Reja: Sotsiologiyada sotsial institutlar. Sotsial institutlar amal qilishining ob’ektiv va sub’ektiv asoslari. Sotsial tashkilotlar, ularning tarkibi va asosiy elementlari. Sotsial tizimlar va ularning asosiy xususiyatlari
Sotsiologiyada sotsial institutlar. Sotsial institutlar amal qilishining ob’ektiv va sub’ektiv asoslari.
Sotsial tashkilotlar, ularning tarkibi va asosiy elementlari.
Sotsial tizimlar va ularning asosiy xususiyatlari.
Sotsiologiyada sotsial institutlar. Sotsial institutlar amal qilishining ob’ektiv va sub’ektiv asoslari. Sotsial institut (lotincha- institutum, ruscha lug’aviy ma’nosi- ustanovleniya, o’zbekcha ma’nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning tuplamini, ikkinchidan, maxkama, muassasalarni bildiradi). Sotsial institutlar yoki institutsional sotsiologiya maxsus nazariy yo’nalishdir. Sotsiologiyaga sotsial institut tushunchasi huquqshunos fanlaridan kirib kelgan. Yurisprudensiyada sotsial institutlar deyilganda, ijtimoiy- huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar (merosxurlik mulkka egalik, oila va nikoh institutlari) tushuniladi.
Institutsonal sotsiologiya- ijtimoiy xayotni tashkil etishning va idora etishning (boshqarishning, regulyatsiya qilishning) barqaror shaqllarini o’rgatuvchi soxadir.
Sotsial institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko’rinishda, sotsial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko’ra esa sotsial institut va shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq, rasmiy va norasmiy, barqaror, standartlashgan tamoyil, normalar, o’rnashmalarini bildiradi.
Sotsial institut, Qisqacha ta’rifda, odamlar sotsial tashkillashgan va regulyatsiya qilinadigan faoliyatlarni anglatadi. Sotsial institutlar xatti-harakatining nisbatan barqaror shaqllar namunalarini, avloddan-avlodga utuvchi an’analar, odatlarni qayta takror hosil qilinishini ham ta’minlaydi. Sotsial strukturaga kiruvchi har bir sotsial institut muayyan ijtimoiy ahamiyat vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi, har bir sotsial institut faoliyat maqsadi, unga erishishni ta’minlovchi konkret funksiyalar, ushbu institutga xos bo’lgan sotsial pozitsiya va ro’llar shuningdek, maqsadga muvofiq, keraqli xatti-harakatni rag’batlantiruvchi va deviant (og’ma) xatti-harakatlarga qarshi qaratilgan tazyiklar (sanksiyalar) tizimi bilan tavsiflanadi.
Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy va halqaro sohalariga xos bo’lgan sotsial institutlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan xokimiyat mavjudligini, iqtisodiy institutlar esa moddiy ne’matlarning ishlab chiqarilishini, taqsimlanishini ta’minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila hisoblanadi.
Uning faoliyati (ota-onalar, ota-onalar va bolalar o’rtasidagi tarbiya usullari) huquqiy va ijtimoiy normalar bilan belgilanadi. Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy- madaniy institutlar (maorif, sog’likni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan va din institutlari) amal qiladi.
Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Bu o’zaro ta’sir normal tarzda, shuningdek normaning bo’zilishi sharoitida ham bo’lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo’ysinmaydigan anomik hodisalar bo’lishi tabiiydir.