Sinantrop hasharotlar



Yüklə 207,88 Kb.
səhifə1/2
tarix06.06.2020
ölçüsü207,88 Kb.
#31755
  1   2
entomologiya
entomologiya, Binar daraxtlar haqida tushuncha-fayllar.org, 1- amaliy mashgulot, 11 mavzu Qidiruv binar daraxti Qidiruv binar daraxtini qurish fayllar
Mavzu: Sinantrop hasharotlar

Reja:


1.Pardaqanotlilar turkumi.Chumolilar.

2.Suvaraklar turkumi.Suvaraklar.

3.Ikki qanotlilar turkumi.Uy pashshasi va chivinlar.
1.Pardaqanotlilar turkumi. Yirik turkum, 150 mingdan ortiq turi ma’lum. Bu turkum vakillarining qanoti ikki juft,tiniq,orqa jufti oldingilarga nisbatan kichik va bir-biriga mahkam ilashgan. Og’iz apparati kemiruvchi yoki so’ruvchi tipda tuzilgan. Qorinchaning birinchi bo’g’im ko’krak qismga qo’shilgan. Urg’ochilarida tuxum qo’ygichi yoki nayzasi bor. Lichinkalari oyoqsiz yoki qurtsimon. G’umbagi erkin ko’rinishda, ko’pincha pilla ichida joylashgan. Mayda turlarining kattaligi o’rtacha (0,2-0,5 mm). Boshi harakatchan o’rnashgan, ko’zi uchta, kichgina. Mo’ylovlari turli-tuman, ko’pincha ipsimon yoki tirsakli.

Kemiruvchilarga - arrakashlar, yaydoqchilar, qisman arilar va chumolilar kiradi. Lekin ularning hammasini oziqlanish xususiyati turlicha.

Yirtqichlik bilan hayot kechirish parda qanotlilar uchun boshlang’ich hisoblanadi. Ko’p turlari gul nektari bilan oziqlanadi. Yaydoqchilar tuxum qo’yish paytida uljasining jarohatlangan yeridan chiqqan

gemolimfa bilan oziqlanadi.Parda qanotlilarning oldingi ko’kraklari katta emas, ularning yelkasi orqa tomonidan 2-ta yonbosh o’siqlar hosil qiladi. Oldingi yelkaning bu o’simqlari oldingi qanotlari asoslaridagi qopqoqchalarga yetib borish - bormasligi sistematikada katta ahamiyatga ega. Ikkinhidan, oldingi oyoqlari bosh tomonga surilgan

bo’lib, deyarli u bilan qo’shilgan va shunga muvofiq og’iz apparati faoliyati bilan chambarchas minosabatda bo’ladi. Masalan: In qurishda, uljani tutishda bu muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Nihoyat, qorinchaning birinchi bo’g’imi orqa ko’krakka qo’shilib ketgan. Bunday qo’shilish, ayniqsa, yuqori takomillashgan kenja turkumda xarakterlidir. Demak xipcha bellilarda qorincha ikkinchi bo’g’imdan boshlanadi. Qorinchaning ko’krak qismiga qo’shilgan birinchi bo’g’imi propodeum yoki o’tkinchi bo’g’im deb ataladi.

Pardaqanotlilarda o’rta ko’krak ko’proq taraqqiy etgan, chunki uchishida asosiy og’irlik shunga tushadi.

Qanotlarining tomirlanishi katta o’zgarishga uchragan, natijada qator ko’ndalang tomirlar va katakchalar paydo bo’lgan. Mayda turlarida qanot tomirlari deyarli bo’lmaydi.

Arrakashlarda qanot tomirlari yig’indisi anchagina saqlangan. Orqa qanotlari oldingilaridan qisqaroq, ularga ilashish uchun ilgakchalar bor. Sekundiga 110-270 ga yaqin qanot qoqadi. Pardaqanotlilar orasida qanotsiz formalari kamdan-kam uchraydi. Qanotsiz shakl, chumolilar o’rtasida “ishchi” individlar uchun xarakterlidir.

Qorin ko’krak qismi bilan keng eni bo’yicha yoki ingichka ustuncha orqali qo’shilib o’rnashadi. Shu sababli botiq bellilar k/turkumining hammasi uchun o’tiruvchi qorin yoki xipcha bellilar turkumi uchun poyabel qorinning bo’lishi xarakterlidir. Qorin keng ikkinchi va ba’zan uchinchi qorin bo’g’imlari ingichkalanishadi va uzun bo’lishi mumkin. Tuxum qo’ygiya kalta yoki uzun bo’lishi mumkin. Ba’zi tur yaydoqchilarda u tana uzunligidan ortiq. Arrakashlarda u birmuncha ixtisoslashgan,ya’ni uning pastki tavaqasi arra tishli va umuman u o’simlik to’qimasini qirtishlashga va tuxum qo’yishga moslashgan. Yuqori takomillashgan parda qanotlilarning tomoq usti nerv tugunchasi qo’ziqorin shaklli yoki undan poyasimon tanachalar taraqqiy etganligi bilan farqlanadi. Bular asosiy assosiativ markaz bo’lib, shartli reflekslarni amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Tuxumdonlari politropik tuxum naychalaridan iborat. Tuxumlari yarimdoyira shaklda, ba’zan bandchali bo’lib oziqga, o’simlik to’qimlari ichiga, o’lja tanasiga yoki uning ichiga qo’yiladi. Lichinkalari qurtsimon, yumaloq soxta qurtlar deb ataladi. Ularning ko’krak oyoqlari 3 juft, qorin oyoqlari. 6-8 ta, boshi yaxshi bilinadi. Ingichka bellilarda lichinkalar oyoqsiz, boshi kichgina, odatda chuvalchangsimon. Yetishgan lichinka g’umbaklanish oldida ipak tolali yoki undan ko’ra qalinroq pilla yasaydi, lekinda ayrimlari pilla o’ramaydi.

Parda qanotlilar hayot kechirishi va muhitga moslashuv bo’yicha xilma-xildir. Ular o’rtasida fitofaglar lichinkalari o’simliklarning barg to’qimlari, mevalar va skelet qismlari bilan ozuqlanuvchilar (arrakashlar va shox dumlilar), shuningdek g’urra yashovchilar ham bor. Ko’p formalari nektar va gulchanglari bilan oziqlanadi. Ayrim turlari boshqa hasharotlarning turli fazalari- lichinkalari, g’umbaklari, tuxumlarining parazitlaridir. Bular xalsidsimonlar, proktotrupoidlar, ixnevmonidlardir.



Chumolilar.(lot. Formicidae) pardaqanotlilarturkumiga kiruvchi hasharotlar oilasidir. Eng koʻp tarqalgan hasharotlardan hisoblanishadi. Yaxshi uyushgan jamoa boʻlib yashashadi.

Jamoada milliongacha chumoli boʻlishi mumkin. Ishchi, navkar, erkak va ona chumolilar ajratiladi. Ona chumolining qorin qismi juda katta boʻlib uyasidan chiqmaydi.U tuxum qoʻyib nasl qoldirish vazifasini bajaradi. Ona chumolini ishchi chumolilar parvarish qilib boqadi. Navkar chumolilar uyani dushmandan himoya qiladi. Ular uyaga kiradigan teshikni boshlari bilan yopib oladi. Uyaga kiradigan ishchi chumolilar moʻylovlarini navkarlar boshiga tekkazadilar. Shundan keyinga navkar chumolilar ularga uyaga kirish uchun ruxsat beradilar.Ishchi chumolilar oziq yigʻish, qurtlarni parvarish qilish va koʻchirib yurish, uyani toza saqlash vazifasini bajaradi. Shuningdek, ular jigʻildonida chala hazm boʻlgan oziq bilan qurtlari, navkarlari, lichinkalari va ona chumolini oziqlantiradi.Chumolilar tuproqqa, toshlar ostiga va chiriyotgan toʻnkalarning ichiga juda koʻp xona va yoʻlaklardan iborat uya quradi. Sariq oʻrmon chumolisi uyasining yuqori qismi gumbazga oʻxshaydi. Uning balandligi 2 metrgacha yetadi. Qishdachumolilar uyasining yer ostki qismida gʻuj boʻlib qishlaydi. Bahorda qanotli yosh ona erkaka chumolilar uyasidan uchib chiqadi. Erkaka chumoli urgʻochisini urugʻlantirgach halok boʻladi. Yosh ona chumoli esa qanotlarini tashlab oʻziga kichikroq uya qurib oladi.Chumolilarning juda koʻpchiligi foydali hisoblanadi. Sariq oʻrmon chumolilari daraxtlarga ziyon yetkazuvchi har xil hasharotlarni qiradi. Bitta chumoli oilasi 0,25 dan 1 gektargacha oʻrmonni zararkunandalardan himoya qiladi. Oʻrta Osiyochoʻllarida yirtqich chopqir ot chumoli va oʻroqchi chumoli keng tarqalgan. Ular har xil oʻsimliklarning urugʻi va doni bilan oziqlanib, birmuncha ziyon yetkazadi. Xonadonlarda uchraydigan sariq fir'avn chumoli shirinlik va yogʻlik oziq-ovqat mahsulotlariga juda oʻch boʻladi Qora bogʻ chumolisi shaftoli, olma, oʻrik va boshqa oʻsimliklarga zarar keltiradigan shira bitlari ajratadigan shirani yalab oziqlanadi. Ular shira bitlarini qoʻriqlash bilan ancha ziyon yetkazadi. Chumolilar nashtarli hasharotlardir (lekin nashtarlari juda kalta, sut emizuvchi terisidan oʻta olmaydi shuning hisobiga ular chaqa olmaydi.)


2.Suvaraksimonlar turkumi (Blattoptera). Bularning tanasi har xil kattalikda, yassi, old yelkasi hajmi,boshi gipognatik, pastida yashirinib turadi; og’iz organlari baquvat va kemiruvchi tipda tuzilgan.

Mo’ylovlari uzun, ingichka, qanotlari xilma-xil taraqqiy etgan. Ayrim turlarining urg’ochisi qanotsiz, qanotlari juda ojiz yoki ikkala zoti ham qanotsiz bo’lishi mumkin. Oldingi qanotlari orqa juftga nisbatanqalinroq (ust qanotga aylangan), orqa qanotlarmi pardasimon ko’rinishda. Oyoqlari yuguruvchi tipda tuzilgan, harakatchan, oyoq tayoqchalari yirik, panjalari 5 bo’g’imli. Qornining keyingi bo’g’imida bo’g’imli yoki bo’g’imsiz serkilari, erkaklarida, ko’pincha lichinkalarida grifelkalari bor.

Suvaraksimonlar tuxumlarini qalin xaltacha (ooteka) ichiga joylashtirib qo’yadi. Tuxumxaltachasining shakli har qaysi tur uchun o’ziga xosdir. Suvarak tuxum qo’ygan paytidan to voyaga yetguncha rivojlanish davri 2-3 oygacha, ba’zilari esa 3-4 yilgacha cho’zilishi mumkin.Lichinkalari yetuk zotlaridan kichikligi, qanotlari yo’qligi va mo’ylov bo’g’imlari ozligi bilan farq

qiladi. Suvaraklar ko’proq tun hasharotlari hisoblanadi. Ular o’simlik qoldiqlarida, toshlar va barglar ostida, o’rmon va shu kabi jogylarda yashaydi. Janubiy kengliklarda suvaraksimonlarning talaygina turlari hayot kechiradi. Uy-joy, oshxona, nonvoyxonalarda yashashga moslashgan turlari ayniqsa yaxshi ma’lum. Ular har xil oziq bilan oziqlanadi. Ko’p turlari har xil tashlandiqlar orasida yashaganligi tufayli tana qismlari va ekskremetlari orqali turli kasallik qo’zg’atuvchi patogen mikroorganizmlarni tarqatadi.



Suvaraksimonlar paleozoy erasidan ma’lum. Ular toshko’mir davrida to’g’ri qanotlilar bilan bir qatorda bo’lgan. Turlarning soni 3600 dan ortiq, tropik va subtropik zonalarda tarqalgan. O’zbekistonda uchraydigan turlar qo’yidagilardir:


Yüklə 207,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə