Sirtqi fakulteti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə1/8
tarix19.05.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#116986
  1   2   3   4   5   6   7   8
Babayeva sh


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OlIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTETI

Buxgalteriya hisobi” - kafedrasi


Buxgalteriya fanidan ”
KURS ISHI
MAVZU; __________________________________________________________
5230900 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)


Bajardi:__________________________________________________________________________________
Ilmiy rahbari:___________________________________________________________________________
Topshirgan sanasi:______________________
Himoya qilgan sanasi:________________
Baho:____________


Komissiya a'zolari:
__________________ _________________
(IMZO)
__________________ _________________
(IMZO)
__________________ _________________
(IMZO)


Mavzu : Auditda Firibgarlikni oldini olish va aniqlash


REJA

1. Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi


2. Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi
3. Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi
4. Moliyaviy hisobotdagi firibgarliklar
5. Auditor tomonidan aniqlangan firibgarlik xolatlariga auditorning munosabati

KIRISH
Globallashuv sharoitida O'zbekiston iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va liberallashtirish, jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvini tezlashtirish va kapital bozorini hamda raqamli iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish, zamonaviy korporativ boshqaruv printsiplarini joriy etish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruvni yanada yaxshilash uchun auditorlik xizmatlari sifatini oshirish lozim bo'ladi
Yaqin paytga qadar amalda bo'lgan “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun 2000 yilda qabul qilingan. So'nggi 20 yil ichida bu bozorda katta o'zgarishlar ro'y bergani va qator islohotlar amalga oshirilgani tufayli u bugungi kun talabiga to'liq javob bermasligi ayon bo'lib qolgan edi.
Zamonaviy talablar va xalqaro amaliyot printsiplariga asoslangan auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish, qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish maqsadida 2021-yil 25-fevralda yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun qabul qilindi.
Qonun bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan auditorlik xizmatini tashkil etishga, ushbu kasbning nufuzini va ular ishining sifatini oshirishga qaratilgan bo'lib, pirovard natijada jamiyat manfaatlarini qondirishga va investorlar himoyasini kuchaytirishga yo'naltirilgan.

Ushbu huquqiy hujjatda amaldagi qonunning eskirgan va havolaki me'yorlari qayta ko'rib chiqildi va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yagona me'yoriy hujjat ko'rinishida to'g'ridan-to'g'ri amal qiladigan qonun sifatida qabul qilindi.


Dunyoda auditorlik xizmatlaridan foydalanish rivojlanib boryapti. Xususan, IFAC – Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining rasmiy hisobotiga ko'ra, 130 ga yaqin davlatda 175 dan ziyod professional buxgalterlar uyushmasi, 3 milliondan ziyod professional auditor, 100 mingdan ortiq auditorlik tashkiloti mavjud. Birgina Deloitte tashkilotining o'zi 150 ta davlatda 1600 dan ziyod shartnoma asosida auditorlik tekshiruvlarini o'tkazib, 46,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi daromadni qayd etdi.
Respublikamizda 2021-yilning 1-yanvar holatiga 99 ta auditorlik tashkiloti faoliyat ko'rsatib kelyapti, auditorlar soni 572 kishini tashkil qiladi. 19 ta mahalliy auditorlik tashkiloti yirik xalqaro tarmoq va uyushmalar a'zolari hisoblanadi. YUrtimizda ham katta to'rtlik (Big-4) - “Ernst &Young”, “PricewaterhouseCoupers”, “Deloitte and Touche” va “KRMG” xalqaro auditorlik tashkilotlarining sho''ba jamiyatlari faoliyat yurityapti.
Qonun auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish, uni litsenziyalanadigan turlar tarkibidan chiqarish, maxsus vakolatli davlat organi sifatida Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari (Auditorlar palatasi hamda Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi) bilan birgalikda, moliya-xo'jalik sohasiga aralashmagan holda, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o'tkazish, majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishi zarur bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tashkilotlar ro'yxatini shakllantirishni nazarda tutadi.

Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin