So'fga nisbatdir. Ilk so'fiylardan Hasan Basriy aytishicha Payg'ambar bilan Badr jangida ishtirok etgan 70 sahoba kiyimi so'fdan ekan. Muhammad payg'ambarning o'zlari ham shunday kiyim kiygan ekan deydilar



Yüklə 68,89 Kb.
tarix15.05.2023
ölçüsü68,89 Kb.
#113605
tarix yoki adabiyot



So'fga nisbatdir. Ilk so'fiylardan Hasan Basriy aytishicha Payg'ambar bilan Badr jangida ishtirok etgan 70 sahoba kiyimi so'fdan ekan. Muhammad payg'ambarning o'zlari ham shunday kiyim kiygan ekan deydilar.5. So‘fiy kalimasi "sufbat" so‘zidan olingan ham deydilar. Sufbat-g'ashlik,xiralik va har qanday yomonliklardan toza degan ma'noni ham beradi, ya‘ni Olloh ishonchda, e‘tiqodda shubhadan holi degan ma‘noni ham bildiradi. 6. G‘arbiy yevropalik olimlar esa XX asrgacha soʻfizm yunoncha sofiya-donolik, donishmandlik soʻzidan kelib chiqqan deb tushunganlar. Soʻfiy so'zi suf so'zidan yasalgan bolsa , oʻz navbatida so'fiydan "tasavvuf", "mustavvuf", "mustassuv", "mutassuf", "mutafassuf" so'zlari hosil bolgan. Mustassuv o‘zini sufiylarga o‘xshatib taqlid qilib yuradigan, ammo asl maqsadi amal, maqsad molu-mulkka intilishdan iborat bo‘lgan kishilarga nisbatan ishlatilgan so‘z bo‘lsa, mutassuv tariqat va haqiqatdan muayyan manzillarni egallagan kishilardir. Qalbdan so‘fiyona g‘oyalarga moyil tasavvufni e‘tiqod-maslak qilib olgan, lekin tariqat amaliyotini o‘tamagan, rasman so‘fiy bo‘lmagan odamlar esa mutasavvuf bo‘lib hisoblanganlar. So‘fiylarning o‘zlarini mashxur Husayn Voiz Koshifiy uch guruhga ajratgan: muoshirlar, mutarislar, muhakkiklar. Koshifiy fikriga ko‘ra muoshirlar-tariqat ahlining muxlislaridir.
So‘fizmga xos ilk ananalarni tadqiqotchilar Muhammad payg‘ambarning safdoshlari bo‘lmish Abu Darda, Abu Zarr, Xuzayfa bilan bog‘laydilar. So‘fizm dastlabki shakllanishi jarayonida diniy mistik oqim sifatida VIII asr o‘rtalari IX asr boshlarida shakllandi. So‘fiylar safiga hadis to‘plovchilar safidan rivoyat aytib yuruvchilar, Quro'ni Karimni o‘qiydiganlar, Vizantiya bilan bo‘lgan urushda qatnashgan jihodchilar kelib qo‘shildilar. Lekin aholi bu oqimni so‘fizm yoki tasavvuf deb atamaganlar. Ko‘pincha ularni zuxdlar-zoxidlar, tarkidunyochilar, xudoga ibodat qiluvchilar, xudoning safdoshlari deb tushunganlar.
Islom tarixidan shu narsa ma‘lumki xalifa Usmon davrida (644-656) boylikka ruju qo‘yish, qimmatbaho tuxfalar bilan qarindosh urug‘lar yaqin do‘st birodarlarni siylash rasm bo‘ladi. Umaviylar xalifalari davrida esa hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to'plash avj oldi. hukmdorlar faoliyatida diniy ibodatlar oʻrnida dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Shundan keyin eʼtiqodli, ko‘pni va uzoqni ko‘rgan musulmonlar bundan norozi boʻladilar. Ularning bir guruhi islomni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan boʻlsalar, ikkinchi guruhi esa qanoat va zohidlikni zodagonlar, hukmdorlar axloqi, xatti-harakatiga qarshi norozilik sifatida qabul qildi. Tarkidunyochilik gʻoyasini targʻib qilib, ijtimoiy faoliyatdan kechdilar, doimiy toat-ibodat bilan shugʻullandilar.
Dastlabki so‘fiylarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, ular Qur‘oni karim hadisi sharifga qatʼiy amal qilganlar va oʻzlarining qoidalarni targʻib qilganlar. Dunyo lazzatlaridan voz kechish ularga xos boʻlgan. Asosiy eʼtiborini inson, inson qalbiga qaratganlar. tasavvuf asoschilaridan biri boʻlmish Al Hasan al-Basriy juda ajoyib ruxshunos bolib "qalb va niyatlar" haqidagi taʼlimoti fanni asoslangan. U musulmonlar Ollohni nihoyat darajada sevishini targʻib qilgan.
IX asrdan boshlab tasavvuf maktablari vujudga kela boshladi. Dastlab Basrada keyinroq esa Bogʻdod, Xurosonda so‘fiylar maktablari vujudga keldi. X-XI asrlarga kelib so‘fiylar safi nihoyatda koʻpayib ketdi. Mana shu davrda so‘fizm tarafdorlari boshqa diniy gʻoyaviy oqimlardan farq qilib o‘zlarining "ilm al tasavvuf", "ilm al-tayfa" faniga asos soldilar. So‘fizm tarafdorlari islom ta'limotini, amaliyotini, uning ogʻzaki maʼnosini klassifikatsiya qilish bilan shugʻullandilar.
Tasavvuf taʼlimotining asosiy obʼekti inson va uning Ollohga bo‘lgan munosabati masalasidir.
So‘fizmda pir va shogird (murshid va murid ) asosiy oʻrinni egallaydi. Tasavvuf taʼlimotida inson kamolotga erishishining 4 bosqichdan iborat ekanligi korsatiladi. Uning birinchi bosqichi shariat bolib tasavvuf ahli shariatning barcha talablariga bo‘ysunishi kerak. Keyin ikkinchi bosqich tariqatga ko‘tariladi. Bu bosqichda muridlar o‘z pirlariga...
156.to‘la itoat etishlari, shaxsiy istaklaridan, moddiy dunyo lazzatlaridan voz kechishi lozim. Uchinchi bosqich ma'rifat bo‘lib bunda so‘fiylar koinot bilan xudoning birligini e'tirof etishi, yaxshilik bilan yomonlikning nisbiyligini aql bilan anglashlari lozim. To'rtinchi haqiqat bosqichida esa so‘fiy shaxs sifatida tugab Ollohga yetishini, unga singib ketib abadiylikka erishishi tushuniladi, moddiy boylikka qiziqishini qoralab, haqiqiy boylik ma'naviy-ruhiy borliq deb tushuniladi.
Tasavvuf ahli bilishning falsafiy yo‘llarini his, tasavvur, mantiqiy tafakkur deb tushunadi. Ularning fikricha aqliy-xissiy bilish zoxiriy-dunyoviy bilishga kifoya qiladi. Ilohiyotni anglash uchun aqlning o'zi ojiz. Ilohiyot ilmi aqlga sig'maydigan, aql o‘lchovchilaridan baland turadigan ilmdir deb tushunadilar.
So‘fiylar fikricha ma'rifat ilmi botiniy ilm deb yuritiladi. Dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo'shib "zoxiriy ilmlar" deb aytiladi. Ular zoxiriy bilimlar bilan Ollohni bilish qiyin, lekin dunyoni bilish Ollohni bilishdan boshlanadi, avliyolarga yuboriladigan ilmni laduniy ilm deyishadilar. Abu Yazid Bistoniy kalom ahliga qarab "siz o'z ilmlaringizni jonsiz narsalarda olasiz, biz esa abadiy tirik Zotdan olamiz" degan ekan. Abu Yazid jonsiz narsalar deb liddiy predmetlar ashyolarni tushunadi.Abul Al Arabiy inson bilimlarini aqliy bilimlar hol ilmi siru-asror ilmiga boladi. Aqliy hissiy bilimlar zohiriy fanlar bilan shug'ullanadigan kishilar ilmi bolsa, ilmu hol martabaga ko'tarilgan sufiylar ilmi, muqaddas ruhlar orqali keladigan shu‘la nur kurinishida qalbga kiradigan bilimni avliyolar ilmi deb hisoblaydi. Ayni paytda tasavvuf ahli bilim bosqichlarini ilmi yaqin, aynul yaqinga boʻladi
Hakim At Termiziy "Xatm al-avliyo" asarida birinchi boʻlib avliyolar haqidagi so‘fiylar tasavvurini ishlab chiqdi, avliyolarni paygʻambarlar bilan tenglashtiradi. Termiziyning bunday qarashlarini keyinroq Ibn Arobiy yanada rivojlantirdi.
Yassaviylik tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Binni Ali Yassaviy bo‘lib u qadimgi Yassa shahrida tug‘ilgan. Uning hayoti to‘g‘risida turli rivoyatlar
157.mavjud bo‘lib tadqiqotchilar bu sanani turlicha izohlaydilar.
Ahmad Yassaviy Yassida shahobiddin Isfijobiydan, Buxoroda Yusuf Xamadoniydan taʼlim oladi. U "Devoni hikmat" asari bilan islom olamida mashhurdir.
Yassaviylik tariqatining oʻziga xos xususiyatlari: murid doimo o‘z pirini ulug‘lab unga bo‘ysinishi; murid o‘z shayxining har har qanday imo-ishoralarini ustalik bilan o‘zlashtirib olishi; muridi o'z shayxining barcha soʻzlari ishlariga sodiq bo‘lib ularni so‘zsiz amalga oshirishi; murid oʻz pirining ishlarini chaqqonlik sitqidilik bilan bajarib pirini doimo rozi qilib yurishi; murid o'z so‘ziga sodiq va'dasiga vafodor bolib, piri oldida hech qanday shak-shubhaga o‘rin qoldirmasligi; murid o‘z pirining sir-asrorlaridan doimo ogoh boʻlib piriga nisbatan hech qanday shubhaga bormasligi; murid o‘z pirining mushkulini yengil qilishi, nasihatlarini bajo keltirishi; murid o‘z pirining dostiga-do‘st, dushmaniga-dushman Ollohi visoli uchun, piri uchun molu-jonini bag'ishlashga tayyor turishi lozimligini oʻz ichiga oladi.
Kubroviylik tariqati asoschisi Ahmad Ibn Umar Abul Janob Najmiddin Kubro(1145-1221) hisoblanadi. Najmiddin kubro 1145-yilda Xiva yaqinidagi Sayet qishlogʻida dunyoga kelgan. Kubro ulugʻlarning ulug‘i, eng kattasi demakdir. 1221-yili mo‘g‘ullarga qarshi kurashda xalqdan lashkar tuzib Urganchni himoya qilish paytida, 76 yoshida halok bolgan.
Najmiddin kubro Misrda Ro‘zbekxon Vazzon Al-misri, Tabrizlik Ismoil Kasiy qoʻlida tahsil oladi. Al-Misri uni oʻgʻlidek yaxshi tarbiyalaydi. Hatto qizini unga nikohlab berib o‘ziga kuyov qilib oladi. Tabrizda Imom Abu Mansur Hafda, Bobo Faraj, Ammor Yasirdan tasavvufga doir zohiriy, botiniy ilmlarni egallaydi. Kubro Xorazmga qaytib kelib xonaqoh quradi va shogirdlar tarbiyasiga katta eʼtibor beradi. Kubroviya yoki "zaxobiya" tariqatiga asos soladi. Kubroviylik hadis va shariatga asoslangan tariqatdir. Bu tariqatga solihlar orasida zikrak ovoz chiqarmasdan

158.(Xufiya) ijro qilish usuli joriy qilingan. Najmiddin Kubro Tasavvufning "o‘n asosiy qoidasi", "soliq haqida risola", "malomat qiluvchi malomatidan qoʻrquvchi oshiq", "guzallik boshlamalari","hayot bulogʻi","sunna va ezguliklar sharhi" kabi asarlarida tasavvuf taʼlimotini yanada rivojlantirdi. Najmiddin Kubro tasavvufning mashhur vakillari Majdiddin Bag‘dodiy, Sajduddin Xamaviy,Sayfiddin Bahorzay, Kamoliddin Roziy, Razidin Aliyn Lolo kabi shogirdlarni yetishtirdi. Kubroviylik tariqatining boshqa yurtlarga tarqalishida uning shogirdlari katta hissa qo‘shdilar. Ingliz tasavvufshunosi J.S. Triminnining fikricha kubroviylikda quyidagi shaxobchalar (kichik tariqatlar) ajralib chiqqan.


1. Firdavsiylik tariqati- Sayfiddin Sa‘id al-Buxoriy asoschisi bo‘lib, Hindistonda keng tarqalgan.
2. Norinlik tariqati-Nuriddin Abdurahmon al-Isfaroniy bog‘dodda asos solgan.
3. Rukniylik tariqati---Rukiniddin Abdul Ahmadibn Sharofiddin Xurosonda asos solgan.
4. Xomadoniylik tariqati---Sayid Ali bin Shahobiddin bin Muhammad al-Xomadoniy asos solib Kashmirda tarqatgan.
5. Igtishoshiylik tariqati---is'hoq al-Xuttoloniy tomonidan mashxad, Sherzod asos solingan.
6. Nurbaxshiylik tariqati--- Muhammad bin Abdulla Nurbaxsh Xurosonda asoslangan.
7. Ne‘matullohiylik tariqati--- Ne‘matullo Vali (1330-1431) asoslangan. U fors, arab tilida 544 asar yaratgan. Eronda, ayrim G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida, AQSH da bu tariqat tarqalgan. Bu tariqatning xozirgi shayxi doktor Nurbaxsh bo‘lib, u xozir Londonda yashaydi.
Markaziy Osiyo va butun islom olamiga keng tarqalgan tariqatlardan biri naqshbandiylik tariqatidir. Naqshbandiylik tariqatining asoschisi Muhammad Ibn Muhammad Jaloliddin bo'ldi. Buzrug..
159.(Ulug‘ xoja) Shohi Naqshband Bahouddin nomlari bilan G‘arb-u Sharqda mashhur. Lekin naqshbandiylik tariqati Yusuf Xomadoniy, Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy (1103-1179) Xoja Orif Mohitobon Regariy, Xoja Mahmud Anjir fag‘naviy XII-XIII asrlar Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi, Hoja Said Mir Kulol(1188-1372) va boshqalarning ta‘limotlari g'oyalari ta'sirida shakllangan.
Bahouddin Naqshband 1318-yili Buxoro yaqinidagi Kasri Hindovon qishlog‘ida tug'ilgan. Keyinroq bu qishloq Kasridan Orifonga aylangan.Yosh Bahouddin Mir Kulol, Boboiy Samosiy, Hoja Orif, Qusam Shayx, Halim otalardan ta‘lim olgan. Naqshband "Hayotnoma" , "Dalilul oshiqin" nomli asarlarning muallifidir. Oddiy hunarmand va dehqon, ziroatkor Bahouddin Naqshband asos solgan Naqshbandiya ta‘limoti xalq ommasi diliga osonlik bilan yo‘l topa oldi,chunki u haqiqatdan oddiy xalq, kosib, hunarmand, shaxarlik va ko'chmanchilar manfaatini himoya qiluvchi ta‘limot edi. Bahouddin Naqshband halol mehnat bilan kun kechirish, ozga qanoat qilish, mol dunyo, boylik va birovlar hisobiga barpo etilgan dabdabali hayotdan voz kechishga targ'ib qildi. Naqshband "dil bayoru-dasbakort " shiori bilan insonga hayotni, yashashni unutmaslik, tirikchilik g‘amini yeyish,buning uchun mehnat qilish zarurligini targ‘ib qildi lekin xarom taomlik, birovlar hisobiga yashash, tovlamachilik, riyokorlik, kazzoblik kabi salbiy illatlarni qattiq qoraladi.
Bahouddin Naqshband komil ruhli va o‘zi pok fe'l atvoriga barcha yomonlik illatlardan forig‘ bo'lgan inson sifatida xalq mehri muhabbatiga sazovor bo'ldi. U el yurt e'tiboriga moyil shunday ishni qildi-ki, natijada oddiy xalq ishonchini qozondi. Ana shu xalq uni ezozladi. Avliyo darajasiga ko‘tardi. Rivoyat qilishlaricha Hirot shohlaridan biri xazrat Bahouddin sharaflariga ziyofat uyushtiradi. Lekin shoh ziyofatiga qatnashgan bahouddin dasturxonda xatto non ushog‘ini olib og‘izlariga solmaydilar. Buning sababini so'raganda" janoblarining kasbi ne"- deydilar. Shoh hayron bo‘lib "hazrat men shahanshohman.

160.Kasbim shu"- deb javob berganda Xoja Bahouddin "shohlik kasb emas, Dovud Alayhissalom Temirchilik qilib kun ko'rgan, sizning dasturxoningizdagi noz- ne'matlar peshona teri bilan topulganda edi, halol hisoblanardi. Uzr bizga bu dasturxonda ovqat tasavvuf qilmoq joiz emas" deb shoh ziyofatidan chiqib ketganlar.


Naqshband ta‘limotida yuqorida qayd qilganimizdek halol yashashga katta e‘tibor berilgan. Shuning uchun ham uning o‘zi bir parcha yerga ekin ekib, dehqonchilik bilan tirikchilik qilgan. Shunday qilib so‘fizm tasavvuf ta‘limoti birinchidan Ollohga chuqur e'tiqod qilishni o‘z ichiga olib qolmas ekan balki dinning pokligi, ozodligi uchun ham harakat qilgan. Ikkinchidan so‘fizmda tarkidunyochilik dunyo lazzatlaridan voz kechish uning birinchi bosqichlarida targ'ib qilingan. Uchinchidan tasavvufning shakllanib borishi jarayonida Solihning, musulmonning o‘z tirikchiligi uchun mehnat qilishi zarur, shart hisoblangan. To'rtinchidan tasavvuf ayniqsa, Naqshbandiya barcha xalqlarni tinch totuv yashashga chaqirgan. Ma'lumki hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri qadryatlar masalasidir. Bizning fikrimizcha qadriyatlar deb inson insoniyat tomonidan qadrlanadigan e‘zozlanadigan ulug‘lanadigan avloddan avlodga jamiyatdan jamiyatga o'tadigan narsa hodisa fikrg‘oya qarashlar munosabatlarning yig'indisiga aytiladi. Kishilik jamiyatida madanisylashgan hayot boshlangan davrlardan beri qadriyatlar masalasiga katta e‘tibor berilib kelinmoqda. Umuminsoniy qadriyatlarning rivojida har bir xalq, elat, millat, etnik guruh, din va boshqa ijtimoiy birlashma, birikmalari o‘ziga xos hissa qo'shib kelmoqda. Qadriyatlarga tuzilishiga ko'ra moddiy va ma'naviy qadriyatlarga bo'linadi. Xarakteriga ko'ra hududiy, mintaqaviy, guruhiy, milliy, demokratik, baynalminal, tarixiy, umuminsoniy qadriyatlarga bo'linsa, shakllariga ko'ra siyosiy, huquqiy, ahloqiy, falsafiy, estetik, diniy, ilmiy, daxriylik, ekologik, demografiya, iqtisodiy kabi qadriyatlarga bo'linadi.Qadriyatlar nafaqat o‘tmish, balki, kelajak uchun ham muhim qat'iyat egallaydigan ijtimoiy taraqqiyot uchun ijobiy ta'sir ko'rsatadigan insonlar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan g'oyalar, munosabatlardan iborat. Qadriyatlar aksiologiya(qadr qimmat haqidagi ma‘lumot) fanining ob'ekti bo‘lib, bu fanning o‘zi yaqin o'tmishda vujudga keldi. XX asrning 80-yillarining o‘rtalarigacha sobiq ittifoqda, jumladan, O'zbekistonda bu masalaga yetarli e‘tibor berilmadi. Faqat o'tgan asrning 80-yillarining oxiri 90-yillarining boshida bu muhim, dolzarb masalani o'rganish, tadqiq qilish, qadriyatlaridan ta‘lim tarbiya jarayonida foydalanish, muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Ayniqsa milliy taraqqiyot va ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma'naviy, marifiy rivojlanishi yo'lidan borayotgan o‘zbek xalqi milliy ongning o'sib borayotganligi sababli xalqimizda o‘z o‘tmishiga qiziqish yanada kuchayib bormoqda. O‘z milliy madaniyatini qadrlash, o‘z tarixini ezozlash, o‘z ona yurtidan faxrlanishlarini, milliy o'zligini anglashning, o'zini o‘zi bilishning, o‘zini o‘zi anglashning muhim jihati hisoblanadi. Ma'naviy madaniyatga ma'naviyat sohasiga bunday munosabatda bo'lish, shu o'lka, mintaqa dinlariga nisbatan bo'lgan qiziqishni ham oshiradi. Chunki taraqqiyotida ham shakllangan, rivojlangan madaniyatning, turmush tarzining ma'lum bir bo'lagini, muhim qismini tashkil qiladi.Asrlar davomida madaniyat, ma'naviyatiga dinning elementlari singib ketadi. Ma‘lum xalq milliy ruhiyatiga singib ketadi shu asnoda shaxsiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga siyosat madaniyat, manaviyat, oila, nikoh munosabatlari urf-odatlar hatto turmush tarzida ham singib ketadi. Yangi O'zbekiston uchinchi renessansni barpo etish davrida islom ilohiyotchilari, ulamolari, oddiy musulmonlar hayotida ham tub o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Ularning o'zlari ham qadriyatlar masalasida haqiqat tub xolisona munosabatlarni bildirmoqdalar. Ma'lumki islom dini Arabistondan tashqari boshqa yurtlarga, xalqlar o'rtasida tarqalgan davrda islom diniga mahalliy dinlarning ma‘lum sohayu tomonlari ham qo'shilib, qotgan edi. Islom aqidalarini to‘g‘ri kelmaydigan mana shunday xurofot bidatga xos holatlarni urf odatlarni hozirgi islom rasmiy ulamolari qattiq qoralamoqdalar. Ulardan holi bo'lish yo'llarini ko'rsatib bermoqdalar.

Bu ruhoniylar dindorlar hayoti faoliyatidagi g'oya foydali tadbir hisoblanadi. Ma'lumki o‘rta asrlarda islom mutaassiblari odamlarning nomoz-u ro‘zasini tekshirib yurgan bo'lsa, yurgandir. Nomozu ro‘za uchun yoki taqvodor bo'lganlik uchun qattiq jazo bo'lmagan. Imom Buxoriyning "Al-adab Al-mufrad" (adab durdonalari) asaridagi 287-hadisda shunday deyiladi:" Alloh taolo uchun dinlarning qaysi biri sevimliroq deb so'ralganda Rasululloh yaxshilik tomonga sozlangan va inson uchun yengil bo‘lgan dindir deydilar. Muhammad payg‘ambarning bu so'zlarini Qur'oni Karimning An'om surasi 161-oyati ham tasdiq etadi. Bu suraning mazkur oyatida Ibrohim Halilullohning dini ya'ni islom hammabop va ma'naviy va ma'naviy kamolot da'vat etganligi uchun maqtaladi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, ma'naviyati, ma'rifatining rivojlanishida islom taraqqiyoti, islom qadriyatlarining roli katta ijobiy ahamiyat kasb egallagan. Shuning uchun ham bir narsa hodisaga baho berayotganda bu jarayonning ahamiyati masalasiga bir tomonlama yo inkor etish yoki ijobiy baholash bilan emas, balki dialektik yondoshuvimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki har qanday din, xususan, islom ham jahon madaniyatning bir unsuri, qismi, bo'lagi ekanligini hech qachon unutmasligimiz maqsadga muvofiqdir. Qadryat masalasini tahlil qilayotganda shu narsani hech qachon unutmasligimiz kerakki yuqorida ta'riflangan qadriyatlarning turlari shakllari tabiiy diniy qadryatlar bilan va aksincha bog'lanib ketgan. Bazan o‘rinsiz bahslarda axloqshunos bu axloqiy qadryat dinga hech qanday aloqasi yo‘q degan fikr bildirsa, din yoki ruhoniy kishi bu faqat islomiy qadriyat degan fikr bildirib qoladi. Shuni yana bir karra qayd qilamizki diniy qadryatlar o‘z o'zidan milliy umuminsoniy axloqiy va boshqa qadriyatlarni o'zlashtirish jarayonida shakllanadi rivojlanadi. Ayni bir paytda shakllangan, rivojlangan ko'pchilikka ma'qul bo'lgan ko'p yurtlarga tarqalgan bunday diniy qadriyatlarning boshqa shakllari ham o‘z ta'sirini ko'rsatadi.



163.
Imom Buxoriy va Imom Termiziylarning hadislari to'plamlarida boshqa qator masalalar bilan bir qatorda odob, pand, nasihat, o‘gitlarga qattiq e‘tibor berilgan. Bu asarlar nafaqat islomiy qadryatlar, balki umuminsoniy qadryatlarga ham nihoyatda bordir. Hadislardagi da'vat pand-nasihatlarning xozirgi zamon bilan hamohang bo'lgani odamlarning do'stlik hamkorlikka chaqiradilar. Hadislarning birida "salomlashish yuringlar, odamlarga taom yediringlar, o'zaro birodar bo'linglar" deyilgan. Ularning yana birida mo‘minlar o'zaro do‘stlashishda , rahm shafqatida va mehr-oqibatida go'yoki bir tananing a'zolaridir. Uning biror a'zosi og'risa, unga qo'shilib qolgan a‘zolar ham bedorlik va hayrat bilan alam chekadi" deyilgan.Hadislarda ilohiy qadriyatlardan hayriya, sahovat, muruvvat, shafqat, hayr-u sadaqa kabi qadriyatlarga ham katta e‘tibor berilgan. Hadislardan birida "sadaqa va hayru ehson qilish yo'li bilan rizqu nasibalaringizga baraka tilanglar" deyilsa, yana birida "tangri g‘am tashvishli odamlarga yordam beradigan lari do‘at tutadi deb ta'kidlanadi.
Sir emaski bunday xayriya ishlarida xuddi Hadislarda aytilganidek xayriya ishlarida respublikamizdagi hozirgi nufuzli ruhoniylar beminnat bosh qoʻshmoqdalar. Ayniqsa bunday tadbirlar nogiron boʻlib qolganlarga, koʻp vaqt kasalmand bolib, mehnat qobiliyatini yuqotganlarga, qaramog'ida hech kimi boʻlmagan, keksayib qolgan fuqarolarga, tugma nogiron kishilarga va boshqalarga nisbatan ko‘proq amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar qadriyatlar tufayli qator vatandoshlarimizning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat, sog'ligiga sog'lik, kayfiyatiga yaxshi kayfiyat qoʻshmoqda. Bozor Iqtisodiyotiga oʻtish davrida qiymavjudinchiliklarni yengib chiqishga yordam bermoqda
164.
Maʼlumki, har bir hodisa narsaning qarama-qarshi boʻlganidek, kishilar axloqida yaxshi fazilatlar boʻlgani kabi maʼlum kishilar xatti-harakatida salbiy xislatlar ham uchrab turadi. jumladan, bekorchilik, bezorilik, ichkilikbozlik, xudbinlik, hasad, xasislik, gʻarazgoʻylik, qorqoqlik, juratsizlik, shuhratparastlik, takabburlik, maqtanchoqlik, yovuzlik, zolim lik, chaqimchilik, bosqinchilik, ogʻirlik, odamning joniga suiqasd qilish, poraxorlik, koʻzboʻyamachilik, aldash, tuhmat, ig‘vo, surbetlik, behayolik shattalik, nopoklik, bitga chopar lik, riyokorlik, uyatsizlik kabi insoniylikka zid boʻlgan illatlarni ham din ,xususan, islom ham, hur fikrlik ham keskin qoralaydi. Xususan Quro'n, shariatda ham bunday salbiy xislatlar keskin fosh etiladi, odamlarning yaxshilikka, go‘zallikka, axloqiy kamolotga nisbatan tabiiy intilishi, kishilar axloqidagi yomon salbiy nopok xususiyatlarga qarshi kurashda, ularni bartaraf etishda, kelajakda ularni barkamol inson qilib tarbiyalashda qoʻl keladi. Shuning uchun ham birinchi prezidentimiz Islom Abdu‘aniyevich Karimov biron-bir jamiyat maʼnaviy imkoniyatlarini odamlar ongida maʼnaviy va axloqiy oyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib oʻz istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Oʻzbekiston mustaqilligi sharoitida erishilgan yutuqlardan biri diniy qadriyatlariga munosabatlarining tubdan uzgargan hisoblanadi. Ayniqsa Ro‘za hayiti, Qurbon hayitining birinchi kunlar dam olish kuni deb eʼlon qilingani hisoblanadi. Ulug‘ yurtdoshlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband kabi mashhur muhaddis, dong‘i ketgan tasavvuf vakillarining yubeleylarini oʻtkazilishi xalqimizning oʻtmish tarixi qadriyatlariga boʻlgan munosabatlarida tub burilish yasadi. Ular markaziy osiyoda siyosiy aql-idrok bilan maʼnaviy jasoratni diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni oʻzida mujassam etgan buyuk arboblar ekanligini unutmasligimiz kerak.
Har bir inson oʻz milliy qadr-qimmatini bilishi insonni vijdonsizlik xudbinlik hijolat chekishdan saqlaydi. Oʻzini boshqalar taxqirlashga, kamsitishga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli bolsa kerak oʻz qadr-qimmatini, izzat-nafsini hurmat qiladigan inson, o‘zgalarni kamsitmaydi, taxqirlamaydi, xo‘rlamaydi. U hech qachon xoh xizmat joyida, xoh ko‘cha kuyida, oilada, toʻy-hashamlarda, pastkashlik qilmaydi. Yaramas kirdikorlardan o‘zini tiyadi. O‘zini hammaga vazmin tutadi, boshqalar kayfiyatini buzmaydi, asabini taranglashtirmaydi. Barkamol insonlarni tarbiyalash jarayoniga oʻz ulushini qoʻshadi. Bu esa yangi ozbekistonda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy-mafkuraviy, jismoniy, estetik tarbiya ishining bosh masalasidir
Shunday qilib qadriyatlar juda ko‘p to‘siqlarni oʻz boshidan kechirgan bo‘lib, hayotda chin maʼnoda sinovdan oʻtgan hodisadir.
Xullas mamlakatimiz taraqqiyotida islom dini va mafkurasining XIV asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, Markaziy Osiyo xususan O‘zbekiston taraqqiyoti bilan rivojlanib hozirgi bosqichga yetib keldi. Yangi O‘zbekiston, uchinchi renessansni amalga oshirish, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlar safidan oʻrin olishiga olib keladi
Adolatli jamiyat fozillar haqidagi milliy gʻoyalar
Insoniyat taraqqiyotining har bir davrida odamlar koʻplab shakllar va mazmunan xilma-xil hayol-tasavvurni bayon etishiga harakat qiladilar. Shunday orzu-niyat tassavvurlardan biri inson hayotining kechaga nisbatan bugun, bugundan ertaga, yaxshidan yaxshiroq erishishni tasavvur qilishdir. Bunday ezgu-niyatlarga g'oyalarga erishish tasavvuri ayniqsa VIII-XII asrlarda sodir bolgan renessans uygʻonish davrida mamlakatimiz hududiga kuchaydi. Maʼlumki VIII asrga kelib Markaziy Osiyoni arablar istilo qildilar va ular oʻzlari bilan yangi din islomni olib keldilar hamda bosib olingan xalqlar orasida turli yoʻllar bilan bu dinni tarqata boshladilar. Bu davrda markaziy osiyo qadimgi So‘g‘d, Xorazm Fargʻona, Ustrushona, Chagʻaniyon kabi oʻlkalardan iborat bo‘lib g‘arb bilan sharq mamlakatlarini bog‘lovchi ipak yoʻli markazida joylashgan va madaniy jihatdan ancha rivojlangan mintaqani tashkil etar edi. VIII asr oxirlarida xalifat Atlantik okeanidan tianshangacha, Kavkazdan Hind okeanigacha boʻlgan ulkan hududlarni oʻziga boʻysundirdi. Ular bosqinchilik siyosatini yuritish bilan birga qadimgi madaniyat, dinlar, yozuvlar, bilimdonlarga qarshi ham keskin kurashni avj oldirdilar. Islom orqali bu yerlarga arab tili va yozuvi ham tarqaldi. qadimgi yozuvlar xorazm, so‘g‘d, turkiy yozuvlari yo‘qotilib, ularning himoyachilari jazolandi.
Arab bosqinchilariga qarshi Mahmud Tarobiy, Abumuslim, Muqanna, Hamza al-Horij, Rofi ibn Lays, boshchiligida qator xalq qoʻzgʻolonlari bolib o‘tdi. Bu qo‘zg‘olonlar ayrim hollarda diniy tus oldi. VIII asr oxirlariga kelib Markaziy Osiyoda Arab Xalifaligining hukmronligi va islom dini uzil-kesil oʻrnatilib mustamlakaga aylantirildi. arab tili musulmon sharqida xususan markaziy osiyoda fors va turkiy tillarni chetlab oʻtib umumiydan va ilm-fan tiliga aylanib turli xalqlar madaniyatining oʻzaro aloqasiga katta taʼsir qildi. VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalikning markazi bagʻdodda ilm-fan rivojlandi qadimgi yunon olimlari Platon( Aflotun) Aristotel(Arastu), Sokrat(Suqrot), Gippokrat(Buqrot), Galen, Evklid( Iqlidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima etildi. Nasroniy va islom olimlari oʻrtasida hukmronlik ishlari amalga oshirildi. Xalifa xorun ar-rashid vafotidan (813 yil) so'ng uning oʻgʻli al-maʼmun xalifa etib tayinlandi. U ilm-fan madaniyatga qiziqqan odam bolib barcha musulmon oʻlkalaridan chiqqan Muso al-Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Marvaziy, Marvarudiy, Javhariy kabilarni 819-yili bogʻdoddagi ilmiy markazga( baytul hikma( donishmandlar uyi)ga) olib keldi.
Markaziy Osiyoda ,xususan, O'zbekiston hududida qadimgi davri madaniyati maʼnaviyati jumladan axloq, ma‘rifat, ta‘lim-tarbiya haqidagi fikrlar xalq ogzaki adabiyotida, folklorda, turk xalq anʼanalarida o‘z aksini topdi. Go‘ro‘gli, Alpomish, Rustam haqidagi dostonlarda xalqimizning qadimgi urf-odatlari, ruhiyati, hush odoblarining ifodasini uchratish mumkin. Bunday maʼlumotlar qadimgi so‘g'd, xorazm, turkiy yozuvlar namunalarida saqlanib qolgan manbalarda ham uchraydi. Arab xalifaligining ta'siri susayishi natijasida tohiriylar va sosoniylarning nufuzi kuchaya bordi. IXasrning oxiriga kelib Markaziy Osiyo mustaqillikka erishdi. Keyin esa sosoniylar, xorazmshohlar, gʻaznaviylar, saljuqiylar, qoraxoniylar davlatlari faollik korsatdi. Bu davrda islom tasavvuf-i markaziy osiyoda keng rivojlandi uning rivojlanishiga Al-Hakim at-Termiziy, Yusuf Xomadoniyning( 1048- 1148) Xoja Ahmad Yassaviy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro va boshqalar katta hissa qoshdilar.
Qadimgi arab fors tilidagi manbalar bu davrda yashab ijod etgan ko‘plab olimu fuzalolar, qomusiy bilim egalari, badiiy so‘z ustalari haqida Masaxiy, Xasan al-Xosib Bayhaqiy, Isxoq al Buxoriy, Daqiqiy as Suxayliy, ol-Adoliy, Ahmad al-Axsikotiy, Saolibiyal Muzaffar as-naysaburiy, Rashididdin Zakariya al-Farobiy shular jumlasidandir.
VIII-XIII asrlarda hunarmandchilik, savdo sotiq savdo yo‘llari, dehqonchilik, qurilish ishlari avj olganligi, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Termiz, Xiva, Shosh, Biskent, Axsikent, Farg'ona, Quva, Marg‘inon, O‘sh, O‘zkand, Ustrushona, Xavokand, Xo‘jand, Marv kabi qator rivoj topgan shaharlar, ulardagi me'yoriy yodgorliklar, bozorlar obodonchiligi haqida muhim ma'lumotlar keltiriladi.
Markaziy Osiyo uygʻonish davrining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
‐-----koinotning vujudga kelishi bosqichlari, odamning tuzilishi, modda va ruhning xususiyatlari kabi umumiy ilmiy masalalarga qiziqish
------Insonni, koinotni yaratguvchining eng oliy mahsuli deb baholash, avvalo ilm inson aqli tafakkurini ulug‘lash unga ishonch bildirish, tartib tashviq etish, ularni yaratguvchining eng ulug‘ va yuksak ijodi deb baholash ma'rifat tarqatish, jamiyat, jamoani yaxshilikka eltish, insonni muhim vazifasi deb bilish
------Axloq, odob , muomalani inson tarbiyasining asosiy maqsadlaridan deb bilish. Insonning adolat, yuksalish, maʼnaviyatga intilishga yo‘l ochish, imkoniyat yaratish. Aqlda, axloqda, maʼnaviyatdan yetuk bolish, komil insonni yaratish, insonparvarlik, vatanparvarlik, odamlarga xizmat qilish, insonlar orasidagi dustlik, oʻzaro yordam, ko‘maklashuvga chaqirish bu davr madaniyatining yetakchi jihatlaridandir.
----- komil inson rivojlangan davlatchilik da shakllanadi. Bunday davlatchilik esa aql va ilmga oʻzaro kelishuv, birlikka ega bolish natijasida amalga oshiriladi. Mustahkam davlatchilik turli ilm-fan tarmoqlarining rivojini taʼminlaydi.
----- mustahkam davlatchilik fozil jamoani vujudga keltira oladi- bu davlat, jamoaga rahbarlik, hakamlik qilayotgan shaxsning maʼrifatli, ilmli, axloqli boʻlish, jamoani kelishib boshqara olishiga bogliqdir. Manfaatli shoh jamoa yaratish davlatchilikni mustahkamlash bu davr ijtimoiy taʼlimotining muhim hislatidir
Bu davr falsafiy mafkuraviy gʻoyalaridan biri adolat masalasi edi. Adolat( arabcha- "adolat", odillik, toʻgʻrilik) axloq va huquqning meʼyoriy kategoriyalaridan biri bolib, ijtimoiy voqelik inson mohiyatiga va huquqlariga mos yoki mos emasligini ajratishda mezon boʻlib xizmat qiladi.
Adolat tushunchasi o‘tmish tarixiy davrlarda turlicha talqin qilingan. Hukmdorlar manfaatiga mos tartiblarni axloqiy va huquqiy meʼyorlar yordamida yoqlab ularni adolatli deb taʼriflaganlar. Mazlumlar esa ularning yangi monand adolatli munosabatlar bilan adolatli munosabatlar bilan almashtirishni talab qilganlar. shu sababli jamiyatda hamma vaqt nima adolatli va nima adolatsiz degan masala atrofida mubohasa mavjud boʻlgan. Bu muammo hodisa va jarayonining jamiyat rivojlanishiga insoniyat taraqqiyotiga, insonparvarlik va demokratik qoidalarga hamnafasligi bilan belgilanadi. Shu maʼnoda umuminsoniy adolat sinfiy, milliy, guruhiy davlatlardan yuksak turadi.
jamiyatning shaxsga, shaxsning jamiyatga va har bir shaxsning ikkinchi shaxsga munosabatida namoyon boladigan adolat ana shu munosabatlarni baholash mezonidir. bu baholash iqtisodiy, siyosiy, huquqiy yoki axloqiy boʻlishi mumkin va hayotning sohalarida yuz beradigan ijtimoiy munosabatlarda qo‘llaniladi. Adolat insoniyat manaviy qadriyatlarining oliy koʻrinishi bo‘lib baxt, ozodlik, tenglik, tushunchalari kabi inson erkin irodasini o‘zida ifoda etadi
O‘zbekiston istiqlol tufayli oʻzining mustaqil taraqqiyot yoʻlidan borayotgan jamiyatimiz kun-sayin demokratlashib , davlat, jamiyat va shaxs munosabatlari tobora koʻproq adolat tamoyillariga asoslarmoqda. inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar va muassasalar vujudga kelishi inson manfaatlariga etibor jahon huquqiy andozalari va milliy urf-odatlarning uyg‘unligida shakllanib borayotganligi mustaqil uzbekistonda adolat talab va qoidalari tantana qilib borayotganligining belgisidir." biz shunchaki demokratik davlat emas degan edi Islom Abduganiyevich Karimov,--- balki adolatparvar demokratik davlat qurishga intilyapmiz" Adolatga intilish- xalqimiz ruhiy dunyosidagi eng muhim xususiyatdir. adolatparvarlik gʻoyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy koʻmaklashish mexanizmida oʻz aksini topishi mumkin.
Xalqimizning bobokaloni Amir Temur aytganidek kuch adolatdadir. adolat qonun qoidalariga suyangan davlat va jamiyat kuchli bo‘lishi muqarrarligi to‘g‘risidagi sharqona qarashlar bugungi yangi O‘zbekiston siyosatining muhim asoslaridan birini tashkil etadi. Inson Huquqlari Haqida Umumjahon Deklaratsiyasi tamoyillariga javob beradi chunki a) demokratik umuminsoniy tamoyillarga suyanadi, b) insonning daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, d) demokratik huquqlar va erkinliklar konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, e) barchaning qonun oldida tengligi tamoyili taʼminlanadi.
Adolat barchaning qonun oldida tengligi va qonunning barchaga teng tegishliligidir.
Uygʻonish davri fanining rivojlanishiga Muso Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqa koʻplab mutafakkirlar nafaqat mintaqa balki faʼniga ham katta hissa qoʻshdilar.
Uygʻonish davri mutafakkirlarining bu sohadagi xizmatlarining quyidagicha oʻziga xos xususiyatlari mavjud:
1. Uygonish davri mutafakkirlarining eng ulugʻ fazilatlaridan biri hamma sohada ezguliklari, til bilishga tengsiz ekanliklari, ona tillaridan tashqari qanchadan qancha xorijiy tillarni ham bemalol bilib olib, ijod qilganliklari dir.4-5 va hatto undan ham koʻplab tillarni gaplashmagan bitta ham mutafakkir bo‘lmagan desa buladi.
2. Buyuk mutafakkirlarga qomusiylik- universalik xosdir. Ilm fan va madaniyatda ular shug‘ullangan sohalarni sanab chiqishdan ko‘ra shug‘ullanmagan jihatlarni sanab aniq aytib berish osonroqdir.
3. ular ilm-fanning qaysi masalasi bilan shugʻullanishgan bulsalar, usha sohada buyuk kashfiyotlar

171. qilishdi, o‘tmishdoshlaridan hech bir alloma zabt eta olmagan fanning nurafshon choʻqqilarni zabt eta oldilar. Mutafakkirlarning aksariyati fan va madaniyatga yangicha yo‘nalishlarni, yangicha tafakkur uslubini ixtiro qilishdilar


4. qomusiy aql egalarining deyarli hammasi ayni paytning oʻzida ham ilmiy-ijodiy faoliyatda ham amaliyotda ishtirok etishdi, qaynoq hayot markazida bolishdi, so‘zni ish bilan bogʻlab borishdi, hardoyim xalq bilan hamnafas boʻlishdi.
5. insonni uluglash, uning aqliy, tabiiy, badiiy, maʼnaviy fazilatlarini asoslash, haq-huquqlarini himoya qilish, komil insonni tarbiyalash, ya‘ni insonparvarlikni himoya qilish gʻoyalari uyg‘onish davri mutafakkirlari ilmiy ijodi va faoliyat mafkuraviy taʼlimotlaridan ustuvorlik qilganlar
6. Uygʻonish davri mutafakkirlarining ilmiy talimotlari fanda qilgan kashfiyotlari ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga egadir. Boshqacha aytganda, ularning asarlarida ilmiy asoslab berilgan taʼlimotlar, hozirgi davrda insoniyat istiqboli uchun ham juda muhim va zarurdir.
7. buyuk mutafakkirlar uchun, ayniqsa ibratli boʻlgan xususiyat- maʼnaviy hislat va fazilatlarning gʻoyat darajada chuqur va mukammalligidir. Ularning buyuk insonparvar va vatanparvarligi, ilmga, bashariyatga mehr muhabbatlari , adolatparvarliklari, ezgu maqsadlar yoʻlida xizmat qilishni hayotlarining mazmuni, bosh maqsadi deb bilganliklari- butun insoniyat, hozirgi va kelgusi avlodlar uchun eng katta saboq, taʼlim-tarbiya maktabidir.
8. Arab xalifaligi markazi qayta tashkil etilgan baytul hikmada faoliyat koʻrsatgan yurtimizning ajdodlari, donishmandlar asosan ilmiy ish tadqiqotlar olib borish, bebaho asarlar yozish bilan bir qatorda suryoniy, qibtiy, sanskrit, yunon, lotin va boshqa qadimiy tillarda yozilgan noyob asarlarini arabchaga tarjima ham qilganlar. Tarjima qilinib, nashr etilgan asarlar islom sivilizatsiyasiga qoʻshilgan buyuk hissa bo‘lish bilan bir qatorda yevropada keyinchalik roʻy bergan keskin madaniyat
172
Yuksalishga- uyg`onishga ham zamin bo`lib xizmat qilgan. IX-XII asrlardagi Markaziy Osiyo xususan Oʻzbekiston sivilizatsiyasining Yevropa uyg`onishiga asos boʻlganligini ana shu misoldan ham bilsa boʻladi. IX-XII asrlarda Sharqda Turoni Turkistonda ilk bor roʻy bergan uyg‘onish oʻzining mazmun mohiyati, oqibatlari va jahon ilm-fani madaniyati taraqqiyotiga koʻrsatgan ijobiy taʼsiriga ko‘ra umumbashariy ahamiyatga egadir. Bu haqida akademik M.M. Xayrullayev shunday deydi: IX-XII asrlarga kelib ilmiy madaniy yuksalish bog‘doddan Movarounnahr, Xuroson yerlariga ko‘chdi, bu davr turli ilm adabiyot sohasida buyuk siymolarini yetishtirdi. Bu madaniy to‘lqin Movarounnahrni butun islom dunyosida ilmiy madaniy markaz sifatida nom qozonishiga olib keldi. Bu davrni markaziy osiyo uygʻonish davri- renessansi deb, aniqrogʻi bu renessans ning ilk davrida atamoq mumkin. Bu davr madaniyat yutuqlari gʻarbiy yevropa mamlakatlari madaniyati rivojiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatdi. U yerga XV-XVI asr renessansi madaniy yuksalishida muhim omillardan biri boldi ¹
Uygʻonish davrining buyuk allomalari dan biri Abu Nasr Farobiy( 773- 850). Uning "Falsafani oʻrganishdan avval nimani bilish kerakligi haqida kitob", " Falsafiy savollar va ularga javoblar", " Mantiqqa kirish",
"Sheʼr sanʼati"," Ilmlarning kelib chiqishi to'g'risida"," Musiqa haqida soʻz", ‘’Masalalar bulogʻi"," Aql to`g`risida"," Inson aʼzolari togrisida risola"," Baxt saodatga erishuv haqida"," Tinch turmush haqida kitob"," Ritorika haqida kitob", ‘’Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida soʻz", ‘’Substansiya haqida so‘z"," Yoshlarning aqlli haqida kitob"," Kattalarning aqlli haqida soʻz"," Qonunlar haqida kitob"," Davlat haqida"," Fozil shahar odamlari ishlari", kabi va boshqa 160 dan ortiq qimmatli asarlar yozgan. Farobiy yozgan asarlar o`rta asr ilmining barcha sohalari- odob-axloq, siyosat, psixologiya, tarix Tabiatshunoslik, musiqani organish, davlatning kelib chiqishi, til, falsafa, sheriyat, notiqlik sanʼati, xattotlik falsafa va tabiiy fanlarning oʻzaro munosabati falsafaning umumiy masalalari qonuniyatlari va turli kategoriyalarni oʻz ichiga qamrab oladi. Shuning uchun ham uning asarlari ni oʻz davrining koʻzgusi qomusi deyish mumkin.
Forobiy oʻrta asr mutafakkirlari dan birinchi boʻlib jamiyat taraqqiyotida ilm-fan madaniyat, maʼnaviyat, taʼlim-tarbiyaning ahamiyati haqida yaxlit falsafiy tizimlarni ishlab chiqdi. Bu masalalarni oʻz asarlarida chuqur ilmiy asoslab berdi.
Forobiyning falsafiy taʼlimotida inson va uning aql-idroki singari masalalar turganligi eʼtiborga sazovordir. Uningcha inson oʻzining aql-idroki qobiliyati isteʼdodi tafakkuri yordami bilan tabiatni borliqni, materiyani, ijtimoiy hodisa va jarayonlar mohiyati va maʼnosini biladi. Shuning natijasida inson ulug` baxtga erishadi.
Buyuk vatandoshimizning yana bir xizmati odamlar davlatlar hokimi hukmdorlarning o`zaro do`st inoq hamjihat qon-qardosh bo`lib hayot kechirishga, birini ikkinchisiga muruvvat qoʻlini uzatishga, mehr-oqibat kursatishga daʼvat etganligi dir.
farobiy fozil odamlar shahri kitobida inson insonsiz yashay olmaydi, faoliyat koʻrsata olmaydi, yaxshi kunlarda ham musibatli paytlarda ham odam odamga g`animat, degan ulkan falsafiy umumbashariy gʻoyani ilgari surdi. Forobiyning eʼtiqodicha dunyoda hech kim o`z kindigini o`zi kesmagan va kesa olmaydi, shuningdek boshqalardan ajralib tanholikda yashay olmaydi ham, oliy darajadagi yetuklikka ham erisha olmaydi. Maʼnaviy, aqliy, axloqiy kamolotga erishmoq uchun deydi Farobiy insonlar jamoasiga ehtiyoj tug`iladi, bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi.
Farobiy baxt saodatga erishuv haqida risolasida har bir insonning tugʻma tabiatida, va unga lozim boʻlgan har qanday ish harakat jarayonida boshqa bir inson yoki koʻpchilik bilan munosabatda bo`lish, o`zaro aloqa qilish xissiyoti bor odam jinsidan boʻlgan har qanday insonning ahvoli shu, har qanday kamolotga erishuvida boshqalarning koʻmaklashuviga va ular bilan birlashishga muhtoj yoki majburdir deydi.
Farobiy baxt-saodatga erishish maqsadida o`zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Barcha xalqlar bir-birlariga yordam bersalar, butun yer yuzi fazilatli boʻladi deb bashorat qiladi. Bir inson oʻz tabiati bilan shunday tug`ilganki yashash, oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko`p narsalarga muhtoj bo`ladi, bir o`zi bunday narsalarni qo`lga kirita olmaydi. Ularga ega bolish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi¹
Bilimlar manfaatiga boʻlgan ehtiyoj hayotda roʻy berayotgan voqea hodisa va jarayonlar mohiyatini, obyektiv qonuniyatini oliy tushunish bilan bog`liq bo`lgan maʼnaviyatdir. Farobiy fikricha ilm-fan yordamida maʼnaviy barkamollik darajasiga koʻtarilishi mumkin.
farobiy ilm hikmatni egallash haqida shunday degan edi: kimki hikmat ilmiga kirishmoqchi bo`lsa avvalo yosh bo`lishi, yaxshi mijozlik, har tomonlama odob ilmini oʻrgangan odam boʻlishi kerak. Avvalo unday kishi Qurʼonn,i til va qonunshunoslik ilmini egallashi kerak. Bunday kishi odamlarga mehribon, pokiza toʻgʻriso`z boʻlishi, fisqu-fujur, gina, xiyonat, makr-hiyladan xoli boʻlishi kerak. Hikmat ilmiga kirishmoqchi bo‘lgan kishi ilm va ilm sohiblarini hurmatlaydigan bo`lishi kerak. Bunday kishining nazarida ilm va ilm ahli boshqa har qanday narsadan ustun bo`lmoqligi kerak. Kimki shuni teskarisini qilar ekan unday odam sohta hakim va g‘irt koʻzbuyamachi bo‘ladi.
Soxta pul pul hisoblanmagandek yolg`on so`z ham hech qachon rost soʻz oʻrnida o`tmaydi.
Bordiyu axloqi biz hozir aytgan gaplariga teskari boʻlgan kishilar topilguday bo`lsa, bundaylar hech qachon hokimlar jumlasiga kirmaydilar.
Daraxtning kamolga yetgani mevasidan bilinganidek, baxt-saodat yaxshi xulqlar bilan mukammal boʻladi.
Kimki o`zini oʻz darajasidan yuqori qo`ysa undan kishi uchun kamolot yo`li to`siladi.
Farobiy odob-axloqni bilim, aql-idrok bilan uzviy aloqadorlikda tadqiq etadi. Axloq va odob boʻlmasa, bilim-marifat demak sersamar amaliy faoliyat ham bo`lmaydi. lmlik kishilarda axloq va odob ham mumtoz bo`ladi. Ular mushtarakligi asosida kishida vijdon, etiqot, axloq ,iymon ,sharm-hayo, oriyat, subut, samimiylik singari maʼnaviyat kategoriyalari shakllana boshlaydi.
Oʻzida axloq va odobni, marifatni, aqlini omuxta etgan kishi maʼnaviy barkamol insondir degan gʻoya Forobiyning jamiyat va axloq maʼnaviyat va maʼrifatga bevosita daxldor asarlari mazmuniga singib ketgan insoniy munosabatlarning hammasini oʻzida jo qilgan, yani aql-idroki zexni oʻtkir, axloqi va odobi yuksak, bilimi chuqur, qalbi pok, istarasi issiq, suxani samimiy va yoqimli kamtarin soʻzi bilan ishi bir, va`dasiga vafodor kishilar aqlli komil baodob insonlardir. Aqlli deb shunday kishiga aytiladiki unda oʻtkir zehn, idrok boʻlishi bilan birga fazilat ham bo`lsin. Bunday kishi oʻzining butun qobiliyati va idrokini ishlarni amalga oshirishga yomon ishlardan oʻzini saqlashga va tortishga qaratgan bo`lmog`i lozim shunday odamnigina aqlli va to`g`ri fikr yurituvchi deb atash mumkin
Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki ular fazilatli, oʻtkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo`r isteʼdodga ega yomon ishlardan oʻzlarini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni oʻylab topish uchun idrokga ega boʻlganlarni aqlli deb boʻlmaydi, ularni ayyor aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim¹
Farobiy fikricha axloqli odam adolatli bo`lsin ammo qaysar bolmasin adolat oldida qaysarlik qilib o‘zbilarmonlikka berilmasin lekin har qanday adolatsizlik pastkashlik oldida lafzli bo`lsin, oʻzi zarur deb bilgan narsani amalga oshirishda qatʼiylik ko`rsatin, qoʻrqmas, jasur bo`lsin, qoʻrqish va ojizlikni bilmasin deydi.
Mutafakkir jamiyat boshida turganlar axloqi pok bilimdon, adolatparvar, insonparvar, elsevar, oqilu-dono komilu fozil boʻlsalar, oʻshandagina jamiyat tez taraqqiy etadi inson hayoti farovonlashadi degan gʻoyani ilgari suradi. Ana shu taʼlimot oʻz ichiga juda ko`plab oʻta muhim, dolzarb masala va muammolarni qamrab olgan.
Farobiy fozillar shahri hokimida bolishi lozim boʻlgan fazilatlar haqida oʻzining nazariy falsafiy fikrlarini bayon etib quyidagi oltita hislatni alohida taʼkidlaydi
Birinchi-donishmandlik
Ikkinchi- avvalgi imomlar o`rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvayi hofizaga ega boʻlish.
Uchinchi- avvalgi imomlar davridan biror yoki bir qancha sohaga taalluqli qonun qolmagan boʻlsa bunday qonuni oʻylab topish uchun ijod ixtiro qilish quvvatiga ega boʻlish.
Turtinchi-xozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida yuz beradigan avvalgi imomlar kutmagan voqealarni oldindan ko`ra bilish uchun bashoratgo‘ylik hislatiga ega bo`lish, bu xislat unga xalq farovonligini yaxshilash yo`lida kerak bo`ladi.
Beshinchi- avvalgi imomlar oʻrni qonunlarga xalq amal qilishi uchun soʻzlash notiqlik xislatiga ega bolishi
Oltinchi- ayrim hollarda harb ishlariga mohirona rahbarlik qilish uchun yetarli jismoniy quvvatiga ega boʻlish, ham jang qilishni ham sarkarda sifatida jangu jadalga rahbarlik qilish uchun ham harbiy sanʼatni yaxshi bilishi.
Farobiy fozillar shahri boshlig‘i qanday hislat fazilatlariga ega bolishi kerakligi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib har qanday odam ham shahar boshlig‘i boʻla olmaydi deb taʼkidlaydi.
Fozillar shahri hokimi ham jismoniy ha maʼnaviy jihatdan mukammal qobiliyatli har tomonlama yetuk boʻlishi bilan bir qatorda dono bolishi zarur. Donishmand bolmasa fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi deydi Farobiy.
Farobiy taʼlim tarbiya insonga hodisalaridan maqsad muddatlari yo`lida unumli foydalanish uchungina emas hayotda togri yol tanlashi qoqilmasligi bilimlarni yomonlik ortasidagi tafovudlarni bilib olishi iymon-eʼtiqodli sahovatli oqibatli muruvvatli bo`lishi uchun ham zarurdir deb taʼlim beradi. ‘’Ixsa al-udum’’ asarida aytilishicha inson yaxshi tarbiya ko`rmagan va turmushda tajriba orttirmagan bo`lsa u ko`p narsalarni nazarga ilmaydi va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga nooʻrin koʻrinadi. U bilim va tajribaga ega boʻlganidan soʻng fikri oʻzgaradi noo`rin bo`lib koʻrinadigan narsalar zaruriy boʻlib chiqadi, shunga ko`ra Farobiy avval yoshlarni tarbiyalab mehnat qilishni oʻrgatib kasb-hunarni bildirib keyin taʼlim berish lozim deb taʼkidlagan.
Har kimki ilm hikmatni desa uni yoshligidan boshlasin deydi Farobiy. Salomatligi yaxshi bolsin, yaxshi axloq va odobli bolsin, so`zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat, makr va hiyladan uzoq bo`lsin diyonatli bo`lsin barcha qonun-qoidalarini bilsin, bilimdon va notiq bo`lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar togrisida bilimni egallasin.
Abu Nasr Forobiyning taʼlimoti Markaziy Osiyo yaqin va oʻrta sharq mamlakatlaridagina emas jahonning deyarli hamma xalqlari va mamlakatlarida madaniyat, maʼnaviya,t marifat, axloq va odobning rivojlanishi uchun yo`l-yo`riq, nazariy manba boʻlib xizmat qildi.Bunga I. Karimovning quyidagi fikrlari misol boʻla oladi. ‘’Bundan 1000 yilcha muqaddam Forobiyning mashhur fozil odamlar shahri asari yaratilganbo‘lsa-da bugungi o`quvchi ham bu asarda hozirgi hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr yo`l-yo`riqlarni topa oladi’’ degan fikrlari yaqqol misol boʻladi.
Uygʻonish davrining buyuk mutafakkiri Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa allomalar ham adolat, adolatparvarlik, fozillik haqida juda koplab ajoyib fikrlarni bildirganlar.
Xullas IX-XII asrlarda bobokalonlarimiz ezgulik, bunyodkorlik, dustlik, tenglik haqida oʻziga xos ilgʻor gʻoyalarini bildirib milliy mafkuramizni yangi bosqichlariga chiqarishiga munosib hissa qoʻshganlar
Amir temur va temuriylar davri mafkurasi
VIII asr boshida mamlakatimiz hududiga Mo`g`ullar istilosi boshlandi va bu jarayon Amir Temurning hokimiyatga kelishi gacha davom etdi. Lekin Amir Temur yurtimizda mo`gʻullar xonligini saqlab qolgan boʻlsada bu rasmiyatchilik ning oʻziga xos bir koʻrinishi edi
XIV- asr oxiri XV-asr davomida Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, maʼnaviy, maʼrifiy, mafkuraviy hayotidagi tub burilish gullab-yashnagan palla ikkinchi uygʻonish( renessans) davri boʻlib tarixda abadiy qoldi. Ana shu paytlarda tarixda Turon Turkiston va Movarounnahr nomi bilan mashhur boʻlgan vatanimiz jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri sifatida olam uzra davruq taratdi.
Maʼrifatli Movarounnahr ruhi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Toshkent noyob tarixiy yodgorliklari, Buyuk Ipak yoʻli, sharq mutafakkirlari yaratgan bebaho taʼlimotlar Amir Temur va Temuriylar davrida gullab-yashnagan ilm-fan, meʼmorchilik, tasviriy sanʼat, naqqoshlik, musiqa, rivojlangan savdo-iqtisodiy munosabatlar, barpo etilgan mustahkam qudratli davlat va uning ichki va tashqi siyosati Yevropadagi uygʻonish jarayoniga hayotbaxsh taʼsir etgani tarixiy haqiqatdir. Oʻsha kezlarda ilm-fan madaniyat meʼmorchilik va boshqa sohalarda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar oʻzining ulugʻvorligi nafisligi umumbashariy gʻoyalarga boyligi badiiy shakllarining xilma-xilligig maʼnaviyat sofligi va yetukligi bilan insoniyat aql-idroki va tafakkurini yuksaklikka koʻtardi. G‘arbni sharq bilan yaqinlashtirdi. xatni koʻzda tutib tadqiqotchilar bu davrlarni diyorimizning oltin asri ikkinchi renessans sharq uyg`onish davri deb nomlaydi lar. birinchi prezidentimiz taʼbirlari bilan aytganda temuriylar davri haqiqatdan ham ilm-fan madaniyat va marifatning bexad ravnaq topishini taʼminlagan sharq uygʻonish davri edi
Ikkinchi sharq uygʻonish davri madaniyat, maʼnaviyat zamon kurrasi oʻz-oʻzidan tasodifiy ravishda paydo bo`lgan emas. Uning oʻziga xos sabablari qonuniyatlari o`zaro uzviy bog`lanishda bo`lgan siyosiy` ijtimoiy` iqtisodiy` maʼnaviy` gʻoyaviy asoslari omillari mavjud.
XIV asrning ikkinchi yarmidan XVI asr boshlarigacha bo`lgan madaniy yuksalish davri haqida fikr yuritganda avvalombor oʻsha davrdagi tarixiy vaziyatni eʼtiborga olish maqsadga muvofiqdir. XIV asrning 70-yillaridan Amir Temur siyosiy sahnaga chiqqanigacha, mamlakatimiz hududida boshboshdoqlik mahalliy siyosiy kuchlarning o‘zaro qarama-qarshiligi, avjiga chiqqan edi. Uzoq davom etgan mugʻullar mustamlakachilik tuzilma Movarounnahr va Xurosonda uzoq davom etgan o`zaro nizolar natijasida shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan, mamlakatning xojalik hayoti va madaniyatiga mislsiz talofat yetkazilgan. Olimu ulamolar kosib-u hunarmandlarning aksariyati qirib tashlangan maʼnaviyat va maʼrifatga kuchli zarba berilgan edi.
Shaharlar madaniy markazlar vayron etildi aholi qirgʻinga uchradi, o`lka to`lig`icha mustamlakasiga aylandi. Markaziy osiyoni turli tumanlarga bo`lib yuborgan mo`g`il xonlari oʻrtasidagi oʻzaro nizolar va kurashlar avj oldi bular hammasi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy ahvoliga salbiy taʼsirn koʻrsatdi. madaniyat o`choqlari so`ndi, juda ko`p madaniy boyliklari, ilm markazlari, madrasa va kutubxonalar yoʻq qilindi. Sanʼat va ilm-fan vakillari olimlar, shoir va yozuvchilar munajjimlar, memor va musavvirlar oʻldirildi. Tasodifan omon qolganlari esa shimoliy Hindiston, gʻarbiy Eron va Xurosonning turli viloyatlariga qochib jon saqlab qoldilar. shunday sharoitda mo`g`ullar va mahalliy amaldorlarning oʻzboshimchaligi va jabr-zulm i ning ko`payib borishi xalq ommasining koʻtarilishiga olib keldi. Bu xalq qo‘zg‘olonlarining eng yirigi 1337- yilda Sabzavor shahrida boshlanib qariyb 45 yil davom etgan sarbadorlar chiqishlaridir. Xalq ommasining ajnabiy istilochilar mahalliy etuvchilarga qarshi ayovsiz kurashi markaziy osiyoda mo‘gullar hukmronligini ancha zaiflashtirdi. Va ularga qarshi keskin kurash kuchayishi uchun qulay zamin yaratib berdi shunday sharoitda Amir Temur (1336 -1405) maydonga chiqdi va ijtimoiy jarayonlarda koʻzga tashlandi hamda mamlakat hayotida juda katta rol oʻynadi.
Amir Temur tarqoq va uzoq urushlardan xonavayron bo`lgan Movarounnahr va Xuroson yerlarini mo`g`ullar mustamlakasidan ozod etib yagona mustaqil va mustahkam davlatga birlashtirdi. Uning markazi etib Samarqand shahri tanlandi.
Amir Temur davlati oʻz davrida Yevropa va Osiyodagi eng yirik mustahkam va rivojlangan davlat sifatida tanildi. Amir Temur vafotidan soʻng ham XVI-asr boshiga qadar uning avlodlari mamlakatga hukmronlik qildilar. Ular davrida markaziy davlat ikkita Movarounnahr va Xurosonga ajralib idora qilindi. Samarqand va Hirot bu ikki davlatning markazi boʻlib qildi. Ayniqsa ulardan uzoq vaqt hukmronlik qilgan Shohruh, Ulug`bek, Xusayin Boyqaro davrlarida madaniyat manaviyat maorif gullab-yashnadi.
Markaziy Osiyoning madaniyati tarixida Temur va temuriylar hukmronlik davri 14-asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning boshlarigacha bo`lgan davr soʻnggi umumiy tarixiy rivojlanishiga juda katta taʼsir koʻrsatgan yorqin sermazmun samarali davr hisoblanadi.
Bu davrda o`zbek tili adabiy til sifatida uzil-kesil shakllandi va markaziy osiyoning so`ngi madaniy rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi.
Bu yuksalish birinchi navbatda Amir Temur nomi va faoliyati bilan uzviy bog`liq bolsa, uning o`g`illari, nabira va boshqa avlodlari boshlab bergan ijtimoiy madaniy hayotdagi yo`nalishlarini davom ettirishga, temuriylar saltanatining anʼanalarini saqlab qolishga harakat qildilar.
Markaziy Osiyodagi IX-XII asrlardagi ilm-fan madaniyat maorif mafkuraning kabi yashnashi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ilk uyg`onish davrini tashkil etgan bo`lsa XIV asr oxiri va XV-asr mo`g`ullar mustamlakachiligi dan qutilib mustaqil davlatning shakllanishi va rivoji asosida madaniyat maʼnaviyat maorif mazkur ada yana koʻtarilish va kiskin rivoj roʻy berdi. Bu davrda madaniyatdagi keskin ravishda boʻlib qolgan uygʻonish davrining yakuni so`nggi uygʻonish davri deb atash mumkin. Bu kutarilish avvalgi madaniy yutuqlarga ularni yanada yuksaltirish va zamona maʼnaviy talablari asosida yangilash natijasida vujudga keldi. Bu davrda arab tili qisman fan tili bolib qolsa-da asosan adabiyot sanʼat til sifatida xiva forsiy tillarning mavqei kuchayib asosiy oʻringa chiqdi. Davlat ishlari ham olib borildi
Temur va temuriylar davlati deyarli bir yarim asr Markaziy Osiyo tarixida nihoyatda ko`p serqirra rangbarang milliy maʼnaviy boyliklar yaratishga xalq talantlari uchun imkoniyat yarata olganligi xalqlar madaniyati, ma`naviyati, mafkurasi tarixida tamoman yangi uzoq asrlarga ozuqa bergan qatlamlar, yangi sahifalar vujudga keltirgani bilan mashhurdir. Mamlakatining iqtisodiy qudratini oshirishga harakat qildi. U ishgʻol qilgan xorij mamlakatlardagi ilm ahlini oʻz panohiga oldi. Movarounnahr va xuroson shaharlarini obodonligi uchun jon kuydirdi. Rus olimi A.Yu.Yakubobekiy temurning bu sohadagi ishlari haqida shunday deb yozgan edi yaxshi hisob-kitoblik xo`jayin edi. U Movarounnahrga nafaqat turli-tuman boyliklarni, balki, hunarmand, musavvir, meʼmor va olimlarni ham olib keldi. To`g`ri Movarounnahr ning ozi mutaxassis va olimlarga boy edi. Lekin fan va madaniyat arboblari hunarmandlar qancha boʻlsa hunarmandchilik madaniyat va ilm-fan ham shuncha tez rivojlanadi.
XIV asrning oxiriga kelib samarqand sharqning eng guzal va obod shaharlaridan biriga aylandi. Bu yerda ulkan binolar keyin xiyobonlar qurishga katta eʼtibor berildi. 15 asr boshida movarounnahrga kelgan ispan sayyoh Rui Tanzales de Klavixoning aytishicha samarqandning boyligi faqat oziq-ovqatning mo‘lligi bilan emas, balki shoyi matolari, atlasi, mo‘ynadan qilingan kiyimlari, turli mamlakatlardan keltirilgan son-sanoqsiz mollari, bozor va maydonlari, koʻchalarining keng va ko`rkamligi bilan koʻzga tashlanadi.
Mamlakatda turli sohalarda amalga oshirilgan tub oʻzgarishlar haqida Amir Temur ‘’Temur tuzuklar’’ ida shunday degan edi:"... Kasb-hunar va marifat ahllaridan bolsa, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin. Bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa oʻz axvoli va kasb- koriga qarab ish tutsinlar.... Sarmoyasi qoʻlidan ketib qolgan savdogarlarga oz sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin. dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bolsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug‘ va asbob tayyorlab berilsin. agar fuqarodan birining uy imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa unga yordam berilsin.’’
XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab qurilish va obodonchilik ishlari tez taraqqiy eta boshladi. Xususan Samarqandda Bibixonim, Koʻksaroy masjidi, Shohizinda maqbarasi Keli( Shahrisabz) shahrida Oqsaroy Samarqand atrofida bog`ishamol bogʻi dilkusho bog`i nav , bog`i chinor kabi bog`lar Amudaryo va Sirdaryoga koʻpriklar karvonsaroylar i va honaqohlar ham hammolar barpo etildi.
Mirzo-Ulug`bek davrida Samarqandda (1417 -1420 yillarda) ulkan madrasa, Shu yillarda Buxoroda 1432 1430 yillarda G‘ijduvondan madrasalar barpo qilindi. Ulardan tashqari amir temur mirzo-ulugbek davrida qurila boshlangan bibixonim masjidi guri amir maqbarasi qurib bitkazildi. Lekin bu davrdagi eng nodir meʼmorchilik sanʼati va namunasi bu ulugbekning falakiyot rasadxonasidir.
Shohruh va Husayn Boyqaro davrida Hirotda va Xurosonning boshqa shaharlarida ham katta qurilishlar roʻy berdi. Xususan hirotda dorushshifo shifoxonasi qurbon shayx, feruz shoh, chaqmoq shoh, alayx Koʻkaldosh madrasalari bogʻi baytul imom, bog‘i xamsa oroyi kabi boglar bunyod etilgan. Tarixchi xondamir yozishicha Husayn Bayqaro davrida Xurosonda qirqqa yaqin inshootlar vujudga kelgan.
Mafkuraviy jarayonlarda qoʻshni mamlakatlar bilan o`zaro aloqalar muhim rol oʻynaydi. Ayniqsa markaziy osiyo eron bilan qadimdan madaniy aloqalar o`rnatgan, XIV-XV asrlarda iqtisodiy madaniy aloqalar yanada kuchaydi. Bu davrda xitoy bilan ham aloqalar kuchaydi. 1420 yili Shohruh mashhur rassom Gʻiyosiddin naqqosh boshchiligida xitoyga elchilar yuborildi. ular xitoy xalqining urf-odatlari turmush tarzi madaniy hayoti davlatni boshqarish uslubi bilan tanishib qaytdilar. Shuningdek Shohruh davrida Hindiston bilan ham aloqa yaxshilanib 1442yil da u tomonga elchilar yuborildi.
Temuriylar davrida yunon va hind olimlarining falakiyot, riyoziyot, tibbiyot, kimyo va boshqa fan sohalaridagi tadqiqotlari keng tarqaldi. Ilk orta asrlarda yunon olimlarining risolalari arab tiliga tarjima qilinib asarlarga koʻplab sharhlar yozilgan. Shuning uchun qadimgi yunonlarning arab tiliga tarjima qilingan asarlari xususan aflotun arastu ptolemey va boshqalarning tabiiy-ilmiy va falsafiy asarlari XIV-XV asrlarda ham markaziy osiyo olimlari uchun yangilik emas edi.
XIV-XV asrlarda madaniy-maʼnaviy rivojlanish islom diniy qarashlarining mustahkamlanib borishi bilan uzviy bog`liq bo`lib hukmron mafkura sifatida madrasayu masjidlarda keng oʻqitilib oʻrganilib qonun qoida anʼanalar bashariyat asosida olib borilar edi.’’ Temur tuzuklari’’ da din arboblari shayx, said, ulamolar faoliyatiga alohida oʻrin ajratilib ularning davlat ishlaridagi ishtiroki maxsus va bir necha bor qayd etilib oʻtiladi. Lekin bu davrda shu bilan birga xalq orasida ayniqsa ziyolilar ilm-fan sanʼat madaniyat xodimlari ortasida oʻz davridagi islom qoidalarining zamona talablari ijtimoiy yuksalish zaruratlari asosida talqin etishga intilishida yuzaga kelgan tasavvuf (so‘fizm) taʼlimoti keng tarqaldi
Naqshbandiylik tariqati shakllandi. Bu tariqat ayniqsa maʼnaviy mafkuraviy hayotda katta rol oʻynadi.
Amir temurning oʻzi ham mutasavvif olimlar ga katta hurmat bilan munosabatda bolib naqshbandiylik tariqati targʻibotchilari said baraka( termizlik) mir kulol(Shansuddin Foxuriy) larni oʻzining piri deb atagan. Ular pir sifatida Said Baraka go‘ri amirda Amir Temurning qabrining qibla tomonidan dafn etilgan. Mir kulol esa Amir Temurning ota-onasining Shahrisabzdagi maqbarasi ichida uning qibla tomoniga dafn etilgan. Shuningdek Amir Temur va temuriylar turli o‘lkalardagi yirik mutasavvif larga hurmat ko`rsatgan. Uning Xamadoniya tariqatiga asos solgan yirik mutasavvif xomadoniy bilan uchrashib suhbatda bolganligi, 1398-yilda Turkistonning Yassi shahrida yirik sufizm vakili Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat etganligi, uni tamirlanib ustiga oliy bino qurishni buyurgani tarixiy manbalarda koʻrsatib oʻtilgan.
Temur tuzuklarida "... Mashoyixlar, sufiylar xudoni tanigan oriflar dir ularning xizmatlarida boʻlib suhbatlar qurdim va oxirat foydalarini oldim. Ulardan tangri taoloning soʻzlarini eshitib karomatlar kordim"- deb yozadi Amir Temur
Tasavvuf taʼlimotining sufi, perso, charxiy, Mahdumi A‘zam,Xoja Ahror kabi yirik vakillari naqshbandiylik haqida ko`plab risolalar yaratib jamiyatning maʼnaviy poklanishi va rivojlanishi yolida faol xizmat qildilar taniqli arboblar bilan muloqotda bolib ularga taʼsir oʻtkazdilar. Bilan ayniqsa xoja ahror faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy, Jomiy, Qosimiy, Lutfiy, Bobur kabi shoirlar tasavvufni targʻib qildilar.
Bu davrda Samarqand Hirot boshqa shaharlarda musavvirlik, naqqoshlik sanʼatining mohir ustalari paydo boldi. Xususan sharq Rafaeli deb tanilgan Kamoliddin Behzod oʻz ijodi bilan butun sharqda gina emas balki yevropada ham mashhur boʻldi xattotlik va muqovasozlik sanʼati ham taraqqiy etdi bu sohada yangi uslublar paydo boʻldi masalan Mir ali Tabriziy xattotlikning nastaʼliq uslubiyatini ixtiro qildi bu uslub keyinchalik butun yaqin va oʻrta sharq mamlakatlariga keng yoyildi.
Rafey taxallusini olgan milliy majnun ibn kamoliddin mahmud samarqandlik hattot hoja abduqodir ruyanda, xattotlar sultoni nomini olgan Sulton Ali, Mashhadiy va boshqa xattotlar ijodini ham alohida qayd etish mumkin. Ustod Shayx, Foniy N,ayi Mavlono Qosim Rabboniy, Xusayin Uddiy, Xoja Yusuf Andijoniy, Shohquli G‘ijjakiy, Darvish Ahmad Qonuniy, Ustod Sodiy kabi musiqashunoslar ham bu davrda yashab ijod etganlar. Ulugbek navoiy jomiy kabi buyuk mutafakkirlar ham musiqa sohasida maʼlum ishlarni amalga oshirganlar.
XIV-XV asrlarda fanlarning ko'p sohalari tibbiyot, riyoziyot, handasa, jug'rofiya, falakiyot, tarix, mantiq, adabiyot, falsafa, axloqshunoslik va boshqa fanlar taraqqiy etdi. Adabiyot va adabiyotshunoslik yuksalib she‘riyat, nazm sohasida ijod qiluvchi mashxur shoirlar yetishib chiqdi. Yirik shoirlar Davlatshoh Samarqandiy, Sakkokiy, Xusayin Ali Tufayliy, Bisotiy Samarqandiy, Javhariy, Xoja So‘g‘diy Samarqandiy, Mirzabek Vosifiy, Niyoziylar Samarqandda, Ismoil Buxoriy, Xofiz Xorazmiy, Yaqiniy, Hiloliy, Gadoiy, Atoiy, Suxayliy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Mullo kabilar Movarounnahr va Xurosonning turli shaharlarida yashab ijod etib bir qancha sheʼriy va nasriy asarlar yaratganlar.
XV asrda oʻzbek tili va adabiyoti sheʼriyati buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy timsolida oʻzining yuqori choʻqqisiga ko`tarildi navoiy oʻzbek adabiy tilining fazilatlarini har tomonlama ochib asoslab berdi jomiy va navoiy dan tashqari til muammolari bilan shugullangan xoja jaloliddin fayzulloh abul laysiy abulqosim ibun abubakir laysiy harbiy hamda ibrohim ibin muhammad ibin arabshoh isfaroniy kabi yirik olimlarning nomlarini keltirish mumkin.
XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab markaziy osiyo falakiyot va riyoziyot fanlari rivoj topdi mirzo-ulugbek ning asos solgan falakiyot maktabi bunga yorqin misol bolib bu maktabdan juda kop iqtidorli olimlar yetishib chiqdi. Ular Mansur Koshiy, Miram Cholabiy, Abduali Birjondiy, Ali Qushchi Gʻiyosiddin Jamshid va boshqalardir.
Bu davrda tibbiyot ilmi ham oʻzining yirik oilalariga ega boldi. Samarqandga kelib ijod qilgan tabobat ilmining yirik vakillaridan Bahouddin Nafis ibn E‘az, Hakim al-Kirmoniy, Sulton Ali tabib Xurosoniy ,tabib Xusayin Jarroh shular jumlasidandir
XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda mantiq va falsafa fanlari bilan shug‘ullangan yirik olimlar paydo boldi. Bu fanlarning rivoji yirik mutafakkir Saʼdiddin bin Umar Taftazoniy va Mir Sayyid Jurjoniy nomlari bilan bogliqdir. Jurjoniy va Taftazoniydan tashqari Samarqandda o‘sha davrda mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Xoja Afzal, Jalol Haqiy, va boshqa olimlar yashab ijod etganlar. Oʻz davrining ilgʻor ijtimoiy va axloqiy fikrlari badiiy adabiyotga tasavvur sheʼriyatida nazm va nasrda gʻazal va ruboboiylarda mufassal bayon qilina boshlandi. Navoiy,Jomiy, Lutfiy, Binoiy, Qosimi Anvar va boshqalarning badiiy asarlari boy falsafiy va axloqiy mafkuraviy mazmunga egadir. Bu davrda axloq va taʼlim-tarbiya qora muammolariga bagishlangan mazkur risolalar paydo boʻldiki ularning orasida Husayn Voiz Koshifiy va Jaloliddin Devoniylarning merosi alohida oʻrin tutadi. Temuriy shahzodalar o‘z davri tarixini yozib qoldirish, Movarounnahr va Xurosonning mo‘g‘ullar zulmidan ozod etilishi tarixini o‘rganish va yoritishga katta eʼtibor berdilar Nizomiddin Shomil, Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Xofizi Abru, Natanze, Fosiq Xavofiy, Mo‘yiniddin Isfizoriy Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar temuriylar davri tarixini yozib qoldirdilarki, ular yozib qoldirgan asarda xozirda biz uchun o‘sha davr xodisalarini, madaniy yuksalishini o‘rganishda muhim manbaa bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
XIV asr oxiri va XV asr davomida mamlakatimiz hududida sodir bo‘lgan madaniy yuksalish butun musulmon sharqinigina emas, butun yevropa mamlakatlarini xayratga soldi. Mu madaniy yuksalish Markaziy Osiyoning keyingi madaniy-ma‘naviy rivojlanishiga rivojlanishinigina belgilab bermay qo‘shni mamlakatlardagi madaniy taraqqiyotga ham katta turtki berdi. Temuriy Shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonni 1525-1526-yillarda ishg‘ol qilib " mo‘g‘illar imperiyasi" deb atalgan davlatga asos soldi va bu davlatda XV asrdagi Markaziy Osiyo madaniyatining ananalarini davom ettirdi va rivojlantirdi.
Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini aniqlash shundan dalolat beradiki, ular o‘zaro uzviy bog‘langan va yaxlit bir butun holdagina qisqa vaqt ichidagi madaniy-ma‘naviy yuksalishni yuzaga keltira olgan.
Temur va temuriylar davrida amalga oshirilgan o‘zgarishlarni quyidagicha izohlash mumkin:
Birinchidan, mamlakatda tub ijtimoiy siyosiy omillar amalga oshirildi. Movarounnahr va Xurosonda tarqoq o‘zaro nizo va urushlar natijasida turli viloyat amirliklarga bo‘linib ketgan va kelgindi hukmronlar mo‘gullar tomonidan ayovsiz ezilgan xalqlarning mustamlakachilikdan qutilishi, mamlakatda yagona birlashgan davlatning barpo etilishi, yagona davlatchilik asosida boshqarish qoidalarining joriy etilishi zo‘ravonliklar, o‘zbilarmonchiliklar kabi illatlarning tugatilishi ijtimoiy yuksalishini ta‘minlaydi.
Ikkinchidan mamlakat rivojlanishi, yuksalishi uchun iqtisodiy omil shakllantirildi. Natijada Movarounnahr va Xurosonda yagona idora tizimining joriy etilishi iqtisodiy osoyishtalik ishlab chiqarishning keyingi rivojlanishiga olib keldi. Davlat tomonidan dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiqning rivojiga e‘tibor berilishi va bu sohada qator tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatning madaniy maʼnaviy, ma‘rifiy-mafkuraviy tarqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb egalladi.
Uchinchidan, mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlar ma‘naviy, mafkuraviy omillarni shakllantirdi. Xususan, avvalgi ma‘naviy meros ma‘naviy qadryatlar boyliklardan keng foydalanish, ular asosida rivojlanishni amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Markaziy Osiyoda oldingi asrlarda xususan IX-XII asrlarda yaratilgan ma‘naviy, madaniy boyliklardan Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Chag‘miniylar me‘rosidan arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Rumiy, Tusiy Attor kabi allomalar merosidan musulmon Sharqi qadimiy yunon ilmiy-ma‘naviy boyliklaridan keng foydalanildi.
Bu davrda Amir Temur davlatining ta‘sirida bo‘lgan va bo‘lmagan boshqa mamlakatlar o'rtasida madaniy aloqalar tez rivojlandiki, bunday aloqalar ma‘naviy boyliklarni almashishga keng yo‘l ochib berdi. Eron, arab mamlakatlari, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan bo‘lgan aloqalarda madaniy boyliklar almashinuvi ham muhim ahamiyat kasb egalladi.
To‘rtinchidan ma‘naviy omilning uzviy davomi bo‘lgan-g‘oyaviy omil ahamiyatli darajada shakllandi. Shuni qayd etish zarurki, o‘z davri ma‘naviy hayotida g‘oyaviy mafkuraviy omilni bizning fikrimizcha alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu XV asrga kelib Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan tasavvuf-xususan, naqshbandiylik ta‘limotidir. Yurtimizda Yusuf Xomadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ali Romitaniy, Mir Kulol, ta‘limotlarini rivojlantirgan.

MA'RIFATPARVARLAR MAFKURASI


Dunyo xalqlari kabi o'zbek xalqi va uning ajdodlari ham o'zlarining hayot tarzi, ma'naviy, madaniy, ma'rifiy, g'oyaviy hayotlarida ma'rifatga alohida e'tibor berib kelganlar. Shubha yo'qki yurtimizda amalga oshirilgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy ma'rifiy, g'oyaviy o'zgarishlarning oqibati sifatida IX-XII asrlarda yurtimizda birinchi renessans, XIV-XV asrlardagi ikkinchi renessans amalga oshirildi. Xozirgi davrda esa O'zbekistonda yangi O'zbekistonni barpo etish III renessansni barpo etish mamlakatimiz, prezidentimiz, hukumatimiz, butun xalqimizning bosh maqsadi bo'lib qoldi
Mamlakatimiz taraqqiyotida Xorazmiy, Farobiy, Farg'oniy, Beruniy, Ibn sino, Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Yassaviy, Hakim Termiziy, Moturudiy, Marg'inoniy, Kubroviy, Naqshbandiy va boshqa ko'plab olimlarimiz, ulamolarimiz ilm-fan ma'rifatchilik mafkuraviy rivojimizga katta hissa qo'shdilar. Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa shoir yozuvchilarimiz o'zbek adabiyoti va adabiyotshunosligimizga ulkan hissa qo'shdilar.
O'zbek milliy mafkuramizga xalqimizning ulug' marifatchilari ham o'zlarining munosib hissalarini qo'shdilar. Ayniqsa she'riyat mulkining sultoni bo'lmish, hazrati Alisher Navoiy o'zi bu sohada jahon xalqlari e'tirof etgan o'z hissasini qo'shibgina qolmay, shoirlar yozuvchilar notiqlar hattotlar, muhandislarga homiylik qildi. Ma'rifat ma'naviyat o'choqlarini barpo etilishiga alohida xizmatlarni amalga oshirdilar
O'zbek ma'rifatshunosligiga Alisher Navoiy Pahlavon Mahmud Huvaydo Nodira Mujrim Obid, Shermuhammad Munis Muhammadrizo Ogahiy, Sobir Termiziy, Muqumiy, Furqat, Avaz O'tar, Abdulla Avloniy kabi o'nlab yozuvchi shoirlarimiz ajdodlarimizni avlodlarni umuman yurtimiz xalqlarini ma'rifatini rivojlanishiga alohida ahamiyat berdilar, uning taraqqiyotiga munosib hissa qo'shdilar.
Alisher Navoiy ko'plab shoh asarlar yaratdi va ularda ilg'or g'oyalalarni ilgari surdi. Uning ilm fan, ta'lim tarbiyaga oid fikrlari ham ana shu asarlarida bayon qilingan. Uning fikrlari ham ayniqsa buyuk asari "hamsa" da mukammal berilgan.
Navoiy ayniqsa eski maktab undagi o'qitish usuli, bolalarni mulla qilish o'rniga kaltak zarbi bilan ularning miyalarini ishdan chiqarardi, aqliy qobiliyatlariga putur yetkazar edi deb ta'riflaydi. Ana shunday zarbli tayoq zo'ridan ko'plar maktabni o'qish boshlanmasdan tashlab ketar edilar.
Bu holni bilgan Navoiy maktab va madrasalarni ko'paytirib bilimdon dono, insofli o'qituvchilarni jalb qilish kerakligini uqtirdi. Doimo maktab maorif ishlarini yaxshi yo'lga qo'yish kerakligi haqida jon kuydirdi. Navoiy Husayn Boyqaroga yozgan xatlarining birida har masjidning imomiga tayin qilsalarkim, ul mahalla ahlining ug'il ushog'iga maktab tutib noma o'qitsalar deb ta'lim tarbiya muassasalari ochish va bolalarga bilim berishni talab qilgan edi
Navoiyning ilm-fanni taʼlim-tarbiyani yuksak qadrlaganini o'z faoliyatidan ham yozgan asarlaridan ham yaqqol ko'rish mumkin

Alisher Navoiy o'z asarlarining qahramonlarini ilm fanga intiluvchi ta'lim tarbiya olishga ishtiyoqi zo'r san'at va hunarda mohirlikka erishish uchun qunt qiluvchi bilimdon dono san'atkor va hunar egasi bo'lgan olijanob kishilar qilib tasvirlashi ham bejiz emas edi.


Navoiy murabbiylar, mudarrislar oldiga zo'r talablar qo'yar edi. Ularning sof ko'ngilli, vijdonli va bilimdon hamda mohir bo'lishini talab qilar edi; shuningdek talabalarning ham o'z murabbiylarini yaxshi hurmat qilishlarini istar edi. Murabbiylarning xizmatlari talabalarning esidan chiqmasligini uqtirar edi.
Alisher Navoiy xalqning bilimli bo'lishini orzu qildi. Ilm fanni xalq orasiga yoyishga juda katta ahamiyat berdi. Xalqning hamma vaqt bilim olishga intilishi ilm fandan bahramand bo'lishi zarurligini ta'kidladi. ,,Bilim va donolik kishini bezatadi"- deydi u. Bilim olsih yo'lida uyalish va bilmaganini bilganlardan so'rab bilib olishga orlanish kishiga juda katta zarar ekanligini qayta qayta zarar ekanligini qayta qayta uqtiradi.
Bilimsiz kishi hamma vaqt pand yeydi, hijolat bo'ladi, ya'ni kishi ta'lim tarbiya ilm o'rganishni malol ko'rmasligi kerak. Aksincha, hayotda, turmushda va kishilar o'rtasida hijolat tortmasligi uchun ilm fanni qunt bilan o'rganishi kerakligini ham alohida ta'kidlaydi. U ilmning turlari ko'p va hamma ilmlardan bahramand bo'lish foydadan holi emasdir deydi. Ilm bilan kishining nomi nishoni ulug'lanadi, martabasi oshadi, hurmat izzatga sazovor bo'ladi deb qayd qiladi u

Navoiy yaxshilik, odob-axloq, haqlik, rostgo'ylik, qad qilmaslik, qayg'udan ozod bo'lish kabi va boshqa olijanob fazilatlarni egallashni qayd qiladi. U yolg'on gapirishni, so'z bilan ish birligi zarurligini qayd qilgan.


Xullas xazrati Alisher Navoiy o'z g'oyalari bilan ma'rifatchilikka katta hissa qo'shdi. Uning g'oyalari insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan edi.
Pahlavon Mahmud (1247-1326) o'zbek milliy ma'rifatchiligiga katta hissa qo'shgan ruboiyshunos shoirdir. Agar ruboiyshunoslikning otasi Umar Xayyom bo'lsa Pahlavon Mahmud avvalo jismoniy baquvvat yelkasi yerga tegmagan polvondir. Ayni paytda eng usta ruboiyshunos hamdir. Ruboiy janrining asosiy hususiyati shundaki unda chuqur falsafiy fikr yirik ijtimoiy muammolar to'rt satrdan iborat kichik bir she‘riy shaklga sig'dirilgan holda lo'nda qilib ifodalab berishdan iboratdir.
Pahlavon Mahmudning ruboiylari boshdan-oyoq ilm-ma'rifat haqidagi fikrlar bilan sug'orilgan.

Toki bor g'ayratu, mardlikdan asar


Ahlu ayolingni etma darbadar
Meva shoxi agar devordan oshsa
Yo'lovchilar unga beshak qo'l cho'zar
Yoki
Bir oqim deydiki: bo'lgil vallomat
Yoki vallomatga qila ko'r xizmat
Nomard xizmatiga yondashma zinxor
O'ylagin bu o'git qandoq pur hikmat
Yana
Ko'zgumga berardim kechqurun sayqal
Boqdim unga tiniq bo'lgan bir mahal shunga ko'p ko'rindi o'z aybimki, men
O'zgalar aybini unutdim tugal
Xuvaydo (Xo'janazar G'oyibnazar o'g'li) XIII asr boshlarida O'sh shahrida tug'ilgan. 1780-yilda vafot etgan. Xuvaydo inson hayotidagi salbiy illatlarni keskin qoralagan. Ayni paytda do'stlik, kamtarlik, o'z so'ziga amal qilish va boshqa insoniy fazilatlarni targ'ib qilgan. Insonlar tiriklikda bir birini qadrlamay o'lgandan qadr qilishini yaramas xislat deb bilgan.
Xuvaydo ma'rifatsizlikni qoralab odamlarni ilmu ma'rifatli bo'lishini targ'ib qildi, nodonlik, jaholatni qoraladi. Ayni paytda befarosat, befahm kishilarni tarbiyalash qiyin ekanligini qayd qildi.

Nodira (Komila) o'zbek maʼrifatchiligida samimiy muhabbat do'stlik vafodorlik ilm ma'rifat ilm ma'rifat masalalariga o'z ijodida juda katta e'tibor berdi.


Qo'qon xoni Umarxon vafotidan keyin xonlikni boshqarib bordi. Bu jarayonda olimlar, fozillar, shoirlar, shoiralar, donishmandlarni to'plab davlat muammolarini maslahatlashib kengashib hal qilishga harakat qildi. Barcha qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun ilm-fanni oʻrganish ma'rifat nuridan bahramand bo'lish zarur deb hisobladi. Mashhur shoira Zebiniso esa "mening erim ham kitob baxtim ham kitob hatto jannatim ham kitoblar"- deb yozgan edi. Nodira, Uvaysiy Zebuniso oʻzlarining butun hayotlarini ilm-fanga bagishladilar. Ularning eng sevgan mashg'ulotlari sh'er oʻqish, sheʼr yozish, musiqa tinglash va kitob mutolaa qilishdan iborat bo'lgan. Ular bilimsizlik savodsizlikni qoralaganlar ilm-ma'rifat kishining aqlini oʻstirishini, uni donishmand, faxm-farosatli qilishini, murod-maqsadga yetkazishini taʼkidlaganlar. Nodiraning maʼrifatparvarlik gʻoyalari fikrlari nihoyatda xilma-xildir. U o'qish, yozish, savod chiqarishni targ'ib qiluvchi "xat", "qalam" kabi g'azallarida ilm-marifat ishlarida xatning, yozuvning ahamiyatini uning ziyosidan bahramand bo'lishga undaydi.

Mujrim obid XVIII asr boshlarida ijod etgan shoir bolib buxoroda iqtisodiy madaniy maʼnaviy hayot rivojlanishida pastga tushgan davrda ijod qildi. qalandarlik darvishlik ni boshidan otkazdi. Buxoro hukmdorlari amir shohmurod va uning ogli amir haydar davrida yashadi va ijod qildi mujrim obid ijod qilishni tanladi oz hayoti qiyinchiliklarga to'la bolsada ijodida ilm-fan ta'lim-tarbiya va boshqa sohalarga oid sherlar yaratdi. ayniqsa mujrim obid odamshavandalik mehmondoʻstlik haqida taʼlim berdi. yoshlarga yaxshi tarbiya berish goyasini ilgari surdi. tarbiyali inson odam qadriga olishini mehnat sevar boʻlishini alohida qayd qildi. shoir ota ona ham bola-chaqa ham bir-birini hurmat qilishi lozimligini taʼkidladi. yolgʻonchilik fitnachilik kabi yaramas odatlarni qoraladi.


Mujrim obid boshqa maʼrifatparvarlar kabi rostgoylik soflik kabi fazilatlarni ulugʻladi. shoir kamtarlik yaxshilikka ergashish yomondan yomonlikdan qochish dustlik ozaro yordam kollektivizmni targ'ib qildi. xudbinlik oʻzboshimchalik yalqovlik mayllarini tanqid qildi. ilm-marifat kishini har tomonlama yuksaltirishni ilmsizlik oʻz navbatida insonni tubanlashtirishini ilmga bagishlangan umr mazmunli ilmsiz oʻtgan umr hayf ketishini qayd qiladi.

Shermuhammad munis zamonasining yetuk shoiri adiba tarixchisi tarjimoni murabbiysi va maʼrifat kuychisi bolgan


Munis shoir sifatida munis ul ushshoq devonini pedagog sifatida risolayi savod yoki savodi ta'lim majmuasini tarixchi sifatida firdavs ul iqbol asarlarini yaratgan ilm-marifat taʼlim-tarbiyaga oid goyalarini sheʼrlarida savodi taʼlim asarlarida mukammal bayon etgan.
Ilm-fani yoshligidan sevgan munis xorazmda erta savod chiqardi kitob mutolaa qildi. U ilm fanni qadrlab unga maxsus bagishlangan savodi taʼlim ni yaratdi bu asarda umumiy xorazmiy husnixat chiroyli xati yozish usullari togrisida fikr yuritadi. asarda u ilmning kishilar hayotidagi ahamiyatini koʻrsatib beradi. munis xorazmiy oʻz kitobida qayd qilganidek agar xat yozuv bolmaganida kishilik jamiyati qolga kiritgan muvaffaqiyatlar erishilgan boyliklardan kelajak avlod bahramand boʻla olmas edi. shuning uchun munis fikricha ilm-fan taʼlim-tarbiyani rivojlantirish jamiyat aʼzolarini maʼrifatli qilishni targʻib qiladi, nodonlik jaholatini qoralaydi.

Munis maʼrifatparvar shoir sifatida xalqni maʼrifatga taʼlim-tarbiyaga chaqirar ekan bu ishga inson avvalo yoshlar yoshlikdan boshlab kirishishini qayd qiladi. kishilarni haqlikka vijdonli bolish vadaga vafo qilish dustlik sadoqat va hamkorlik fazilatlari ruhida tarbiyalashga chaqiradi. insonlardagi salbiy xislatlarni ayniqsa fitnachilik va boshqalarni keskin qoraladi.


Muhammad rizo ogahiy(1809-) atoqli madaniyat arbobi klassik sheʼriyatning mohir ustasi tarixiy adabiy asarlar muallifi mohir tarjimon xivadagi adabiy harakatning yuksak siymosi edi. uch yoshida otasi vafot etganidan keyin amakisi munis qoʻlida tarbiyalanadi. Ilm marifat odob-axloq adolat xalq togrisida hamkorlik qilish ogahiy ijodining mazmunini tashkil qiladi. oʻtmish maʼrifatparvarlarining ilm-fan taʼlim-tarbiya maʼrifatparvarlik insonparvarlik gʻoyalarini organdi va ijodiy rivojlantirdi. ogahiy ilm ahlining xor-zor kun kechirishi nodonlar ning esa ayshu farogʻatda yashashni oʻz koʻzi bilan korib ijodida ularni aks ettirdi. Ayni paytda ogahiy rostgo'ylik va togrilikni sevdi egrilik va xiloflikni qoraladi

XI asrning mashxur yodgorligi bo'lgan qobusnoma asarini fors tojik tilidan o'z ona tiliga tarjima qilgan ogahiy ayniqsa ota onani hurmatlash bilimni oshirish va o'zini yuqori tutmaslik shirinsuxanlik nafsni tiyish farzandlarni parvarish qilish, do'st va dushman, ilm talabi, yoshlik va keksalikning fazilatlari va illatlari, juvonmardlik(insonparvarlik) kabilar haqida ma'rifatparvarlik va ta'lim tarbiya haqidagi o'z g'oyalarini ilgari surdi.

Ogahiy ayni paytda har bir insonning insoniy yaxshi fazilatlarni o'zida shakllantirishga chaqiradi. Insoniy fazilatlarni yoshlarda faqat ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishini qayd qiladi. Aql, ilm-ma'rifat, axloq-odob, ta'lim-tarbiyadan ham qimmatliroq meros yo'q. Eng qimmatli va tugalmas meros ana shu fazilatlardir,-deb qayd qiladi.
O'zbek milliy ma'rifatchiligini yanada yuqori bosqichga chiqishida ma'rifatparvar demokrat shoirlarning o'rni alohida ahamiyatga egadir. Ular hozirgi O'zbekiston hududida yashagan va ijod etgan Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O'tar, Abdulla Avloniy, Hamza, Fozil Yo'ldosh o'g'li va boshqalardir.

Muhammadamin Mirzo xojaogli, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqalar ilm-marifat , taʼlim-tarbiya masalalari to‘g‘risida demokratik maʼrifatparvar shoirlar sifatida oz ijodlarini amalga oshirdilar


Muqimiy mashhur " tanobchilar " sheʼrida xon va uning amaldorlari ayniqsa yer o‘llchovchi tanobchilarning kirdikorlarini axloq-odobga ega emasliklarini razil shaxs ekanligini ochib tashladi. uning zavodchi boy tarifida , voqea qur Aashurboy hoji , choyfurush, dodxohim , avliyo, ot-aravanga, kabi hajviy sheʼrlarida shuning oz zamonasining undagi hayotning oʻsha sharoitida yashovchi odamlarning xulq-atvori qiyofasi va mashg‘ulotlarni taʼriflaydi. muqimiy ning ayniqsa sayohatnoma asarida har yerning oʻziga xos xususiyatlarini taʼriflash bilan bir qatorda usha yerda yashayotgan odamlarning harakterli tomonlarini ularning axloq odobi ilm-marifat i taʼlim-tarbiyasi masalasini bayon etdi.
Uning maktublarida ham ilm-maʼrifat taʼlim-tarbiya kishilarning xulq-atvori bilimga boʻlgan munosabatlarini taʼriflab beradi. odamlarni ilm-fan yuksak axloqli bolishga davat etadi
Furqat. Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat(1858-1909) oʻz asarlarida ilm-marifat taʼlim-tarbiya madaniyat progressiv gʻoyalar dustlik qardoshlik hamkorlik kabi gʻoyalarni ilgari surdi targʻib qildi. U Toshkentga sayohati dan keyin bu yerdagi oʻzgarishlarni oʻz koʻzi bilan koʻrganidan keyin uning ijodida maʼrifatparvarlik motivlari yanada kuchaydi ayniqsa uning ilm xosiyati, gimnaziya, gimnaziyaning akt majlisi, teatr haqida manzuma, vistavka xususida, nag'ma bazmi xususida kabi asarlarida ilm-marifat taʼlim-tarbiyani ulug lovchi asarlarni yaratdi.
Furqatning maʼrifatparvarlik gʻoyasidagi asarlarida qoloqlik madaniyatsizlik keskin qoraladi. Bu ahvolni tuzatish uchun ilm-maʼrifatga madaniy yuksalishga intilish nodonlik va jaholat ga qarshi kurashish zarurligini qayt qildi. U madaniyat sanʼat hunar aql-idrok texnika taraqqiyoti hammasi ilmdandir deydi. ilmsizlik johillikdir zimistonlikdir, zindondir deydi. Rus madaniyatini tilini oʻrganishga daʼvat etdi.
Russiya lisoni deb yozadi Futqat oʻzining maktublaridan birida mamlakatdagi ilmdor va tujjorlarga naqadar lozim boʻlsa safar va sayohatga chiqqan kishiga yuz chandon lozim ekan.
Mamlakat va xalq qoloqligi ning sababini oʻsha davr ijtimoiy tizimidan izladi xonlar ortasidagi ozaro urushlar va ularning shaxsiy manfaatidan chiqa olmay mamlakat taraqqiyoti xalq farovonligi va maʼrifat haqida g'amxo'rlik qilmaganliklari tufayli xalq maʼrifatsiz qolmoqda deydi. Furqat "Ilm xosiyati" nomli maxsus asar yozib, unga ilmni uning kuch-qudratini ulug'lash bilan unda rus madaniyatiga yuksak baho berdi. ilm fan bilan uzoqlar yaqin bolishini kishilar uzoqda turib ham bir biri bilan aloqa qilishlari mumkinligini aytadi buning uchun telegramning ijod etilganligini tasvirlanadi.
Shoir ilm-fani bir mashalaga oʻxshatib mashala qonuni qorong'ulikni qanday yoritib tursa ilm-fan ham insoniyatning baxt saodati va istiqbolini shunday yoritib turishini qayt qiladi. shu bilan birga ilm-fan kishi faoliyatining hamma sohasida ham zarur, chunki inson nima ish qilmasin uni ilm asosida qilsagina muvaffaqiyatga erishadi va har qanday mushkul ish ilm bilan oson qilinishini taʼkidlaydi. furqat ilm bilan taʼlimning uzviyligini ham qayd qiladi ya'ni ilm bilan taʼlimni turidan ajratish mumkin emasligini etirof etadi. U ayni paytda jahonning ravshanligi koʻngilning sofligi ham ilmdan dir deydi.
Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli oʻzining maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan asarlarida ilm-marifat bilan birga taʼlim-tarbiyaga oid fikrlarini qoʻshib bayon qiladi. Hunar-hunardan unar deganlaridek hunar ishni osonlashtirishi ni u mehnatni unumdor qilishini qayd qiladi.
Zavqiy( 1853-1921) ham ozbek milliy demokratik maʼrifatparvar shoirlari kabi badiiy ijodida demokratik yunalishda turib ustozi muqimiy hajvchiligini davom ettiradi. zavqiy ham asarlarida ilm taʼlim odob-axloq masalalariga keng oʻrin berdi. zavqiy kishilarni kam suhan kamgap bo'lishga , ezma boʻlmasliklariga undadi. husni xulq va husn odob boʻlishga chaqirdi.
Avaz O‘tar (1884-1919) shoir 14 yoshidan sheʼrlar yoza boshlaydi
18 yoshida xalq oʻrtasida uning obro‘si oshadi va oʻsha davr Xiva xoni Feruz uning saroy shoirlari huzuriga chaqiradi lekin Avaz O‘tar orada saroy shoirlari ijodining mohiyatini tushunib olib xalq ommasi tarafiga o‘tadi. Avaz O‘tar hayotni oʻrganish asosida nohaqlik va adolatsizlikni koʻrib mehnatkash ommaga achinadi. Saroy adabiyotidan yuz oʻgirib xalq manfaatini kozlov chi uning orzu-umidlarini suvchi demokratik adabiyotga hurmat bilan qarab uning rivojiga oʻz hissasini qoʻshadi.
Avaz O‘tarning dunyoqarashidagi bunday burilishga ijodiy yuksalishga klassik adabiyoti anʼanalari xalq ogʻzaki ijodiyoti jahon adabiyoti taʼsirini alohida qayt qilib o'tish mumkin.
Natijada Avaz O‘tar xalqparvarlik gʻoyalarini targʻib qila boshlaydi. Lekin xonlik vakillari uning jinniga chiqarib hatto unga kishan ham soladilar. Ammo o‘z tanlagan yo‘lidan qaytmadi. Aksincha , bunday jaholatga qarshi shoir nuqul ilm-marifatni, taʼlim-tarbiyani targʻib qildi. Avaz O‘tar xalqning bilimsiz qolayotganligi g'am g'ussali hayot kechirayotganiga achindi. Ilm-fan, maʼrifatni keng targʻib qildi. Xalqlarni dustlikka chaqirdi. til bilishni ilm xazinasiga ega boʻlish kaliti deb tushundi

Shoir ilm-maʼrifat kishilar umrini obod qiladi farzand esa ota-onalarning gʻururi sururi va kozlaridagi nuridir. Farzand ota ona koʻzlarining oqu qorasi dir shunday ekan demak ota-onalar o‘z farzandlari umrining obod boʻlishini istasalar ular farzandlarini oʻqitishi bilimli qilishi ham farz ham qarzdir deydi.


Avaz O'tar ham boshqa maʼrifatparvarlar kabi ilm-u maʼrifat bilan taʼlim-tarbiya ni uzviy deb bayon etadi. Xalqni savodxon o‘qimishli qilish ularni ilm-marifat nuridan bahramand qilish ularni taʼlim-tarbiyali olgli, idrokli boʻlishini taʼminlashdir. Ilm-marifat kishilarni tarbiyalaydi. Ularni himmatli qiladi. Har bir narsaga oqilona va odilona qarashga oʻrgatadi vatanparvar, xalqparvar bo'lishi ruhini singdiradi. Insonning butun faoliyatini faqat yaxshilikka eʼzgulikka yo'naltiradi maʼrifatsizlik va nodonlik esa insonni faqat yomonlik illatlarga boshlaydi degan gʻoyalarni bildiradi


Yüklə 68,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin