Shunday xam bo’ldi, u qaroqchilar sarkardasi bo’ldi. Nega deysizmi, hammasi o’sha kundan boshlangan edi



Yüklə 21,04 Kb.
tarix25.12.2019
ölçüsü21,04 Kb.
#30009
JABBOR

Shunday xam bo’ldi, u qaroqchilar sarkardasi bo’ldi. Nega deysizmi, hammasi o’sha kundan boshlangan edi.

JABBOR


Bu qiz shunaqa go’zal ediki, olam gullari, bahor shamoli, pokiza buloqlar, beg’ubor kapalaklar ta’zim bajo aylardi. Uning ko’zlarida olam sirlari, chehrasida quyoshning nurlari, kulganida esa olam mehrini ko’rdi. Jabbor

JABBOR


Жаббор. Jabbor (arabcha) — mislsiz qudratli, bandalarining ishini isloh etuvchi, ularni gunohlari uchun jazolovchi. Alloh­ning sifatlaridan biri. Asli: Abdujabbor.

Bu qaysar bolaning ismi Jabbor. Bu esa (arabchada) — mislsiz qudratli, bandalarining gunohlari uchun jazolovchi degan ma’noni anglatadi. Jabborda usbhu xislatlar xaqiqatda mavjud edi. Temirchining og’liga bu ismni qo’ygani bejiz emasdi. Temirchi Kozim qozilarnig qilmishidan aziyat chekkan va adolatsizliklar girdobida qolgan ota. Farzandidan adolat topishini istardi, dunyoga adolat o’rnatishini, razillarni yo’qotishini xohlardi. Bilasizmi temirchi juda soddadil, atrofdagilarning uni kamsitishiga qaramay, u juda sabrli, mehribon ota. Ammo Jabborning otasiga nisbatan bunday kamsitishlar uni g’azablantirardi. U yoshligidan cho’rtkesar, ilmli bola. Uning xotirasi kuchli, eshitgan tovushni, ko’rgan voqealari eslab qoladi. Ayniqsa bundan uning do’stlari xayratda qolishadi. Jabbor tengqurlariga nisbatan ustunligi yaqqol bilinib turadi. U so’zini ustidan chiqadigan mard o’g’lon. Qishloqda xech kim uning yo’lini kesib o’tolmaydi. U yoshligidanoq po’latdek pishiq, qalbi olovdek qaynoq bola edi. Jabbor 15 yoshga to’lganda otasining kasbi bo’lmish temirchilikni yolg’iz uddalardi. Bir kishi arang ko’tara oladigan bolg’ada, Jabbor bir qo’lda ishlardi. Bir qo’lda bolg’a, ikkinchisida qaynoq temirga ishlov berardi. Jabborning xar bir zarbi yerni uyqudan uyg’otib, metalga istalgan shaklni berardi. Bundan otasi Kozim faxrlanardi, paxlavon o’g’lim deb erkalatardi. Jabbor hiyonat va yolg’onga toqat qila olmasdi yo’lg’on gapirganni birdan sezardi. Shundanmi bilmadim unga hech kim yolg’on gapirishga botinolmasdi. Jabborning sevimli odati bu- tepalik uzra qishloqni kuzatish, chunki tepalikdan istalgan inshoat , har qanday inson uning oldida mitti va ojiz ko’rinardi. Bunday hislat faqat sarkardalarda, buyuk insonlarda mavjud. Jabbor har doimgidek sevimli tepaligidan qaytardi, uning hayolida turli o’ylar, shirin orzular bilan. Shunda bozor tomondan kelayotgan bir qizga ko’zi tushdiyu haykaldek qotdi. Bu qizning go’zalligini, hech bir olam buni ta’riflay olmasdi. Kulganida gullar ta’zim aylardi, nigohida olam sirlari yashiringan, beg’uborligi bolalalar kulgusidek yoqimli. Jabborning qalbida yongan o’t nimaligini bilmasdi. Qizni ko’rdiyu ikki yuzi qip qizil tusga kirdi, mushtdek yurakning urishi yashindek tez edi. Uning qalbidagi olov “muhabbat“ edi. Jabbor bu tuyg’uni ojizlik deb atadi. Ammo bu hodisa jabborni tunu kun tinch qo’ymasdi. O’ngda xam, tushda xam, uning ko’ziga ul pari ko’rinardi, uni ko’rgisi kelardi, suhbatlashishni istardi. Jabbor bundan iymanardi, qizni xafa qilib qo’yishdan, ko’ngliga yo’l topa olmasa unutilishadan qo’rqardi . Jabbor har kuni bozor yonida turardi, qiz kelsayu diydorini ko’rsam deb, Jabbor kunlar sanardi. Uni ko’rsamu hasta yuragim taskin topsa derdi, O’sha kun ham keldi, uning farishtasi kelardi. Jabbor yana haykaldek termulganicha qoldi. Odamlar unga urular, turtishar ammo Jabborning ko’zi faqat Fotimani ko’rardi. Bir bor qarashiga intizor, salom berishiga, dunyoni barcha gullarini qurbon qilishga tayyor edi. Jabbor ayni kuchga to’lgan yosh 18 da edi. U Fotimaga qattiq ko’ngil qo’ygandi. Bir kuni Jabbor Fotimaga so’z ochishga jazm qildi va xar doimgidek bozor yonida turardi. Fotima xar doim tush paytidan o’tib bozordan qaytardi, sababi fotimaning otasi savdogar, unga yordam berishga borib turardi. Bu oshiq o’g’lon xuddi shu paytd a muhabbatini kutardi, yulda

Xa men o’sha, siz bilgan jabborman. Ota onasiga kerak bo’lmagan, tug’ilishidanoq qotilga aylangan, o’sha baxtsiz Jabborman. Onamning vafotida meni aybdor sanashgan, negaki onam meni dunyoga keltiraman deb olamdan o’tdi. Bu voqeada otam meni shum qadam deb bilardi va 5 yoshligimda tashlandiq makonga tashlab ketdi. Bu mening taqdirim, peshonamdagi qismatimdir. Ammo taqdirni insonning o’zi yaratdi deb bilaman. Otam tashlab ketganida, juda qiynaldim, och qoldim, taxqirlandim, lekin bularning bariga chidadim. Faqat bir narsa uchun, farzandini yetim qilgan otalarni jazolash uchun, sotqinlardan qasos olish uchun. O’sha paytda meni ”Gunohim nima” degan savol qiynardi. Xammadan qasos olishni istardim. Xar bir bola baxtliy bo’lishga, ota-ona mexrini sezishga xaqliy. Lekin shunday ota onalar borki ular uchun farzandni bir itchalik qadri yo’q. Kechmishimni o’qiyotgan kitobxon, siz farzandingizni asrang, uning ko’z yoshini asrang, shunda uning taqdiri buyuk bo’ladi. Buyuk davlat tuzadi. Ular beg’ubor, yordamga muxtoj bir nihol. Zero niholni o’stirish esa, bog’bonning zimmasida. Xa men ota ona mexrini bilmay katta bo’ldim. Va bundan afsuslanmayman. Daydib yurgan kezlarimda bir inson meni uyiga taklif qildi, bu insondan umrbot minnatdorman. U menga non tuz berdi, o’limdan qutqardi. U qochoqlar sardori, xalqini o’ylaydigan mard inson. u meni tarbiyaladi, o’zidek bir so’zli

Xaftaning chorshanba kuni men ustozimni ko’rishga oshiqardim, bu buyuk inson meni ta’limga, xayotda dadil qadam tashlashga o’rgatdi. Men darslardan holi bo’lib ustozimning uyi tomon yo’l oldim. Ustozimni qattiq so’g’indim. Uzoq yo’lga otlandim. Va nihoyat 3 soat deganda ul zotning manziliga keldim. Qishloq ancha o’zgargan, ko’chalar huvillab qolgandi. Eshikni sekin ochib, poymona xatladim, xar doimgidek uyda ilmga chanqoq yoshlar dars tayorlardi. Men ustozimni qidira tushdim, u kishi berilib ta’lim berardi, mehrini ayamasdi. Birozdan so’ng ustozim meni ko’rib ko’zlari quvondi va biz holi qoldik. Shirin suhbat qurdik, har doimgidek tanbeh va maslahat tingladim. Chamasi soat 6 larda, quyosh ufqqa bosh qo’yayotgan bir paytda to’satdan shovqin-suron ko’tarildi. Ustozim va o’quvchilar vaximaga tushdi, xonada g’alayon ko’tarildi, xamma xar yoqqa qochishga tushdi. Men esa qo’rqa boshladim va tashqariga otildim. Tun va kun o’zaro kurashayotgan paytda begunoh axoli bosqinchilar bilan kurashardi men vahimadan qotib qoldim. Bir pasda xamma yoqda alanga, odamlar qoni bilan yuvilgan qilichlar avj urdi. Bir tomonda bolalarning ingrashi, ayollarning yig’lashi, mard o’g’lonlarning jon berishidan xayratda ko’zim yoshga to’ldi. Shu payt kimdir qooch deya qichqirdi. Men nima qilishni bilmay, bor kuchim bilan yugurishga tushdim. Katta ariqqa sakrab undan suzib o’tdim va panjaralar oralab katta yo’lga chiqmoqchi bo’ldim ammo tiqilib qoldim. Juda vaximaga tushdim, xuddiki ortimdan qilich ko’targan qotillar kelayotgandek edi. Shu payt yo’l oralab yugurib kelayotgan, chamasi 7-8 yoshlik bolakayni to’xtatdim. Ranglarim oqarib ketgan, lablarim titrashidan so’z aytolmay qoldim. Bolakay menga yordam ber deya ingradim. Bolakay qo’rqib ketdi va yugura ketdi va 5-6 qadamdan so’ng to’xtadi, sekin yonimga kelib, amaki siz yomon odam emasmisiz, Jabborning qotillari emasmisiz deb so’radi. Men esa arang yo’q deb javob berdim. Men bolakayni yordami bilan chiqib oldim va nafas rostlab bolakay bilan yo’lga tushdik. Men qay tomon ketayotganim va nima qilayotganimni o’zim xam bilmasdim. Shu payt, bolakay sen Jabbor ismini aytding, kim ular? Nima sababdan xujum qilishdi deb so’radim. Muso ismli bu bola nahotki bilmaysiz dedi, xa rosdan bilmayman deb tasdiqladim. Shunda bolakay pul bersangiz aytaman deb shart qo’ydi. Men unga biroz pul berdim. Muso aytdiki bu bosqinchilar Jabbor ismli johilning odamlari ekanligini, ularga hech kim bas kela olmasligini aytdi. Ular hech kimga shavqat qilmaydi dedi. Va ortiga qarab birdan quvondi va shunday dedi. Ana bizning qahramonlarimiz, abbos va uning odamlari kelyapdi, siz ulardan qo’rqmang dediyu yugura ketdi
Yüklə 21,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin