Smart – O’qitish muhiti elementlari reja: 1



Yüklə 346,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix03.12.2023
ölçüsü346,4 Kb.
#172377
  1   2
Anvarova Nilufarxon



SMART – O’QITISH MUHITI ELEMENTLARI 
 
 
Reja: 
 
1.
 
“Smart” atamasi haqida tushuncha. 
2.
 
Smart ta’limning asosiy tarmoqlari. 
3.
 
Smart – o’qitishning afzaligi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Jahonda axborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy 
kommunikatsiyaning kuchayishi integratsiyalashgan ta’lim muhitida ta’lim 
oluvchilarning kasbiy va ijodiy rivojlanishini ta’minlash imkoniyatlarini 
kengaytirmoqda. Ta’lim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan 
jamiyatda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini kengroq joriy etish 
va ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda. 
Dunyo 
hamjamiyatida 
YUNESKOning 
“O‘qituvchilarning axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha kompenentligini rivojlantirish” 
dasturi [135] va “Yevropa Kengashi mamlakatlarining 2020 yilga qadar 
ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sohasidagi Hamkorlik strategiyasi” 
[136] asosida keng ko‘lamli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bugungi kunda elektron ta’limning takomillashgan shakli bo‘lib 
hisoblangan Smart-ta’lim (smart-education) jadal rivojlanmoqda. Yevropada 
Smart - ta’lim tamoyilida «Yagona Yevropa universiteti» ni shakllantirish 
dasturi, AQSH da ushbu o‘n yillikda Smart - ta’lim falsafasida ta’limda katta 
inqilob yaratish dasturi [137], Janubiy Koreyadagi SMART Education – 
raqamli darsliklar tashabbusi va KERIS – edunet tizimi [133], IBM – aqlli 
sayyora uchun ta’lim konsepsiyasi [141], Xitoy PLS (Personal Learning 
Space) modeli tizimi[140], Rossiyadagi Moskva, Omsk, Perm, Qozon 
universitetlarida “Aqlli universitet” [139] shakllanmoqda. 
Mamlakatimizda esa O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «oliy ta’lim muassasalari faoliyatining 
sifati hamda samaradorligini oshirish, intellektual rivojlangan, mustaqil 
fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni 
tarbiyalash» ustivor masala qilib qo‘yilgan [5]. 
Jamiyatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga 
muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, 
xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga 
zarur shart-sharoitlar 
yaratish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 2909-son, 2019 yil 8 
oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847- son 
qarorlarida esa elektron ta’lim resurslari milliy tizimini yaratish, jahonning 


ta’lim resurslariga kirish va ushbu infrastrukturani takomillashtirish, o‘quv 
jarayonida jahon va milliy elektron ta’lim resurslaridan axborot – 
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
negizida foydalanish, oliy ta’lim 
muassasalari moddiy-texnik bazasini va tarmoqli infratuzilmani rivojlantirish 
asosiy vazifalar sifatida belgilangan. Shunga ko‘ra respublikamiz oliy ta’lim 
muassasalarida, jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 
"Smart Classroom" (Aqlli auditoriya) ZTE multimediali tizimni joriy etish, 
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Aqlli sinf” o‘quv auditoriyasini 
yaratish, 
Toshkent 
davlat 
pedagogika 
universitetini 
Turkiyaning 
Informascope kompaniyasi hamkorligidagi “SMART universitet” ga 
aylantirish loyihasi asosida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. 
Jizzax davlat pedagogika institutida “SMART auditoriya” tashkil etilmoqda. 

SMART
” atamasi dastlab 1954 yilda olim, iqtisodchi, publitsist, 
pedagog Piter Ferdinand Druker tomonidan kiritilgan, 1965 yilda Paul J 
Meyer, 1981 yili esa George T. Doran o‘z ilmiy ishlarida qo‘llagan [149]. 
SMART - “Specific” (aniq, o‘ziga xos), “Measurable” (o‘lchovli), 
“Attainable” (erishiladigan), “Relevant” (muvofiq, resurs), “Time- bound” 
(vaqt bo‘yicha chegaralar, aniq muddatli) inglizcha so‘zlarining bosh harflari 
bilan ifodalangan [47]. 
Texnologiya – (ingl: technology, rus: texnologiya) muayyan ishlab 
chiqarish sohasidagi usullar va jarayonlar majmuasi [50]. 
Respublikamiz 
etakchi 
olimlaridan 
A.A. 
Abduqodirovning 
ta’kidlashicha, Smart–texnologiyalar – o‘zaro ta’sir va tajriba almashish 
negizida protseduralarga uzatiladigan, avvallari axborot va bilimlarga 
asoslangan texnologiyalardir..... «Smart» ning tayanch xossasi atrof - muhit 
bilan o‘zaro ta’sir etish va unga moslashish qobiliyatidir. Uning ushbu 
xususiyati mustaqil qiymatga ega va shahar, universitet, ta’lim, texnologiya, 
jamiyat va ko‘pgina boshqa kategoriyalarga qo‘llanishi mumkin [47]. 
SMART – bu tizim yoki jarayonning hususiyati bo‘lib, atrof - muhit 
bilan o‘zaro munosabatlarda o‘zini namoyon qiladi va tizimga 
qobiliyatini qayta ishlashga, tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga darhol javob 
qaytarish, o‘zgaruvchan sharoitga moslashish, mustaqil taraqqiyot va o‘zini 
o‘zi boshqarish, natijalarni samarali bajarishga imkon beradi [74]. 
Bugungi kunda SMART–texnologiyalarning asosiy vositalarini IoT 


(Internet of things) – buyumlar interneti tashkil etmoqda. Buyumlar interneti 
IoT (Internet of things) bu - maxsus elektronika, dasturiy ta’minot, sensorlar, 
qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarning o‘zaro ma’lumot almashinuvidan 
iborat tarmoq tizimi bilan jihozlangan sun’iy intellekt yordamida masofadan 
boshqariluvchi maishiy texnikalar, transport vositalari va boshqalar. IoT 
texnologiya tadqiqotchilariga kamroq quvvat sarflaydigan va deyarli har 
qanday turdagi qurilmaga ulanishi mumkin bo‘lgan kichikroq va arzonroq 
simsiz tizimlarni ishlab chiqish uchun kuch beradi. 
“Internet – buyumlar” (ba’zan “buyumlar interneti” yoki “internet 
ashyolari” degan atama ham ishlatiladi) ingliz tilidagi Internet of Things 
so‘zlaridan olingan bo‘lib, bir-biri yoki tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuv 
uchun ichiga joylashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlangan, iqtisodiy va 
ijtimoiy jarayonlarni qayta qura oladigan hodisa kabi tarmoqlarni tashkil 
etishni ko‘rib chiqadigan, harakat va operatsiyalar ichidan inson ishtiroki 
zaruriyatini inkor etadigan, fizik jarayonlar hisoblash tarmog‘i konsepsiyasi 
hisoblanadi [108]. 
Internet ashyolarni, bizni o‘rab turgan barcha predmetlar va qurilmalar 
(uy asboblari va jihozlari, kiyim-kechak, mahsulotlar, avtomobillar, sanoat 
qurilmalar va boshqalar) miniatyurali (kichik o‘lchamli) identifikatsion va 
sensorli (sezgir) qurilmalar bilan jihozlangan deb tasavvur qilish mumkin. U 
holda ular bilan zarur aloqa kanallari bo‘lganida nafaqat bu ob’ektlarni va 
ularning parametrlarini fazoda va vaqt bo‘yicha kuzatish, balki ularni 
boshqarish, ular haqidagi ma’lumotlarni umumiy – “Aqlli planeta” ga kiritish 
mumkin bo‘ladi. Boshqacha aytganda, Internet ashyolar bu kompyuterlar
datchiklar (sensorlar) va ijrochi qurilmalarning (aktuatorlarning) IP (Internet 
Protocol) internet protokoldan foydalanish orqali o‘zaro bog‘laydigan global 
tarmoq hisoblanadi [112]. 
Cisco IBSG - tarmoq jihozlarini va dasturlarini ishlab chiqaruvchi 
jahonda etakchi AQSHning kompaniyasi hisobotiga ko‘ra internetga ulangan 
buyumlar soni 2015 yilda 25 milliardga etgan bo‘lsa, 2020 yilga borib esa 
bunday buyumlar soni 50 milliardga etishi kutilmoqda [20]. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda “Buyumlar interneti” inson 
faoliyatining ko‘plab sohalarida qo‘llanilmoqda. «Aqlli muzlatkichlar», 
«Uyni aqlli yoritish» va boshqa «aqlli» sifati bilan ataluvchi maishiy 


texnikalar hayotimizni yanada engillashtirib, tashvishlarimizning bir qismini 
ular zimmasiga yuklashga imkoniyat yaratadi. Hozir bunday qurilmalarda 
telefondagidek oddiy sim-kartadan foydalaniladi. Mikroelektronikani 
rivojlantirish, mikrokontrollerlar yuqori ish faoliyatini ta’minlash va energiya 
sarfini kamaytirish, mikrosxema narxini pasaytirish – bularning barchasi 
yangi echimlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish imkonini 
beradi. Bu texnologiyalar ta’lim tizimiga bir qator rivojlangan mamlakatlarda 
(AQSH, Xitoy, YAponiya, Shvetsiya va h.k.) keng joriy etilmoqda. 
YUNESKO tashkiloti tomonidan e’lon qilingan XXI asrda «Life Long 
Learning» ya’ni - «Butun hayot davomida o‘rganish», «Ta’lim - hamma 
uchun» ta’lim tamoyillarini amalga oshirish uchun SMART- ta’lim orqali 
shart-sharoitlar yaratiladi. SMART-ta’lim «har doim, har joyda va istalgan 
vaqtda» ta’lim olish imkoniyatlarini yuzaga keltirmoqda. SMART - jamiyat 
oliy o‘quv muassasalari oldiga zamonaviy fikrlash va ishlash imkoniyatiga 
ega kreativ salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash kabi global vazifalar 
qo‘ymoqda. Buning uchun ularda quyidagi amaliy ko‘nikmalarni 
shakllantirish lozim: ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish, foydali 
axborotlarni izlash va tanlash, elektron manbalar bilan ishlash, o‘quv 
jarayoni muhitini o‘zgartirishni talab etuvchi shaxsiy ma’lumot bazasini 
yaratish. 
Axborotlashgan ta’lim jarayonining zamonaviy tendensiyasi tahlili 
shuni ko‘rsatadiki, jamiyatda o‘qitishning an’anaviy modelidan elektron 
ta’limga o‘tish, so‘ngra esa “smart – inson”ning shaxsini shakllantirish va 
ta’lim oluvchida yangi bilimlarni generatsiya qilishga ijozat beruvchi 
samarali texnologiyalari mavjud, qaysiki qidirish, axborotni tahlil etish va 
innovatsiyalar yaratish uchun takomillashgan axborot- kommunikatsiya 
texnologiyalariga ega bo‘lgan SMART – ta’limga o‘tishni taqazo etadi [89]. 
SMART – ta’lim (education) – mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir; 
butun jahon bilimlarni foydalanish va passiv kontentdan faol kontentga o‘tish 
uchun o‘qituvchi, mutaxassis va talabalarning kuchlarini, ya’ni ta’lim 
faoliyatini birlashtirishdir. Smart – o‘quv jarayoni - innovatsiyalar va 
internetdan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonidir; u tizimli 
ko‘p o‘lchovli ko‘rish va ko‘p aspektliligi va yangilanishining uzluksizligini 
e’tiborga olgan holda predmetlarni o‘rganish asosida kasbiy kompetensiyalar 


egallashga imkoniyat beradi [48]. 
Biz o‘z tadqiqotlarimizda A.A.Abduqodirovning ushbu fikrini SMART 
– ta’lim uchun ishchi ta’rif sifatida qabul qildik. 
V.P.Tixomirov bugungi ta’lim taraqqiyotining asosiy o‘rni haqida juda 
aniq izoh bergan: «Ta’limning eski tizim parametrlari kishilarni SMART-
jamiyatda yashashi va ishlashi uchun tayyorlay olmaydi. SMART-
texnologiyalarisiz innovatsion faoliyat mumkin emas. Agarda ta’lim tizimi 
ushbu taraqqiyot yo‘nalishdan ortda qolsa, u holda to‘xtab qoladi» [119]. 
Ta’lim sohasida SMART - texnologiyalar deganda quyidagilar 
tushuniladi: aqlli-doskalar, aqlli-o‘quv qo‘llanmalari, aqlli-proektorlar, 
interaktiv va kommunikativ xarakterdagi elektron o‘quv materiallarini 
yaratish va tarqatishning dasturiy ta’minotlari. 
“SMART–ta’lim” ta’limni axborotlashtirishni rivojlantirishning yangi 
paradigma bo‘lib hisoblanadi. U ta’limni individuallashtirishni talab bo‘yicha 
xizmat ko‘rsatish va ochiq ta’lim muhitini qo‘llab - quvvatlaydi. 
Oqilona ta’limning mohiyati aqlli texnologiyalarni qo‘llash orqali aqlli 
muhitni yaratishdir, shuning uchun aqlli pedagogikada shaxsiylashtirilgan 
ta’lim xizmatlarini taqdim etish va o‘quvchilarning qobiliyatini kuchaytirish, 
shuningdek, qiymatni yaxshiroq baholash, yuqori fikrlash sifati va yanada 
kuchli xulq-atvorga ega bo‘lgan donolik qobiliyatini kuchaytirish mumkin. 
SMART-ta’limning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: 
1.
Ta’lim dasturlarida ko‘zda tutilgan o‘quv masalalarini hal etishda 
dolzarb axborotlardan foydalanish: har qanday kasbiy faoliyatga doir 
ta’limning axborotlar oqimi tezligi va hajmi jadal sur’atlar bilan rivojlanib 
bormoqda, bu esa o‘z navbatida talabalarni amaliy muammolarni hal etishga 
tayyorlash uchun amaldagi o‘quv materiallarini real vaqtdagi ma’lumot bilan 
to‘ldirishni taqazo etadi. 
2.
Talabalarning 
mustaqil 
bilim 
olishini, 
tadqiqotchilik 
va 
loyihalovchilik faoliyatini tashkil etish. Ushbu tamoyil talabalarning 
muammolarni hal etishda ijodiy izlanishlar va ilmiy- tadqiqot ishlarini olib 
borishida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. 
3.
O‘quv jarayonini tarqalgan keng o‘quv muhitida amalga oshirish. 
Ta’lim muhitini o‘quv muassasasi hududiy yoki masofaviy ta’lim tizimi 
chegaralari bilan cheklash kerak emas. Ta’lim jarayoni doimiy bo‘lishi kerak. 


4.
Ta’lim 
yo‘nalishlarining 
moslashuvchanligi 
va 
ta’limni 
individuallashtirish, ya’ni shaxsga yo‘naltirish. Ta’lim berish faoliyatining 
xilma-xilligi talabalarga ta’lim dasturlari va kurslarini o‘qitish, o‘quv 
jarayonida asbob-uskunalardan foydalanish, ularning sog‘lig‘ini saqlash 
imkoniyatlari, moddiy va ijtimoiy sharoitlarga mos ravishda keng 
imkoniyatlar berishni talab qiladi. N.P. Kapustinning ta’rifiga ko‘ra 
moslashish (lot. adaptatio- adaptiv, moslashish) - bu “ta’lim oluvchining 
tug‘ma iste’dodi, qobiliyatiga mos ravishda intellektual rivojlanishni optimal 
darajaga ko‘tarish imkonini beruvchi ta’lim tizimi. Egiluvchanlik, ochiqlik 
kabi xususiyatlarga ega moslashuvchi o‘qitish tizimlari ta’lim oluvchining 
ehtiyojiga moslashgan holda uning yashirin imkoniyatlarini rivojlanishning 
bir muncha yuqori darajasiga olib chiqadi” [85]. 
Bugungi kunda dunyoning bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlarida (Janubiy Koreya, AQSH, Singapur, Angliya, Rossiya va h.k) 
SMART-universitetlar va Smart Campus paydo bo‘lmoqda. “SMART – 
ta’lim” texnologik innovatsiyalar va Internet orqali amalga oshiriladi, bu esa 
talabalarda tizimli keng tafakkur va ixtisoslikka oid kasbiy malakalarini 
shakllantirish imkonini beradi. 
SMART- universitetda o‘qitish talabaning imkoniyatiga imkon qadar 
moslashtirilgan 
va 
bugungi 
kunda 
hammaga 
ma’lum 
bo‘lgan 
texnologiyalarga asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun esa SMART- 
universitetlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: moslashuvchanlik, 
muvofiqlashuvchanlik, innovatsiyalar. Ta’limda SMART-texnologiyalar juda 
katta ahamiyatga ega, bir tomondan ular o‘quv muassasasi moddiy- texnika 
ta’minoti uchun xarajatlarini optimallashtirishga, boshqa tomondan, ta’lim 
xizmatlari va mahsulotlarning sifatini yangi darajaga ko‘tarishga imkon 
beradi. 
Smart Campus - bu faol ta’lim dasturiga ega bo‘lgan hamkorlik 
markazi bo‘lib, Yevropa Komissiyasi tomonidan qo‘llab- quvvatlanadigan 
asosiy foydalanuvchilar (talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar) bilan 
hamkorlik orqali o‘quv muassasasi tomonidan foydalaniladigan asbob-
uskunalar va energiya manbalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan 
loyiha [29]. 
Smart Campus da ko‘plab imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ularni 


quyidagicha uchta asosiy kategoriyalarga ajratish mumkin: Smart Living, 
Smart Learning va Smart Safety & Security. Buning barchasi talabalarning 
diqqatini jalb etishi, ta’lim muassasasining hayot tarziga 
kirishiga ko‘maklashishi va kerakli yutuqlarga erishish uchun ularga barcha 
zaruriy resurslarni olishlarida yordam beradi [113]. 
Ta’lim tizimi sohasida Smart Campus yangi o‘quv va o‘qitish 
modellarini amalga oshirish uchun har bir talabaga yakka personal hisoblash 
vositalarini yaratadi. Smart Campus texnologiyasi talabalarning an’anaviy 
ta’lim olish usullarini o‘zgartirishlari mumkin. Davomat, ovoz berish va 
o‘quv binolariga kirishni avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan Smart ID 
kartalari talabalar ma’lumot tizimlari bilan birlashtiriladi. Talabalar va 
o‘qituvchilarni jismoniy bo‘shliqdan xalos qilgani kabi, ular vaqt o‘tishi 
bilan ko‘proq moslashuvchanlik va erkinlikka ega bo‘ladilar. Barcha 
ma’ruzalarni yozib olish va arxivlash orqali, kasal talaba darsni o‘tkazib 
yuborganida yoki shunchaki nazoratdan oldin ko‘rib chiqishni xohlaganida, 
har bir ma’ruzaning har soniyasini ko‘zdan kechirishi mumkin. Smart 
Campus dasturlarida ishtirok etadigan ko‘plab texnologiyalar mutlaqo yangi 
emas - ular yangi usulda qo‘llaniladi. Smart Campus platformasi uchun juda 
muhim bo‘lgan narsa - bu ochiq API (ochiq interfeys). Ochiq API - bu turli 
xil qurilmalar va tizimlarni, hatto turli xil kirish usullaridan foydalanganda 
ham, real vaqt rejimida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qilish uchun bog‘lovchi 
vosita bo‘lib hisoblanadi. 
I. G. Borisenko SMART - ta’limning konsepsiyasi haqida so‘z yuritar 
ekan:”Bu konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi [67]: 
1.
Ta’lim jarayonida ishtirokchilarning kompetentligini doimiy 
rivojlanishi uchun intellektual muhit yaratish, shu jumladan, rasmiy va 
norasmiy ta’lim tadbirlarini tashkillashtirish, yangi kompetensiyalarni 
qo‘llash yo‘lida ko‘rsatilayotgan tartib-qoida o‘zgarishlari natijalari. Bunday 
ta’limni amalga oshirishning texnik bazasi talabalar va ta’lim muassasalariga 
tegishli bo‘lgan quyidagi qurilmalar hisoblanadi: oddiy statsionar 
kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, smartfonlar, tarmoq qurilmalari va 
boshqalar. 
2.
Maqsad - raqamli jamiyat va aqlli iqtisodiyot sharoitida 
muvaffaqiyatli faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni ta’minlash. 


V.P.Tixomirov va N.A.Tixomirova ta’limdagi “SMART– texnologiya” 
quyidagilarni o‘z ichiga olishini ta’kidlagan [119]: 
1.
Ta’lim tarmoqlari (Elektron universitetlar konsorsiumi); 
2.
Smart e-learning; 
3.
Elektron 
ta’limning sifati (E-metrix, standartlashtirish va 
sertifikatlash); 
4.
Tez boshlash. 
G.A. Pollak ta’lim oluvchilar uchun “SMART – ta’lim” uzluksiz ta’lim 
tizimi (maktab, oliy ta’lim muassasalari, korporativ ta’lim) uchun 
quyidagilarni taklif etgan [109]: moslashuvchan ta’lim dasturlari, portfolio; 
talabalar faoliyati to‘g‘risida kengroq ma’lumotlar; hamkorlik ta’lim 
texnologiyalari - bilimlarni yaratish; o‘quv jarayoniga qurilmalar orqali 
mustaqil kirish; inson faoliyatining ko‘pgina funksiyalarini kompyuterlarga 
o‘tkazish; ta’limni yangi darajada individuallashtirish. 
A.A.
Aletdinova va A.A. Melnichenko SMART -ta’lim tushunchasini 
ilmiy tahlil qilar ekan, quyidagi yo‘nalishlarni belgilab bergan (1.1.1 -rasm): 
SMART - ta’limiy kabi intellektual vosita; SMART - birlashgan o‘quv 
muassasalari va professor-o‘qituvchilar tuzilmasi; SMART - yangi ko‘rinish 
kabi, ya’ni, ta’limga yangicha yondashuv, yuqori natijalarga erishishga 
imkon berish yoki ko‘proq samarali usullar; SMART yangi smart-
kompetentlikni shakllantirish mazmunida inson shaxsiyatining takomillashuvi 
[49]. 


 
Horijiy mamlakatlarda bugungi kunda SMART–texnologiyalar va IoT - 
“buyumlar interneti” ning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi haqida to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Singapur politexnika universitetida “Aqlli kampus” mavjud bo‘lib, 
unga kirgan har bir talaba elektron konserj tomonidan identifikatsiya qilinadi. 
Elektron konserj – bu Internet xizmati tizimi bo‘lib, turli sohalar bo‘yicha 
tezkor ma’lumotlar olish, so‘rovlarga javoblar, navigatsiya va boshqa 
xizmatlarni bajaradi. Bu tizim talabalarni universitetdagi yangiliklar, 
professor - o‘qituvchilar tomonidan tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxati 
bilan tanishtiradi. Ma’lumotlar tahlili mukammal tizimlashgan bo‘lib, hatto, 
kurs ishlarini o‘z vaqtida topshira olmaydigan talabalarni oldindan aniqlab, 
ular haqida fan o‘qituvchilarini xabardor qilishga imkon beradi [20]. 
Avstraliyaning 
Jon 
Kertin 
nomidagi 
universitetida 
buyumlar 
internetidan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim yordamida olingan 
ma’lumotlar asosida auditoriya va kutubxonalar bandligi, davomat hamda 
professor - o‘qituvchilar va talabalar kundalik hayoti to‘g‘risida xulosalar 


qilinadi [15]. 
Malayziya texnologik universitetida esa sun’iy intellekt asosida 
ta’limning boshidan to oxiriga qadar talabalar haqida ma’lumotlar yig‘adi. 
Bunday kuzatuv yordamida ularning mashg‘ulotlardagi ishtiroki o‘rganiladi 
va bu ma’lumotlar keyingi qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib 
hisoblanadi. Sun’iy intellekt orqali o‘tilgan dars mashg‘ulotlar tahlil etib, uni 
sifatini yanada oshirish yo‘llari haqida maslahatlar beradi [38]. 
Yaponiyada o‘quvchilar virtual reallikning to‘la komplektidan 
foydalanib, “virtual maktab” ga qatnashishlari, smartfonlar uchun chiqarilgan 
maxsus dastur yordamida o‘qituvchilarni tinglashlari va testlar topshirishlari, 
alohida tashkil etilgan platforma orqali boshqa maktab o‘quvchilari bilan 
muloqot qilishlari mumkin. O‘quvchilarga alohida o‘qituvchilar biriktirilgan 
bo‘lib, o‘quvchilar ulardan o‘z savollariga telefon yoki elektron pochta orqali 
javob olishlari, zarurat tug‘ilganda o‘qituvchi bilan uchrashishlari ham 
mumkin [146]. 
AQSH ning Kaliforniya shtati San-Fransisko shahridagi SweetRush 
tizimi (
http://www.sweetrush.com/
) elektron va mobil ta’lim uchun ta’lim 
echimlarini ishlab chiqadi va sinovdan o‘tkazadi. O‘qituvchi – yo‘riqchi 
rahbarligida real vaqt rejimida qayta muloqot qilish imkonini beradigan 
individual ta’lim olish mumkin. Kurs musobaqali o‘yinlar va audio - video 
animatsiyalar kabi vositalardan tashkil topgan bo‘lib, ular ishtirokchilarni 
ko‘plab jalb qilishga yordam beradi. 
AQSHning Vashington shahrida BLACKBOARD tizimi K-12 va undan 
keyingi ta’lim bosqichlari uchun “Bog‘langan ta’lim malakasi va qo‘llab-
quvvatlash tarmog‘i” deb ataluvchi tizimni yaratgan. Raqamli ta’lim muhiti 
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni shakllantirsa, virtual sinflar texnologiyasi 
o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi. Maxsus veb saytlar ota-
onalar va talabalarga oxirgi olingan baholar, yangiliklar va tadbirlar haqida 
ma’lumotlar taqdim etadi. Blackboard Mobile Credential kompaniyasi 
talabalarga talaba ID larini iPhone va Apple Watch lardagi maxsus dasturdan 
ro‘yxatdan o‘tkazish bilan kampus binosiga kirish va ovqatlanish hamda 
boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yordam beradi[148]. 
Buyuk Britaniyaning Ueymut shahrida Magicard tizimi talabalar uchun 
turli xildagi smart kartalar ishlab chiqaradi. Ushbu kartalar IoT (Internet of 


things)[149] lar yordamida talabani autentifikatsiya qiluvchi nazorat 
tizimlariga ulanadi. IoT lar yordamida talabalar turli xil manbalarga (kurs 
ishlari, masofaviy ta’lim uchun elektron resurslar va boshqalarga kirishga va 
ulardan foydalanishga ruxsat oladilar, turli xizmatlar uchun to‘lovlarni 
amalga oshiradilar. 
Shunday 
qilib, 
“SMART–ta’lim” bo‘lajak mutaxassis shaxsi 
rivojlanishi imkoniyatlarini kengaytirib, ularda zarur bo‘ladigan ijodiy 
salohiyatini shakllantiradi. Bunda SMART–texnologiyalar va "buyumlar 
interneti" (IoT) ta’limda o‘qitishning asosiy yordamchi vositalari bo‘lib 
hizmat qiladi. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda SMART– texnologiyalar 
va IoT–buyumlar interneti vositalaridan ta’lim tizimida foydalanish bo‘yicha 
konsepsiya va ilmiy tadqiqotlarga asoslangan aniq metodik tavsiyalar hali 
ishlab chiqilmagan. 
Zamonaviy oliy ta’limning ajralib turadigan xususiyatlari bu 
moslashuvchanlik, samaradorlik va amaliy yo‘naltirish ekanligi sababli, 
bunday bilimlar almashinuvi an’anaviy bilimlarni reproduktiv uzatishdan 
ijodiy ta’lim shakliga o‘zining innovatsion usullari, shakllari va vositalari 
bilan o‘tishini anglatadi. Bu ham Web2.0 texnologiyalarining rivojlanishi 
tufayli mumkin bo‘ldi. Aqlli ta’lim moslashuvchan ta’limning paydo 
bo‘lishining asosiy sharti bo‘lib, u dunyo miqyosida jamoat mulki bo‘lgan 
tarkibdan foydalangan holda interfaol ta’lim muhitida ishlaydi [100]. 
Shakllanayotgan Smart – ta’lim tizimidan: kunduzgi ta’limda – 
talabalarning mustaqil ishlarini sifatli va samarali tashkil etishda; masofali 
o‘qitishda; mutaxassislarning malakasini oshirishda; aholining umumiy 
norasmiy ta’lim tizimida muvafaqqiyatli foydalanilishi mumkin[48]. 


 
SMART - ta’lim platforma (asos) sini umumiy ta’riflaydigan bo‘lsak, 
SMART ta’lim bu – mafkura, o‘z navbatida u uchta bo‘g‘indan iborat. Bular: 
1)

Yüklə 346,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin