Sinantrop hasharotlar



Yüklə 207,88 Kb.
səhifə2/2
tarix06.06.2020
ölçüsü207,88 Kb.
#31755
1   2
entomologiya

Toshbaqa suvarak - Polyphagidae sansserei D. yirik (35-40 mm), qoramtir -sariq, urg’ochi zotlari qanotsiz, yapaloq, formali, erkaklari qanotli. Lichinka va yetuk zoltlari xonalarda uchraydi.

Turkiston suvaragi - Sheltordella tartrata S. Kattaligi 20-25 mm, xonadolarda va asosan iflos yerlarda uchraydi. ozi-ovqat zapaslariga tegib, dizenteriya tarqatishi mumkin.

Qora suvarak - Blatta orientalis L. Kattaligi 18-30 mm, qora yoki qora yaltiroq rangi, xonadonlarda,iflos yerlarda, toshlar ostida yashaydi. Tunda aktiv hayot kechiradi. Lichinkalarini rivojlanishi 4- yil jarayonida rivojlanadi. Turli patogen mikroorganizmlarni tarqatadi.

Malla suvarak - Blatta germanica. Yer yuzida keng tarqalgan. Kattaligi 10-13 mm. oshxonalarda, hammomlarda, xonalarda, ya’ni odam bilan bog’liq bo’lgan issiq joylarda uchraydi. Issiqsevar, past



haroratlarda nobud bo’ladi 22 C haroratda 172 kunda to’liq rivojlanadi. Harorat 30 C da esa rivojlanishi 75 kungacha qisqaradi. Minus besh haroratda nobud bo’ladi. Xonadonlarda non ushoqlari, sabzavot qoldiqlari, shakar va yog’li mahsulotlarni xushko’radi.

Uzunligi 4—95 mm. Oldingi koʻkrak boʻgʻimi boshini qisman yopib turadi. Moʻylovlari uzun, qilsimon, koʻp boʻgʻimli. Ogʻiz organlari kemiruvchi. Qanotlari pardasimon, oldingi qanotlari nisbatan qalin. Bir qancha turlarining qanoti rivojlanmagan yoki boʻlmaydi. Oyoklari yuguruvchi. Erkaklari qorin boʻshligʻida hid bezlari boʻladi. Chala oʻzgarish orqali rivojlanadi. 3600 ga yaqin turi bor; asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Suvaraklar — tungi, yashirin hayot kechiradigan hasharotlar. Oʻsimlik qoldiqlari orasida, toshlar ostida, yerdagi yoriqlarda yashaydi. Tuxumlarini maxsus kapsula — ootekaga qoʻyadi, 3—4 oydan 3 — 4 yilgacha rivojlanadi. Hamma narsani yeyaveradi. Qora suvarak va sariqsuvarak sinantrop boʻlib, Yer yuzining hamma joyida xonadonlarda yashaydi. S uyda oziq zaxiralari, xona oʻsimliklari, kitoblarga va teridan tikilgan kiyimlarga ziyon keltirishi, ichburugʻbakteriyalarini va gelmintlar tuxumlarini tarqatishi mumkin. Oʻzbekistonda Suvaraklarning 30 ga yaqin turi, jumladan, xonadonlarda 2 turi (sariq suvarak va qora suvarak) tarqalgan..

3.Ikkiqanotlilar turkumi. Bu turkum katta va eng yuqori takomillashgan hisoblanib, 80 mingtacha turi ma’lum. O’zbekiston sharoitida uchraydigan turlari ko’p va xilma-xil ekologik gruppalarga mansub.

Bularda bir juft pardasimon oldingi qanotlari bor. Bosh qismi juda harakatchan o’rnashgan, og’iz organlari xartumcha shaklida so’rishga yoki yalashga moslashgan. Ko’krak qismi hajmli, kuchli taraqqiy etgan. Lichinkalari oyoqsiz, ayrim turlarda boshi reduksiyalashgan. G’umbagi ancha turlarida soxta pilla ichida bo’ladi. Tanasi har xil kattalikda, bosh bo’limi ko’pincha sharsimon, ko’krak bilan ingichka bo’yin orqali birlashgan. Uning katta qismini fasetkali ko’zlari ishg’ol etadi va ko’p turlarida, erkak individlarida bir-biriga yondoshgan. Mo’ylovlari asosan ikki tipdadir. Ko’p bo’g’imli-uzun va uch bo’g’imi kalta. Og’iz apparati xartumchadan iborat, oziqlanish usuliga ko’ra uning tuzilishi har xil. Xartumcha tarkibiga turli qismlar kiradi. Qon so’ruvchi pashshalarda og’iz bo’laklari sanchib so’ruvchi. Ularning yuqori va pastki jag’lari sanchuvchi 4 va qilchaga aylangan, ustki labi naychali. Ostki lab sanchishda qatnashmaydi. So’nalarda ustki lab bilan yuqori jag’lar birlashib so’rish kanalini hosil qiladi. Qtir pashshalar –Asilidae oilasiga mansub yirtqich hasharotlarda qattiq xartum taraqqiy etgan. Yuqori jag’lari yo’q. Pastki jag’lari esa tig’simon, o’ljaga qadaladi, natijasida u chala o’lik holatiga keladi, undan so’ng pashsha ichki borligini so’rib oladi. Yuqori takomillashgan gruppalarida esa pastki jag’lari yo’q, ostki labi uchida labellum yaxshi taraqqiy etgan. Bunday xarutmchaning mezanasimon qismi rostrum deb ataladi. Demak, bu holda xartumcha-rostrum, tortib olgich va so’ruvchi labellumdan iborat. Yuqori takomillashgan pashshalarda filtirlash organi psevdotraxeyalar bor. Bu organ ichki sathi zichlanmagan xitin xalqachalar bo’lgan naychalardan iborat. Har qaysi naycha teshikchalarga ega. Oziqning suyuq qismi teshikchalar orqali so’riladi va tortib olgach kanalchasiga yetib boradi. Pashshalar suyuq va quyuq substlardan foydalana oladi.O’rta ko’krakda qator qilchalar bor, ularning tuzilishi o’ziga xos va sistematikada foydalaniladi.Qanotlari pardasimon plastinka bo’lib, ko’ndalang tomirlari ko’p emas. Oldingi chetidan yo’g’on kostal (S), shu qirg’oqni baquvvatlovchi subkostal (Sc) tomirlari bor. Qanot plastinkasining qolgan qismini radius (R) va medial shoxobchalari egallaydi. Masalan, taxinalar - Tachinidae va asl pashshachalar -Muscidae oilasida tomirlanishning kostolizasiyasi, ya’ni uzunasiga joylashgan tomirlarini qanotining oldingi qirrasi tomon surilishi ro’y beradi. Orqa qanotli yo’q. Qanot qoqish juda tez: bir sekunda uy qora pashshasi -330 martagacha, chivin-600 martagacha, ba’zilarida hatto 1000 tagacha bo’lishi mumkin. Bularning hammasi qanot muskullarini va uning nerv sistemasi tomonidan boshqarilishi o’ziga xos takomillashganligindan dalolat beradi.Oyoqlari ba’zan juda uzun bo’lishi mumkin. Masalan uzun oyoqlilarda - Tipulidae. Panjalarida bir juft tirnoqlari bor, ular ostida yopishqichlari bo’ladi.

Qorni 4-10 ta bo’g’imdan iborat. Erkaklarida uning uchida mukammal tuzilgan genital apparat -gipopigiy bor. Tuxumdonlari turli miqdordagi politrofik tuxum naychalaridan iborat. Tirik tug’uvchi turlari ham bor. Ularda tuxum naychalari soni 1-2 qadar qisqargan, toq tuxumi yo’li esa bachadonga aylangan. Tuxum bu yerda lichinka fazasigacha rivojlanadi. Tuxumlari yoki lichinkalari suvga, tuproqqa, chiriy boshlagan moddalarga, jarohatlarga qo’yiladi. Tuxumi oq, yeysimon bo’ladi. Lichinkalari oyoqsiz, ko’pchiligi boshsizga o’xshab ketadi. G’umbagi erkin yoki oxirgi tullashda tanasidan ajralib, lekin tashlab yubormagan soxta pilla pupariy ichida bo’ladi. Bunday g’umbak yashirin g’umbak deyiladi.

Yillik sikli ko’plarida tez bo’g’in almashish bilan farqlanadi. Ko’p turlari yil davomida 6-10 taga qadar va undan ortiqroq, bo’g’in qaytarib rivojlanadi. Bunga uy qora pashshasi va bezgak chivin misol bo’ladi.

Ozig’i turli-tuman. Ko’p vakillari yetuki va lichinka fazalarida o’simlik va hayvon mahsulotlarining chiriyotgan qismlari bilan oziqlanadi. Parazit formalari ham bor. Ular qon so’radilar. Lichinklari boshqa hasharotlar, sut emizuvchilar, qushlar va boshqa hayvonlar, shuningdek odam tanasida rivojlanuvchi parazitlardir.

Chivinlar, uzun moʻylovli ikki qanotlilar(Nematocera) — ikki qanotli hasharotlar kenja turkumi. 20 mingdan ortiq turi, 35 oilasi bor. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Koʻpchilik chivinlarning tanasi va oyoqlari ingichka, juda uzun. Asosan, lichinkalik davrida oziqlanadi. Lichinkasining ogʻiz apparati kemiruvchi tipda.



Chivinlar suvda, nam tuproqda, oʻsimliklar toʻqimasida va chirindilar orasida yashaydi. Voyaga yetgan chivinlar havoda hayot kechiradi, kamdan-kam turi (masalan, yapon dengiz chivini)ning barcha rivojlanish fazasi suvda oʻtadi. Chivinlarga gʻurra yasarlar, zamburugʻ chivinlari, uzunoyoq chivinlar, jarangdor chivinlar, qon soʻrar chivinlar, zahkashlar, iskaptoparlar, bukri pashshalar va boshqa oilalar kiradi. Chivinlar oʻsimlik toʻqimasi, odam va hayvon qoni bilan (bunda yuqumli kasalliklarni tarqatadi) oziqlanib zarar keltiradi. Qon soʻradigan chivinlar turli yuqumli kasalliklarni (masalan, bezgak, leyshmanioz) tarqatadi. Chivinlar hasharotxoʻr hayvonlar (qushlar, koʻrshapalaklar)ning , ularning suvdagi lichinkasi esa suv hayvonlari, ayniqsa, yosh baliqlarning asosiy ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega. Oʻzbekiston faunasida haqiqiy chivinlar (25 ga yaqin tur), bukri chivinlar (51 tur), zahkashlar (60 tur), iskabtoparlar (17 tur) keng tarqalgan.



Uy pashshasi (Musca domestica) — ikki qanotlilar turkumi haqiqiy pashshalar oilasiga mansub hasharot turi. Kattaligi 5–9 mm, keng tarqalgan sinantrop tur. Faqat odam yashaydigan joylarda uchraydi. Bir yilda 9 tagacha, jan.da 15 tagacha nayeli rivojlanadi. Urgʻochisi 2 oy yashab, 600 dan 2000 tagacha tuxum qoʻyadi. Hayot sikli(tuxumdan voyaga yetgan davrigacha) harorat va boshqa omillarga qarab 10 sutkadan 45 sutkagacha davom etadi. Qurtlari organik chirindilarda 10—45 kun davomida rivojlanadUy pashshasi har xil oʻtkir ichak kasalliklari (ich terlama, ichburugʻ, vabo va gelmintlar tuxumlari)ni tarqatadi.


Yüklə 207,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin