STEAM-tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini uyg’unlikda o’qitish uslubi. STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o’zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. O’quvchi o’zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko’nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo’l keladi.
Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabning ta’lim jarayonida ham STEAM texnologiyasidan keng foydalanib kelinadi. Bundan asosiy maqsad, o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash va hayotga tadbiq qilish imkonini yaratishdan iborat.
Maktabda robototexnika , sexmatexnika xonalari bilan bir qatorda STEAM xonasi ham mavjud bo’lib , u zamonaviy interaktiv platforma, ish qurollari, tikuv mashinalari, to’quv moslamalari , Arduino platformalari va 5 xil turdagi kesish va randalash uskunalaridan iborat. Qizig’i shundaki, bu uskunalar o’quvchilar tomonidan qayta yasalib , boshqa ko’rinish va vazifani bajarish imkonini beradi. Maktabda STEAM va robototexnika darslari o’zaro uyg’unlikda olib boriladi.
Texnologiyalar rivojlangan hozirgi davrda robototexnika istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabda ham bu sohaga alohida e’tibor qaratilgan.
Robototexnika darslari orqali o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib kelmoqdalar:
– C dasturlash tili
– Elektronika asoslari
– Sodda va murakkab sxemalar yasash
– 3D dizayn va 3D modellashtirish
– 3D printerdan 3D modellarni chiqarish
– Arduino dasturlash
– Tranzistor va mikrochiplar bilan ishlash
– Qo’shimcha modul va sensorlar bilan ishlash (RGB, WiFi, PIR, LCD display, RFID)
– Mustaqil ravishda turli xildagi Arduino proyektlar yasash