Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə1/2
tarix09.06.2023
ölçüsü67,5 Kb.
#127607
  1   2
SINF JAMOASINI TASHKIL ETISH VA UNI TARBIYALASH


SINF JAMOASINI TASHKIL ETISH VA UNI TARBIYALASH

Reja:


  1. Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash.

  2. O'quvchilar jamoasini shakllantirishga yordam beruvchi shart-sharoitlar.

  3. O'qituvchilaming o'quvchilar jamoasi bilan ishlash usuli.

Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash
Jamoa so'zi lotincha «kollektivus» so'zining tarjimasi bo'lib, yig'ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma'nolarini anglatadi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, jamoa — bu kishilardan iborat guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma'noda ishlatiladi. Jamoa dcganda, birinchiclan. kishilarning istalgan tashkiliy guruhi (masalan, ishlab chiqarish jamoasi. korxona jamoasi, xo'jalik jamoasi va h.k.), ikkiiichidan, yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o'quvchi (tarbiyalanuvchi)larning birlaslimasi o'ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va lining xususiyatlari (belgilari) borasida so'zyuritamiz.
Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash — tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo'lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o'ynashi to'g'risidagi fikriar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridayoq bildirilgan. Jamoada lining a'zolari o'rtasidagi inunosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta'minlaydi. Lekin liar qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo'lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, maz.kur belgilar jamoani kishilarning yetarii darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanib, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me'yorlari o'z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo'lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishda o'zaro birlik. uzviy maqsadga muvofiq tashkil etiladi. Shu bois jamoa hayotining bir (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g'oyaviy yo'nalganligi uningyetakchi belgisi sanaladi.
Mar bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Uning har bir a'zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o'z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi o'rni va rolini to'g'ri baholay olish umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatning birligini namoyon etib, bo'linishga yo'l qo'ymaydi.
Har bir jamoa o'zini o'zi boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog'lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatlaridan biridir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g'oyaviy yo'nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o'z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhning yagona ijtimoiy tizimini o'rnata olishdagi usuli, ya'ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblanadi.
Pcdagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a'zolari o'rtasida ishchanlik, bir-biri uchun g'amxo'rlik, o'zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarlik hissi qaror topadi.
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun mas'uliyat hissini uyg'ota borib, jamoa a'zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoaga mansublik hissining paydo bo'lishiga ko'maklashadi, jamoa bilan munosabatda bo'lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a'zolari orasida o'zaro yaqinlik, hissiy birlik (bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko'pincha o'z-o'zidan paydo bo'ladi hamda ular pedagogik ta'sir ko'rsatish uchun qo'l keladi.
Ruhiy va hissiy jamoa a'zolarining birgalikdagi faoliyatining mazmuniga, ular orasidagi hosil bo'lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog'liqdir.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda, jamoa faoliyatining turli ko'rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan tashkiliy jihatlari ko'zda tutiladi. Mazkur tuzilma, bir tomondan, jamoa a'zolari qo'shilgan ishchanlik munosabatlami ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a'zolari o'rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari mazmunini ifoda etadi.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a'zolari o'rtasidagi shaxslararo ma'naviy-psixologik niunosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhini tashkil qiluvchi ayrim a'zolar o'rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a'zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o'rinni egallaydi.
Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi o'rni uning shakllanish jarayoniga ta'sir ko'rsatadi. Maklab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo'lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko'zga ko'ringan o'rnini egallagan holdagina u chinakam jamoa bo'la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo'lgandagina, jamoa o'zini o'zi chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.
Yashash joylarida o'zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabat zaminidan tashkil topgan bo'lmasin, haqiqiy jamoa bo'la olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a'zolari o'rtasida ijtimoiy ahamiyati faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlami o'rnata olishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga pcdagogik rahbarlikning bo'lishidir.
Shunday qilib, jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi bo'lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan umumiy maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a'zolari o'zaro birlik, a'zolaming munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo'ysunish, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar.
Jamoa va uni shakllantirish — pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Ayni ko'rsatkich uni shakllantirish vositasi bo'lib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a'zosini tarbiyalash yaxshi samara beradi.

Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin