Sporalilar
Sporalilar (Sporozoa) —
bir hujayralilar
kenja dunyosiga mansub gʻayvonlar tipi.
Xivchinlilardan kelib chiqqan. S. turli
hayvonlar va odamning hujayra, toʻqima
va organlarida parazitlik qilib, ogʻir
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazit
hayot kechirish taʼsirida tana tuzilishi
birmuncha soddalashgan. Harakatlanish
organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm
qiluvchi vakuollari rivojlanmagan. Hayot
sikli spora xrsil qilish bilan tugallanadi;
spora qobigʻi parazitni noqulay muhit
taʼsiridan himoya qiladi. S. hayot siklida
jinssiz, jinsiy va sporogoniya jarayonlari
almashinib turadi. Jinssiz koʻpayish
hujayraning koʻp marta boʻlinishi
(shizogoniya), jinsiy koʻpayish esa
koʻpchilik sporalilarda ikki xil tipdagi
gametalar (anizogametalar)ning
kopulsiyasidan iborat. Faqat fegarinalar
bir xil tipdagi gametalar (izogametalar)
gʻosil qiladi. Zigotasi, odatda, qalin pust
bilan uralgan boʻlib, ootsista deyiladi.
Ootsista ichida sporogoniya natijasida
sporozoitlar hosil boʻlishi bilan
parazitning rivojlanish sikli tugallanadi. S.
tipiga 400 dan ortiq tur kiradi. S. tipi
fegarinalar va koksidiyasimonlar
sinflariga ajratiladi. Ayrim S.ning
rivojlanishi bitta xujayinda oʻtadi
(koʻpchilik koksidiyalar) va ootsistlari
yordamida tarqaladi. Boshqa S.ning
rivojlanishi ikkita xoʻjayinda, yaʼni jinssiz
koʻpayishi bir xoʻjayinda, gametogenez va
sporogoniya davrlari boshqa xoʻjayinda
oʻtadi. Bunday S. hayvonlar va odamga
alimentar yoʻl bilan (zararlanmagan
hayvon zararlangan hayvonni yeyishi)
yoki qon soʻruvchi hasharotlar orqali
(bezgak parazitining chivin opkali
yuqishi) oʻtadi.
Soʻnggi tahrir 5 yillar avval OchilovBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Sporalilar&oldid=1913225
"
dan olindi