Xalq tabobati: mumiyo bilan davolashning 13 usuli



Yüklə 39,21 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü39,21 Kb.
#174303
MUMIYO


Xalq tabobati: mumiyo bilan davolashning 13 usuli
Qadimdan ma’lum bo‘lgan, xalq tabobatida keng qo‘llanilib kelayotgan mumiyo ko‘plab kasalliklarga birdek davo bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda mumiyo yordamida ko‘p xasta odamlar shifo topgani ham yolg‘on emas. Siz mumiyo haqida eshitgandirsiz, ammo to‘liq davolash xususiyatlari haqida ma’lumotga ega emasmisiz? Ushbu maqola aynan siz bilmoqchi bo‘lgan mumiyoning shifobaxsh xususiyatlari va davosi haqida.
Mumiyo qora qo‘ng‘ir rangli yopishqoq, tana haroratida yumshaydigan o‘ziga xos hidli, achchiq ta’mli, suvda ozgina cho‘kma hosil qilib eriydigan modda. Mumiyo qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Mumiyo 20-30 ga yaqin mikro va makroelementlar, oqsil va 18 aminokislota vitaminlar, efir moylari, gormonlardan tashkil topgan murakkab tabiiy balzam.
Mumiyoning xususiyatlari
Mumiyo tarkibiga kiruvchi organik va anorganik moddalar yig‘indisi organizmda modda almashinuviga mo‘tadil biologik tas’ir qilib, odamga quvvat bag‘ishlaydi. Organizmda kechayotgan tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Shuningdek, mumiyoni qaynatilgan iliq suvda eritib ichish maqsadga muvofiq. Mumiyoni qo‘llashdan avval, birinchidan sotib olingan mumiyo qalbaki emasligiga ishonch hosil qiling, ikkinchidan uni noto‘g‘ri miqdorlash natijasida turli asoratlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmasligiga ishonch hosil qiling. Shuning uchun mumiyoni ishlatishdan oldin mutaxassis maslahati bilan ishlatish va quyidagi tavsiyalarga rioya qilish kerak.
Tibbiyot amaliyotida mumiyoni quyidagi kasalliklarga tavsiya etiladi.

1. Suyak-bo‘yin xastaliklarida. Suyak kichik singanda, bo‘g‘im chiqqanda, mushaklar lat yeganda va uzilganda 0,1-0,5 g.dan 2 mahaldan ovqatdan oldin (nahorda va uyqudan oldin) 25-30 kun ichish tavsiya etiladi. 10 kun ichib, 5 kun dam beriladi.
2. Katta suyaklar (son va boldir) singanda, suyak chiqqanda, to‘qimalar lat yeganda mumiyoni 2–5 foizli suvdagi yoki 40 foiz spirtdagi eritmasini surish yoki bog‘lash mumkin. Umuman suyaklar singanda mumiyo bilan birga tuxum po‘chog‘ini quritib, tolqon qilib, 0,5 g.dan 3 mahal ichiladi.
3. Parodantoz kasalligida mumiyo 0,2 g.dan 1-2 mahal (nahorga yoki uyqudan oldin) 25-28 kun davomida ichiladi, hamda 5-10 foiz eritmasidan har kuni kechqurun dokani ho‘llab, milkka qo‘yiladi (10-15 kun).
4. Mumiyoni 1-5 foizli distillangan suvdagi yoki qaynatilgan suvdagi eritmasi bilan kuygan yer yoki yaralar yuviladi yoki 1-5 foizli mumiyo malhami bilan yarani yiringdan tozalab surtiladi.
5. Periferik nerv tolalari yallig‘lanishi, pleksit, radikulit, nevralgiya, neyrodermit kasalliklarida mumiyoning 5-10 foiz spirtdagi eritmasi 20 kun davomida surtiladi, hamda 0,2 g.dan ichiladi.

6. Ichki va o‘rta quloq yiringi tufayli eshitish pasayganda mumiyoni 1:10 nisbatda shaftoli, o‘rik, zaytun moyiga aralashtirib, ertalab va kechqurun 2 tomchidan tomiziladi. Ayni vaqtda 0,2-0,3 gramm sut yoki asalga qo‘shib kuniga ichish quloqdan yiring oqishini va yallig‘lanishini to‘xtatishini tezlashtiradi.
7. Bola duduqlanganda mumiyoni 1:10 yoki 1:20 nisbatida asal bilan aralashtirib, 4-6 oy mobaynida bir choyqoshiqdan 2 mahal ichish tavsiya etiladi (ertalab va kechqurun).
8. Bronxial astmada bemor vazniga qarab 0,2-0,5 g. dan kuniga 2 mahal (nahorda va uyqudan oldin) suv yoki sut bilan 25-30 kun ichish tavsiya etiladi.
9. Yuqori nafas yo‘llari kasalliklari, ayniqsa, allergik tabiatdagi yallig‘lanishlarda mumiyo 0,2-0,3 g.dan sut yoki mol yog‘iga qo‘shib, kuniga 2 mahal (nahorda va uyqudan oldin), 25-28 kun ichiladi.
10. Nurdan zararlanganda mumiyo 0,1-0,2 g.dan 2 mahal 25-30 kun ichiladi.
11. Kamqonlik (anemiya)da mumiyoni 0,2 g.dan 10 kun davomida ertalab va kechqurun suvda eritib ichiladi, so‘ngra 5 kun dam berib, yana davolash kursi takrorlanadi.
12. Mumiyo buyrak kasalligida (nefrit, pielonefrit, sistitda), buyrakda tosh-qum yig‘ilganda 0,5 g.dan 200-300 gr. qaynagan suvda eritib, 25-30 kun ertalab va kechqurun ichiladi.
13. Teridagi ajin-burishlarni yo‘qotish, kamaytirish uchun mumiyoni 10 foiz malhamini uzoq vaqtgacha surtib yurish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mumiyo spirtli ichimlik ichganda, tamaki mahsulotini iste’mol qilganda aslo mumkin emas. Chunki ular organizmda parchalanish jarayonini tezlashtirib, shifobaxshli xususiyatini yo‘qotadi. Me’da-ichagi, qizilo‘ngachi va bavosilidan qon ketayotgan bemorlarga mumiyo tavsiya etilmaydi. Chunki mumiyo qon oqishini kuchaytirib, bemor ahvolini og‘irlashtirishi mumkin.
Yüklə 39,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin