Shdpi pedagogika fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3 23-guruh talabasi abdinazarova baxoroyning media savodxonlik fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 0,53 Mb.
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#163400
MT3 media

SHDPI Pedagogika fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3_23-guruh talabasi Abdinazarova Baxoroyning Media savodxonlik fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: Televediniya - ko'ngilochar sanoat sifatida Reja:

  • Kirish
  • Televedniya bu
  • Televedniya tarixi
  • Televedniyaning O’zbekistonda rivojlanish bosqichlari
  • Xulosa

Televediniya hozirgi kunda insonlarning ijtimoiy,siyosiy,iqtisodiy va madaniy-manaviy
hayotida muhim o'rin eggallagan axborot vositasidir
Hozirgi kunda insonlarning axboriy extiyojini qondiradigan vositalarniga eng kattasi bu Ommaviy
axborot vositalari, OAV o'z tarkibi insonlarni turli axborotlar bilan ta'minlaydigan ko'plab
tarmoqlarni qamrab olgan. Bular Televidiniya ,radio,gazeta, junallar,internet tarmoqlari ,tur
xil ko'rinishdagi ijtimoiy tarmoqlar shular jumlasidandir.Shulardan Televediniya OAV
tizimida eng kenjasi hisoblanadi. Insonda mavjud bo'lgan moddiy va ma'naviy ehtiyojlarni
qondirishda televediniyaning ahamiyati kattadir. Televidiniyaning inson ma'naviy
dunyosini shakllantirishda va tarbiyalashdagi o'rni beqiyosdir.
Har bir davlat
televidiniyasining maqsad va vazifalari shu davlat milliy va ma'naviy manfaatlaridan kelib
chiqib belgilanadi. Endi esa Televidiniya nima? Uning funksiyalari qanday?kabi savollarga
to'xtaladigan bo'lsak. Dastlab Televediniya so'zining leksikasiga ya'ni ma'no ,mazmuniga to'xtaladigan bo'lsak, televediniya o'zi "Televizion"so'zidan olingan bo'lib g'arb manbalarida qayd etilishicha yunonchadan olingan so'z bo'lib ,"tele" uzoq va lotincha "visio"ko'rish degan manolarni anglatadigan, tasvir va tovushlarni uzoq masofaga uzatib beruvchi
vositadir.
Televideniye, fan, texnika va madaniyatning koʻrinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bogʻliq sohasi;
axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat oʻzi yashab turgan joydan uzokdagi narsalar va voqealarni koʻrish istagi bilan hamisha band boʻlib kelgan
Bu istak koʻp halqlarning afsona va ertaklarida oʻz aksini topgan.
Masalan, Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan (xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini koʻzguda koʻrib oshiq boʻlib qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika "sehrli koʻzgu" ("oynai jahon") ga aylangan XX asrda roʻyobga chiqdi. Televideniye tasvir elementlarini ketma-ket uzatish (XIX asr oxirida portugal olimi A. di Payva va undan mustaqil ravishda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan.
XX asrning 30-yillariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan foydalanilgan (ularni ishlab chiqishni nemis muhandisi P. G. Nipkov 1884-yildan boshlab bergan).
30-yillar oʻrtalaridan boshlab dastlabki elektron televideniye tizimi paydo boʻldi. Inson koʻzi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi oxirgi boʻgʻim hisoblangani uchun televizion tizimlar koʻzning koʻrish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, yaʼni Televideniye koʻz xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar oʻrnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar obyektiv orqali biror obʼyektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorugʻlik intensivligiga monand elektr signallari olinadi.
  • Televideniye taraqqiyotida ichki fotoeffektni ochgan (1873) U. Smithning, tashqi fotoeffektning asosiy qonuniyatlarini belgilab bergan (1888) A. G. Stoletovnij, radioaloqani ixtiro qilgan (1895) A. S. Yaoiovning , "katod teleskop" tizimini ishlab chiqqan (1907) va shu tizim boʻyicha lab. sharoitida birinchi marta elektron televizion uzatishni amalga oshirgan (1911) B. L. Rozingning xizmatlari katta. 1928 yilda oʻzbekistonlik ixtirochilar B. P. Grabovskiy va I. F. Belyanskiylar elektronnur yordamida xarakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan "radiotelefot"ni yaratdilar. Televideniye elektron tizimlari amalda 1920—40-yillarda ishlab chiqarilgan asboblardan foydalanishga asoslangan. BungaB. K. Zvorikin va F. Farnsuort (AQSH), K. Svintov (Buyuk Britaniya), A. A. Chernishev, S. I. Katayev, A. P. Konstantinov, B. L. Rozing , P. V. Timofeyev, P. V. Shmakov (SSSR) va boshqa olimlar katta hissa qoʻshishgan.

