining shakllanishiga, ularning deviant xulq-atvorga nisbatan ijtimoiy faol munosabatlarining tarkib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita mutasadli shaxslar, tashkilotlar raxbarlarining o‘rni va roli kattadir. «Ba’zilarga mumkin, boshqalarga mumkin emas», «hozir yaxshi, ertaga yomon» va shu kabi munosabat holatlarining ikkilamchi fe’l-atvor shaklida, ya’ni parallel standartlar yo‘nalishida amal qilishiga izn berish juda xavflidir. Shu boisdan, har qanday holatlarda ham mansabdor shaxslar, turli jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalarining rahbarlari, pedagog va tarbiyachilar, qonunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining xulq-atvor me’yorlarini buzishi qatiy qoralanadi.
Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik,o‘z-o‘zini o‘ldirishlar bilan bog‘liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va sotsial oqibatlariga ko‘ra mohiyatan farqli jihatlarga egadir.
Voyaga etmaganlar va yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning hayoti va sog‘ligini saqlash, ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol toptirish kabi muhim masalalar bo‘yicha qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati ustivor ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz bo‘yicha keyingi yillarda sodir etilayotgan barcha jinoyatlarning 25-30 foizi yoshlar hissasiga to‘g‘ri kelayotgani, umuman olganda, har yili 30-34 ming nafar yoshlar, jumladan, 3,5 ming xotin-qiz jinoyat sodir etayotgani barchamizni tashvishga solishi zarur.
Birgina 2016 yilning 11 oyida 815 nafar kollej va litsey o‘quvchisi, 318 nafar talaba jinoyatga qo‘l urganiga qanday baho berish mumkin?
Jinoyat-qidiruv sohasidagi dolzarb muammolardan biri terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishdir.
Eng achinarlisi, mazkur shaxslarning 11 foizini ayollar, 9 foizini esa 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Qidiruv e’lon qilingan 2 ming 988 nafar diniy ekstremizm tarafdoridan o‘tgan yili bor-yo‘g‘i 75 nafari ushlangan, xolos.
2016 yilda faqat akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 1 ming 427 ta jinoyatga qo‘l urilgan.
Yoshlar tarbiyasiga etarli e’tibor qaratilmagani oqibatida o‘tgan yili 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tomonidan jami 31 ming 933 ta jinoyat sodir etilgan.
Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga egadir. Barchamizga yaxshi ma’lumki, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rishimiz shart.
Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga etishi bilan bog‘liq.
Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir.
Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi. 

1Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. – T.: «O‘zbеkiston», 1996, 352–353.b.

2B.Aliеv va boshqalar «Sotsiologiya» Darslik. T. 2011 y, 134-b.

3Jo‘raеv N., Azizov Sh.Ijtimoiyat asoslari.-T.: «Ma’rifat-madadkor», 2003.-62-6.

4Umumiysotsiologiya.Toshkеnt: ToshDU, 1999, 42-bеt.

5G.V. Filosofiya prava. Moskva, «Mo‘sl», 1990, s.113.

6Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. T.: «O‘zbеkiston», 2000, 358–361.b

7Yunusov maqolasidan foydalanildi. Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanmasi.-T.: A.Qdiriy nomidagi xalq mеrosi nashriyoti, 2006.-115-120-b.

8 S.Nosirxo‘jaev, T. Sultonov, S.Tursunova. «Sotsiologiya». Darslik. -T.: 2009. –B.145.

9 Giddings E. Sotsiologiya. – Toshkеnt, 2002.152-153.b

10 Merton R.Sotsial’naya struktura I anomiya/Sots,is,1992.№ 3-S.52.

11 Freyd Z.Psixologiya bessoznatel’nogo.M.:Prosveshenie,1990

12 Yunusov A.B. O‘smir yoshlarda ijtimoiy dеviantlik holatlarining sotsiologik xususiyatlari: Dis....sotsiol. fan.nom. – Toshkеnt: O‘zMU, 2004. 22-b

13 Enikeev M.I.Osnoviy obshey i yuridicheskoy psixologii:-M.Yurist,1996.-S.25 .

14 Yunusov A.B. O‘smir yoshlarda ijtimoiy dеviantlik holatlarining sotsiologik xususiyatlari: Dis....sotsiol.fan.nom. – Toshkеnt: O‘zMU, 2004. 55-59.b



Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin