STRATEGIYNI TADBIQ ETISH Reja: O’zbekistonda ta’lim tizimining xususiyatlari, uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlari.
Та’limda “Каdrlar tayyorlash milliy dasturi”,“Та’lim to’g’risida”gi qonunning amalga oshirilishi.
Ta’limda menejmentning uziga xos xususiyatlari va strategik boshqarish.
Ta’lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
O’zbekistonda ta’lim tizimining xususiyatlari, uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlari.
Boshqaruv nazariyasi nisbatan yangi fan tarmog‘i bo‘lib, ob’ektiv borliqni ilmiy bilishga asoslanadi. U o‘z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar zaminida ko‘radi. Boshqaruv jarayonining mohiyati va qonunlarini aniqlash, bu jarayonda sodir bo‘ladigan munosabatlarni ochib berish, uning tizimini ishlab chiqish va boshqaruv sub’ektining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish boshqaruv nazariyasining vazifalaridir.
Demak, mehnatning har qanday shakli boshqaruvchiga ma’lum darajada muhtojdir.
Boshqaruvchi o‘z jamoasi ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.
Boshqaruvchi ishlab chiqarish organizmning mustaqil a’zolari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Obrazli qilib aytganda yakka skripkachi o‘zini-o‘zi idora qiladi. Lekin orkestr dirijyorga muhtojdir. Demak, to‘g‘ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchining, ya’ni rahbarning faoliyatidir.
Boshqaruvning mohiyati ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarini shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni ta’minlashdan iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. Shuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi.
Ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, har tomonlama sog‘lom va barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avgustda) qabul qilindi. Qonun va dastur talablarini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi. SHu asosda qonunosti hujjatlari ishlab chiqildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib milliy ta’lim tizimini ifoda etgan va ta’limning o‘zbek modeliga xos davlat ta’lim standartlari (DTS) ishlab chiqildi va amaliyotga kiritildi. Shu asnoda ta’lim-tarbiya olishning huquqiy asoslari yaratildi. 2009 yildan
boshlab 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish natijasida qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limini o‘z ichiga olgan 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish ishlari yakunlandi.
O’zbekistonda ta’lim tizimi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”asosida amalga oshiriladi.“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-
hunar
kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Bilim olish huquqi
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;
barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;
oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim muassasasining huquqiy maqomi
Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin.
Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmuilariga hamda o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.
Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqli.