36
QISHLOQ XO'JALIGIDA ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH
STATISTIKASI
Turayeva Gulizahro
Guluston davlat Unversiteti o’qituvchisi
Ergashov Raxmatillo
Guliston davlat universiteti talabasi
Jo`rayev Begzod
Guliston davlat universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qishloq xo'jaligini elektrlashtirishning samaradorligini
aniqlash uchun qishloq xojaligida energiya resurslaridan foydalanish va g 'allachilikda elektr
energiyasidan foydalanishda mehnat unumdorligi muhum jihatlari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar
: qishloq xo'jaligini elektrlashtirish, mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, 1
kishi soat, sof daromad, yoritish, isitish issiqxonalari, suv, nasos, stansiyalarni elektrlashtirish,
statsionar, ko'chma sugorish, agregatlarni elektrlashtirish, inkubatoriyalar.
Abstract
. This article highlights important aspects of the use of energy resources in agriculture
and labor productivity in the use of electricity in grain production in order to determine the
effectiveness of electrification of agriculture.
Keywords
: electrification of agriculture, labor productivity, production cost, 1 man-hour, net
income, lighting, heating of greenhouses, water, pump, electrification of stations, stationary, portable
irrigation, electrification of aggregates, incubators.
Kirish
.
Energetika har bir iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib iqtisodiyot va
texnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. O'zbekiston energetika
tizimi 37ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat bo'lib,
ularning umumiy
o'rnatilgan quvvati 11,5 mln. kVtni tashkil etgan holda, yiliga 55 mlrd. kVt.s dan ortiq
elektr energiyasi ishlab chiqish imkoniyatiga ega. O'zbekiston energetika tizimining
barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi qariyb 228 ming km.ni
tashkil qiladi. Tarmoq transformatorlarining umumiy quvvati 42,6 MVA ga teng.
Respublikada energetika tizimida esa hozirga kunga kelib 65 mingga yaqin kishi
ishlaydi. 1934 yil 25 sentyabrda O'zbekiston energetika
tizimining tashkiliy asosi
"O'zbekenergiya" energetika boshqarmasi (hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi
Energetika va elektrlashtirish vazirligi) tuzildi.
O'zbekiston gidroenergetikasini rivojlantirishda Pskom daryosi, To'palang,
Hisarak, Oxangaron suv omborlarida GESlarni loyihalash va qurish yo'nalishi yetakchi
o'rinda turibdi. Issiqlik energetikasi. 60-yillarda respublikada
elektr energiyasi hosil
qilishni ko'paytirish asosan gazda ishlaydigan yirik IESlarni ishga tushirish yo'nalishida
olib borildi. Yirik IESlar qurilishi natijasida O'zbekiston energetika tizimining
o'rnatilgan quvvatlari 11,3 ming MVt ga yetdi.