Si. O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi



Yüklə 205,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü205,77 Kb.
#183721
  1   2   3   4
1-L



1-Laboratoriya 
Mavzu: XALQARO “SI” TIZIMI BIRLIGINI QO’LLASH
Ishdan maqsad: Kattalik birliklarini qo‘llash tartibi. Xalqaro birliklar tizimi 
(SI). O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi 
O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro birliklar tizimi (SI) da belgilangan fizik 
kattaliklarning birliklarini qo‘llanish belgilangan tartibda ruxsat etiladi. Fizik 
kattaliklarning nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llanish qoidalari O‘zstandart 
Agentligining taqdimi bilan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro birliklar tizimiga 
kirmagan birliklarni qo‘llanishga ruxsat berishi mumkin. 
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda shartnoma shartlariga muvofiq fizik 
kattaliklarining boshqacha birliklaridan ham foydalanish mumkin. 
O’z DSt 8.012:2005 davlat standartida O‘zbekistonda qo‘llaniladigan 
kattaliklarning birliklari (keyinchalik - birliklar), shu jumladan fizik kattaliklarning 
birliklari o‘rnatilgan: xalqaro belgilanishlarga mos birliklarning nomlari, belgilari, 
ta’riflari va bu birliklarni qo‘llanish qoidalari keltirilgan. 
Xalqaro birliklar tizimining birliklari, shuningdek bu birliklarning o‘nlik 
karralari va ulushlari majburiy qo‘llaniladi. 
YUqorida nomi keltirilgan birliklar bilan bir qatorda SI ga kirmagan ba’zi 
birliklarni, ularning SI bilan qo‘shilmalarini, shuningdek amalda keng 
qo‘llaniladigan birliklarning o‘nlik karralari va ulushlarini qo‘llanish ham ruxsat 
etiladi. 
SI ga kirmagan birliklarni ham shu qatorda, shuningdek amalda keng tarqalgan 
bu birliklarning karrali va ulushli qiymatlarini qo‘llanish vaqtinchalik ruxsat etiladi. 
Xalqaro birliklar tizimi (xalqaro qisqartirilgan nomi - SI) – 1960 yilda 
O‘lchovlar va tarozilar bo‘yicha XI Bosh konferensiya (O‘TBK) qabul qilgan va 
tasdiqlagan va keyingi O‘TBK da ravshanlantirilgan birliklarning kogerent 
tizimidir. 
Me’yoriy hujjatlarda va yangitdan yaratiladigan va qayta ko‘rib chiqiladigan 
boshqa barcha hujjatlarda, ilmiy-texnikaviy va boshqa nashrlarda, shu jumladan 
ommaviy axborot vositalarida, o‘quv, o‘quv-metodik va ma’lumotnomalarda 
kattaliklarning qiymatlari SI birliklarida, bu birliklarning o‘nli karrali va ulushlarida 
va (yoki) birliklarida ifodalanadi va birliklarning standartda belgilangan nomlaridan 
foydalaniladi. Davlat tilida chop etilgan ilmiy-texnikaviy matnlarda ushbu 
standartda o‘rnatilgan yoki GOST 8.417-2002 da o‘rnatilgan birliklarning 
belgilarini qo‘llanish ruxsat etiladi. GOST 8.417-2002 da o‘rnatilgan birliklarining 
belgilari va xalqaro birliklarining belgilarini birvaqtda bir nashrning o‘zida 
qo‘llanish ruxsat etilmaydi. Kattaliklarning birliklariga oid nashr bundan mustasno. 
O‘lchash vositalariga yangitdan qabul qilinadigan me’yoriy hujjatlarda ularni 
faqat SI birliklarida, bu birliklarning o‘nli karralari va ulushlarida yoki birliklarida 
darajalash ko‘zda tutiladi. 


O‘lchash vositalarini tekshirish metodikalariga yangidan ishlab chiqiladigan 
yoki qayta ko‘rib chiqiladigan me’yoriy hujjatlar birliklarida darajalangan o‘lchash 
vositalarini qiyoslashni nazarda tutishi lozim. 
Barcha o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonida ularning kimga qarashliligi va 
mulkdorlik shaklidan qat’iy nazar, kattaliklar birliklarining nomi va belgisidan 
foydalanadi. 
Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik doirasida shartnoma – huquqiy 
munosabatlarda, shuningdek chet elga eksport mahsulot bilan birga jo‘natiladigan 
turli texnik va boshqa hujjatlarda (shu jumladan, transportva iste’mol idishlarida) 
birliklar qo‘llaniladi. 
Eksportga etkazib beriladigan mahsulotning, shu jumladan vositalarining 
tavsilotlarini va parametrlarini buyurtmachi tomonidan o‘rnatilgan kattaliklar 
birliklarida ifodalash ruxsat etiladi. 
Mustaqil Davlatlar Hamkorligi (MDH) a’zo-davlatlari bilan hamkorlik 
doirasida shartnoma – huquqiy munosabatlarda, shuningdek bu davlatlarga etkazib 
beriladigan mahsulotga qo‘shib jo‘natiladigan texnik va boshqa hujjatlarda, shu 
jumladan, transport va iste’mol idishlarida GOST 8.417-2002 o‘rnatgan 
birliklarning ruscha nomi va belgisini qo‘llanish ruxsat etiladi. 
Bunda o‘lchash vositalariga hujjatlarda qanday belgilardan foydalanilganligiga 
qaramay bu o‘lchash vositalarining jadvalchalarida, shkalalarida va taxtachalarida 
O’z DSt 8.012:2005 da o‘rnatilgan birliklarning belgilari qo‘llaniladi. 
Xalqaro birliklar tizimi asosiy va hosila birliklaridan tuzilgan. 
SI birliklari 1-jadvalda ko‘rsatilgan. 

Yüklə 205,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin