JDPU 240 TALIK DASTUR SAVOLLARIGA JAVOBLAR / 81-100 SAVOLLAR JAVOBI 81. Gametogenez haqida ma’lumot bering? Gametogenez yoki embriondan oldingi rivojlanish - jinsiy hujayralar yoki gametalarning hosil bo'lish jarayoni. Gametogenez davrida tuxum va sperma hujayralarining ixtisoslashuvi turli yo'nalishlarda sodir bo'lganligi sababli, odatda oogenez (eskirgan nomi - ovogenez embriologiyaga oid zamonaviy nashrlarda qo'llanilmaydi) va spermatogenez odatda ajralib turadi. Gametogenez tabiiy ravishda bir qator protozoylar, suv o'tlari, zamburug'lar, spora va gimnospermlar, shuningdek, ko'p hujayrali hayvonlarning hayot aylanish jarayonida mavjud. Ayrim guruhlarda gametalar ikkilamchi qisqaradi (, gulli o'simliklar). Gametogenez jarayonlari ko'p hujayrali hayvonlarda eng batafsil o'rganilgan.
82.Markaziy nerv sistemasi haqida yoritib bering ? Markaziy nerv sistemasi - odam va hayvonlarnerv sistemasining asosiy qismi; nerv hujayralari (neyronlar) va ularning oʻsimtalaridan tarkib topgan. Markazii nerv sistemasis. umurtqasiz hayvonlarda oʻzaro birikkan nerv tugunlari (gangliy) sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat. Markazii nerv sistemasis. va periferii, nerv sistemasi funksional jiqatdan bir butun sistema boʻlib, sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) nerv tolalari orqali barcha aʼzolar va toʻqimalar bilan bogʻlangan. Markazii nerv sistemasis.ning eng murakkab va maxsus qismi bosh miya katta yarimsharlaridir. Markazii nerv sistemasis.ning asosiy funksiyasi atrof muhit hamda aʼzolar va toʻqimalardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish, qayta ishlash, oʻtkazish va saklash; organizmning barcha sistemalari faoliyatini boshqarish, ular oʻrtasidagi bogʻlanishni amalga oshirish orqali organizmning bir butunligini taʼminlashdan iborat.
83. Deratizatsiyaning maqsadi ? Deratizatsiya (fransuzcha: deratisation — kemiruvchilarni qirish) — yuqumli kasalliklarni tarqatadigan hamda xalq xoʻjaligiga iqtisodiy zarar kelti-radigan kemiruvchilarni qirish. Profilaktik va qirib yoʻqotish tadbirlarini oʻz ichiga oladi. Profilaktik tadbirlar zararkunanda kemiruvchilarning uya qurishi, ovqatlanishi hamda koʻpayishiga imkon beradigan sharoitlarni yoʻqotishga, turar joy, xoʻjalik binolarini, goʻsht korxonalari, goʻsht asraladigan muzxonalar, aralash yem korxonalari, elevator, tegirmon, omborxonalarni ular kirishidan himoya qilishga qaratilgan boʻladi. Buning uchun don, un, sabzavot, goʻsht va boshqa mahsulotlarni kemiruvchilar tegmaydigan idishlarda saqlash; uy va hovlilarga, oziq-ovqat, yemxashak saqlanadigan binolarga kemiruvchilar kirmasligi uchun ularni doim ozoda tutish, qolgan ovqatlar solinadigan chelaklar va axlat yashiklarini oʻz vaqtida boʻshatib turish, teshik-tirqishlarni berkitib tashlash, havo kiradigan tuynuklarga metall toʻr tutish, podval derazalariga oyna solish va sim toʻr tutish kerak.