1928-yilga kelib Toshkentdagi Eski shaharda yashovchi rus olimlari Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiylar tarafidan Toshkent tramvay trestida tivush va tasvirni uzoq masofaga uzatishga asoslangan qurilmani ixtiro qilishga muaffaq bo'lishdi.
Va yana shuni aytib o'tishim joizki, televidiniya bilan uzviy bog'liq bo'lgan yana biri vosita bu "televizor",bu qurilma telestudiyalardan uzatilgan teleeshittirlarning signallarini qabul qilishni kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirishga mo'jallangan qurilmadir.
Birinchi televizorlar 1938-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlagan , dastlab ular oq-qora tasvirda
lampali bo'lgan , keyinchalik esa rangli statsionar va ko'chma xillari yarati lgan.
Hozirgi kunga kelib ,O'zbekistonda televizion dasturlar efirga uzatila boshlaganiga
ham 60 yildan oshdi.Televediniya shu davr mobaynida labarator tekshiruvdan tortib
telekommunikatsion indusyriyagacha bo'lgan uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib
o'tdi. O'zbekistonda birinchi telestudiya 1956-yilda "Toshkent telestudiyasi " tashkil etildi.
Bu telestudiya o'z ko'rsatuvlarini 180m balandlikdagi Toshkent televizion minorasidan
uzata boshladi.
1957-yildan boshlab esa o'z teledasturlarini muntazam ravishda 2-2,5 soat
mobaynida efirga uzata boshladi.O'zbek televidiniyasida telekanallar quyidagi uch guruhga
bo'linadi.Bular:
1.Milliy teleradio kanallar(MTRK) televizion kanallar
2.Hududiy televizion kanallar
3.Nodavlat televizion kanallarga bo'linadi. Dastlab telekanallar davlat tassarufida
tashkil etilgan , bular "O'zbekiston" , "Yoshlar" , "Sport", "Bolajon", "Dunyo
bo'ylab","Navo", "Madaniyat va ma'rifat", "O'zbekiston 24", "O'zbekiston tarixi
","Kinoteatr" kabi telekanallar shular jumlasidandir. Televidiniya sanoati rivojlangach
ko'plab nodavlat, xususiy telekanallar vajudga kela boshladi , masalan "Zo'r TV", "Milliy TV"
, ""MY5", "Sevimli TV", "Caravan TV", "FTV", "TTV", "8TV", "S -Iqbol TV", "Futbol TV"
kabilardir. Bunday telekanallarning ayrimlari ba'zi bir sabablarga ko'ra o'z faoliyatini
to'xtatgan. Telekanallardagi dasturlarning ko'pchiligi dastlab yangiliklarni namoyish
etishdan iborat bo'lgan.
Hozirgi zamonaviy televidiniyada keng tarqalgan janrlar bu quyidagilar: reportaj, teleocherk, portret , suhbat, intervyu, o'yinlar, tanlovlar, shoular va kliplar ham bugungi kunda tomoshabinlarni o'ziga rom qilib rivojlanib kelmoqda. Bu janrlarning ko'pchiligi ko'ngilochar dasturlarning asosi hisoblanadi. Hozir ham guvohi bo'lyapmizki , qaysi telekanalni tomosha qilmaylik unda allbatta ko'ngilochar shou dasturlar mavjud bo'ladi. Bunday ko'ngilochar dasturlarni namoyish etishdan maqsad ham zamon talabi , tomoshabinlar talabidan kelib chiqib efirga atiladi.Ko'ngilochar dasturlar o'zining kreativligi , tomoshabinni o'ziga rom qilish jihatlari mavjudligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda o'zbek telekanallarida efirga uzatilayotgan "Aldama meni", "Xafa bo'lish yo'q", "Issiq non", "Ertalabdan salom", "Omon omon", "Kelin , kuyov" shousi, "Baxtlimiz", "Xit Parad"
kabi ko'ngilochar dasturlar mavjud.
Televideniening vazifasi birinchi navbatda faqat insonlar farovonligiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Televideniening asosiy funksiyasi esa jamiyatga axborot tarqatish va ko‘ngilochar faoliyatidan iborat. Ayni damda televidenie yangiliklar manbaigina emas, ommaviy madaniyatning asosiy targ‘ibotchisi hamdir.
Bozorda tarkibiy jihatdan davlat telekompaniyasi yoki uning formatining ham davlat, boshqaruv va tahririyat tuzilmalari nazorati ostidagi jamoatchilik televideniesi shaklidagi o‘rni bo‘lishi lozim. Davlat bilan deyarli hamkorlik qilmaydigan, televizion kontentni ishlab chiqaruvchi mustaqil teleko‘rsatuvlar kompaniyasini ham rivojlantirish kerak.
DTT (raqamli televidenie)ga o‘tish jarayonida signal yetkazish bo‘yicha sputnik va kabel platformalar anchayin ommalashib bormoqda.
Shuningdek, IPTV – internet protokoli bo‘yicha televidenie ham istiqbolli sanaladi.
“Grand View Research” tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, uning dunyo miqyosidagi qamrovi 2025 yilda 117,07 milliard AQSh dollariga yetishi bashorat qilinmoqda. Yaqin yetti yil ichida jami o‘sish sur’atining ko‘rsatgichi 13,7 foizni tashkil etadi.
Eng tez o‘sish sur’ati Lotin Amerikasida bo‘ladi – 2025 yilgacha o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 21 foizni tashkil etadi. Abonentlar soni bo‘yicha mintaqada Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari yetakchilik qiladi. Bunda uning o‘sish sur’ati 8 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Televidenie sanoati ekspertlarining ta’kidlashicha, IPTVning rivojlanishi internetdan foydalanish infratuzilmasi va provayderlarning multiservis raqamli platformalarga transformatsiya qilinishini takomillashtirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, bu operator va televizor ishlab chiqaruvchilar hamkorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ayrim mamlakatlarda bozorga yangi ishtirokchilarni chiqarish uchun qonunchilik chora-tadbirlari ham qabul qilinmoqda.
Bugungi kunda davlat televideniesining rivojlanishi bo‘yicha jahon tendensiyasi quyidagicha:
• umumiy televizion tomoshada davlat va jamoat ko‘rsatuvlarining ulushi 40-50 foizgacha keskin qisqarmoqda;
• yirik davlat va nodavlat telekompaniyalari deyarli tashkil etilmayapti, yirik telekompaniyalar parchalanib ketmoqda, ular shuningdek, televidenie va radioga ham bo‘linib ketmoqda. Xuddi shunday holat Fransiyada ORTF bilan, Finlyandiyada Yleisradio (Yuleysradio) bilan kuzatilgandi);
• tijorat televizion tuzilmalari soni ortmoqda.
Dunyo miqyosida davlat telekanallarining bunday qisqarishi va tendensiyasi tijorat (nodavlat) telekanallari ko‘payishidan qo‘rqish yoki ajablanish kerakmas: aksariyat ommaviy axborot vositalarida yirik kapital o‘z ulushiga ega bo‘ladi. Bu esa, demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan jamiyatda fikrlar xilma-xilligini yuzaga keltirmoqda. Davlat televideniesini qayta tashkil etish trendi deyarli butun dunyoda mavjud.
Masalan, aksariyat Yevropa mamlakatlari davlat telekanallari jamiyat uchun muhim rol o‘ynaydi, deb e’tirof etadi, chunki ular:
• tijorat telekanallari asosan ommaviy auditoriyaga xizmat ko‘rsatib, qoidaga ko‘ra, ijtimoiy himoyalanmagan bolalar uchun ko‘rsatuvlar tayyorlamagan paytda davlat telekanallari bolalardan tortib, nafaqaxo‘rlargacha bo‘lgan barcha aholi qatlamiga xizmat ko‘rsatadi;
milliy madaniyat, an’analarni himoya qiladi, rivojlantiradi, ma’rifiy maqsadlarni ko‘zlaydi;
• xalqlarni markaziy hokimiyat va yagona g‘oya atrofiga birlashtiradi.
Kuchli raqobat sharoitida davlat telekanallari jozibadorligini faqat yuksak sifatli, talab yuqori bo‘lgan teleauditoriyaning bo‘lishi bilangina oshirish mumkin.
Televidenie uchta asosiy moliyalashtirish manbasi hisobidan faoliyat yuritadi. Daromadlarning ikkinchi manbasi telekanallarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan davlat moliya resurslari hisobidan shakllantiriladi.
Bundan tashqari, davlat kam aholi istiqomat qiladigan hududlarga televizion signallar yetkazilishi uchun yordam beradi va shu orqali ularni axborot bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy ahamiyatga molik ko‘rsatuvlar yaratilganda, davlat tomonidan muhim yordam ko‘rsatiladi.
Va nihoyat, uchinchi manba – teletomoshabinlar. O‘zbekistonda reklama yaxshi daromad keltirmayotgani, pullik televidenie esa hali kerakli darajada rivojlanmagani bois, davlat telekanallarini mablag‘ bilan ta’minlash hozircha davlat budjeti zimmasida.
Davlat telekanallarining o‘z-o‘zini moliyalashtirish andozasiga o‘tishiga keladigan bo‘lsak, buning uchun iqtisodiy hisob-kitob va televidenie auditoriyasi orasida muayyan davlat televizion kanaliga aniq talab mavjud bo‘lishi kerak. Mamlakatning u yoki bu davlat telekanallari reytinglari va ijtimoiy ahamiyatga egaligigina ularni ta’minlash yoki faoliyatini tugatish kerakligini ko‘rsata oladi.
O’zbekistonda televizion reklama bozori 40 million AQSh dollarigacha, reklama xarajatlari hajmi aholi jon boshiga atigi 0,5-0,7 AQSh dollari deb baholanmoqda. Mamlakat media bozorida dunyodagi 20 yirik reklama beruvchilarning faqat oltitasigina ishtirok etmoqda.
Taqqoslash uchun: Rossiya va Qozog‘istonda ular 16 ta, Ukrainada – 12 tani tashkil etadi. Kontent sifati va qonunchilikdagi cheklovlar reklama beruvchilarning O‘zbekiston televideniesiga bo‘lgan past qiziqishi sabablaridan sanaladi.
Qoidaga ko‘ra, bir soatlik efir vaqtiga olti daqiqadan oshmaydigan reklama to‘g‘ri kelishi kerak. Bu paytda reklama vaqti AQShda 16 daqiqa, Xitoyda 12 daqiqa, Qozog‘iston, Rossiya va Yevropa mamlakatlarida 9 daqiqani tashkil etadi.
Televidenie – zamonaviy inson hayotining detallaridan biri. Bugungi kunda u har yerda – transportda, ko‘chada, ishda, dam olish maskanlarida biz bilan birga. Biroq eng asosiysi, u bizning uyimizda.
Ko‘pchilik insonlar qiziq teleserialning davomini ko‘rish uchun televizor yoki internetini yoqadilar. Inson teleseriallarni ko‘rish bilan asta-sekin boshqa insonlar – o‘zlarining sevimli qahramonlari olamiga tobora kuchli kirib boradilar va buni hatto sezmasliklari ham mumkin.
Inson serialning milliy mansubligi (turk, Amerika yoki koreys seriali ekani)ga emas, ulardagi umuminsoniy qadriyatlar: muhabbat, do‘stlik, xiyonat, fitnalarga e’tiborini qaratadi. Bir so‘z bilan aytganda, odamlar televizion mahsulotning sifatiga e’tibor qaratadi.

XULOSA


Xulosa o'rnida shuni aytamizki televidiniya bu kichik ekran sa'nati va yirik plan
sa'natidir. Televediniya eng ommaviy tasviriy axborot vositasidir. Har kuni yer yuzi bo'ylab
millionlab ,milliardlab insonlar tomosha qilishadi. Axborot ta'sirchanligi bo'yicha hech bir ommaviy axborot vositasi televidiniyaga teng kela olmaydi. Zero taraqqiyot bir joyda to'xtab turmaydi. Har bir OAVning auditoriya o'ziga xos psixologik ta'sir etish kuchi mavjud. Ular orasida eng samaralisi televediniya bo'lib , u tomoshabinga uch yo'l bilan axborot yetkazadi: ta'sir , ovoz va mantiq . Shuning uchun televediniya ommaviy
tarqalganidan keyin besh o'n yil ichida , besh yuz yillik tarixga ega bo'lgan matbuotdan o'zib
ketdi.

Etiboringiz uchun rahmat!!!


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin