Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 30,86 Kb.
səhifə1/6
tarix14.04.2023
ölçüsü30,86 Kb.
#97979
  1   2   3   4   5   6
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari.


Reja:

1.Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo’nalishlari, maqsad vavazifalari.


2. Tarbiyaning asosiy tizimi.
3.Tarbiya jarayonining mazmuni.

O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmokda.


Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»gi farmonida ko’rsatilganidek,jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchiomilidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg’armalar, qo’mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.

Yüklə 30,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin