Suv resurslari cheklangani ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Qolaversa, mazkur jarayon faqatgina biror mamlakat yoki mintaqaga tegishli bo‘lib qolmay, hozirgi vaqtda global ahamiyat kasb etmoqda



Yüklə 25,05 Kb.
səhifə1/3
tarix19.10.2023
ölçüsü25,05 Kb.
#157124
  1   2   3
Suv resurslari cheklangani ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi


Suv resurslari cheklangani ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Qolaversa, mazkur jarayon faqatgina biror mamlakat yoki mintaqaga tegishli bo‘lib qolmay, hozirgi vaqtda global ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoning ko‘plab yirik tashkilotlari va ilmiy markazlar bevosita ushbu masala bilan shug‘ullanishadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan 1992 yil “Atrof-muhit va taraqqiyot” mavzusidagi konferensiyada “Barqaror rivojlanish qonsepsiyasi” qabul qilindi (Rio-de-Janeyro, Braziliya) va 2002 yilda Yoxannesburg (JAR)dagi konferensiyada ham davom ettirildi. Unda suv resurslari ham jamiyat, ham tabiat rivojlanishida asosiy omil sifatida e’tirof etildi. Mazkur konsepsiyada tabiat va jamiyat rivojlanishining uch xil, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari targ‘ib etildi.
Iqtisodiy barqaror rivojlanish ‒ ishlab chiqarish kuchlarini hududlar bo‘yicha to‘g‘ri joylashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va shu orqali har qanday mintaqa, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdan iborat. Resurslarning cheklanganligini hisobga olgan holda, ushbu jarayonni mintaqalar bo‘yicha prognoz qilish, bundan tashqari tabiiy resurslarning tiklana olish qobiliyati, imkoniyati, sharoitini har doim o‘rganib, baholab borish ham barqaror rivojlanishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy barqaror rivojlanish ‒ yer yuzida yashaydigan barcha xalqlarning moddiy va ma’naviy hayotini birgalikda, bir xilda rivojlantirish, eng avvalo kishilarning sifatli oziq-ovqat va chuchuk suv resurlari bilan yetarli ta’minlash inobatga olinadi.
Ekologik barqaror rivojlanish ‒ jamiyatning tabiiy resurslarga, tabiat komplekslarining miqdoriy va sifatiy darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasdan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishidir. Konsepsiyaning asosiy mazmuni ham shundan iborat bo‘lib, jamiyat rivojlanishi, davlatlarning taraqqiy etishi, tabiat komponentlariga kuchli ta’sir etmasdan sodir bo‘lishi kerak.
Tabiat boyliklaridan ratsional foydalanishda mazkur konsepsiyaning o‘rni beqiyos bo‘lib, oldingi ishlarda, jarayonga faqat bir tomonlama yondashilgan, hatto ba’zida tabiiy resurslar va ulardan foydalanishga bo‘lgan iqtisodiy va ekologik jihatlar bir-biriga qarama-qarshi holatga kelib qoldi. Holbuki, har qanday mamlakatning asosiy vazifasi, iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholisining farovon hayot kechirishini ta’minlashdir. Lekin shu bilan birga tabiatini, tabiiy boyliklarini ham avaylashi kerak. Konsepsiyada ularning har ikkisiga ham e’tibor qaratildi. Ammo bu borada ham muammolar yetarli bo‘lib, uning amalga oshirilishi ma’lum davr, mablag‘ hamda chuqur bilimni talab qiladi.
Tabiiy boyliklar, xususan suv resurslarini ilmiy o‘rganish, mazkur masalani hal qilishda eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Umuman olganda, suv resurslarini o‘rganishda turli sohalar (tarmoqlar) o‘zining talab va imkoniyati doirasida yondashadi. Ya’ni suv, aksariyat qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan sohalarda alohida ­ alohida tadqiq qilinadi, chunki suv bularning har biri uchun alohida omil bo‘lib ta’sir ko‘rsatadi. Buning misoli sifatida, ba’zi iqtisodiyot tarmoqlarida (asosan, qishloq xo‘jaligi) suvning resurs (tabiiy boylik), ayrimlarida (sanoat, transport) esa sharoit (omil) sifatida o‘rganilishini qayd qilish mumkin. Ya’ni yuqorida qayd qilinganidek, suv ko‘p hollarda qishloq xo‘jaligi hamda unga yaqin sohalar maqsadida tadqiq etiladi [26; 102 b.]. Sug‘oriladigan yerlar suvni yagona resurs sifatida e’tirof etilishiga sababchi bo‘ladi. Garchi sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosi hisoblansada, u butun (agrar) sohani qamrab ololmaydi. Shu sababdan suv tushunchasini alohida qo‘llash har tomonlama ma’qul bo‘lib, tadqiqot obyektini, imkoniyatini cheklab qo‘ymaydi.
Suv resurslaridan xo‘jalikda foydalanish maqsadida o‘rganish bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi. Ularning ayrimlari quyidagilardan iborat:
“Iqtisodiy samaradorlik”, bunda asosiy e’tibor foydaga qaratiladi. Nafaqat suv, balki boshqa tabiiy resurslardan eng avvalo foyda olish, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida foydalaniladi. Biroq shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, samaradorlik o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, balki qaysidir jarayonning davomi yoki natijasi bo‘ladi. Masalan, oqilona foydalanish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, samaradorlikka to‘la-to‘kis erishib bo‘lmaydi. Demak iqtisodiy samaradorlik qaysidir ma’noda oqilona foydalanishning natijasidir.
“Ekologik jihat” yoki tabiiy resurslarni muhofaza qilinishi. Suv tiklanadigan resurslarga kirsa ham, bu tiklanish turli omil, sharoit va jarayonlarga bog‘liq holda uzoq davrni o‘z ichiga olishi mumkin. Shuning uchun ulardan foydalanilayotganda sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatmaslik zarur.
Bu ikkalasi alohida yo‘nalishlar bo‘lib, turli fan sohalari ularni o‘z maqsadi doirasida, chegarasida o‘rganadi. Lekin ularni ajratish yoki bir ­ biriga teskari qo‘yish ham unchalik maqbul hisoblanmaydi. Iqtisodiy va ekologik jihatlar tabiiy resurslarni birgalikda tadqiq qilinishi, aholiga, insoniyatga birgalikda xizmat ko‘rsatishi kerak. Oqilona (ratsional) foydalanish ana shundagina to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi.
Suv resurslaridan ratsional (oqilona) foydalanish deyilganda, insonning ularga nisbatan oqilona, maqsadli hatti ­ harakati tushuniladi, ya’ni u betartib jarayon bo‘lmay, oldindan o‘rganilgan, rejalashtirilgan, shakllantirilgan bo‘ladi. Shuning uchun oqilona foydalanishni amalga oshirish ularning jamiyatda ijtimoiy­iqtisodiy aloqalar va munosabatlar obyekti sifatidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Suvdan foydalanish, odatda, qabul qilingan mezonlar, sharoitlar nuqtai ­ nazaridan jarayonning samaradorligini belgilovchi u yoki bu cheklashlarni nazarda tutadi. Masalan, mazkur resurslardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi ziyon bo‘lsada, ayrim ijtimoiy samaradorlikka erishish avvaldan rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin. “Ratsional” tushunchasi suv resurslaridan foydalanish tarkibini optimallashtirish bo‘yicha harakatlarni bildiradi, unga ko‘ra avvaldan belgilangan shartlar asosida foydalanish jarayoni amalga oshadi, mazkur jarayonning natijasi “samaradorlik” natijasidir. Vaqtinchalik belgilarga ko‘ra, “ratsional” tushunchasi “samaradorlik” tushunchasidan oldingi holat, ya’ni birlamchi tushuncha taassurotini qondiradi[107; 233 b.].
Suvdan foydalanish samaradorligi iqtisodiy kategoriyadir, lekin ushbu tushuncha faqatgina iqtisodiy yoki xo‘jalik ma’nolari bilan cheklanib qolmaydi. U ijtimoiy, rekreatsion va tabiatni muhofaza qilish tushunchalarini ham qamrab oladi. Suv resurslardan foydalanishning har bir jihatiga ma’lum bir turdagi: ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik samaradorlik xosdir. Agar ulardan foydalanish faqat bitta nuqtai nazaridan qaraladigan bo‘lsa, unda faqat ma’lum turdagi samaradorlikka erishiladi. Mazkur samaradorlik esa ulardan foydalanishning boshqa jihatlariga zarar keltirish hisobiga amalga oshishi mumkin. Ushbu jihatlarning talablari ulardan foydalanishning asosiy sharti sifatida qo‘llanilmaydi.
Suv resurslari barqarorligiga putur yetkazmaslikning asosiy sharti antropogen ta’sirlarning, tabiiy resurslar tiklana olish qobiliyati chegarasidan ortib ketmasligidir.
At ≤ Tq [16; 2 b.]
At– antropogen ta’sir;
Tq – tiklanish qobiliyati.
Agar tabiiy resurslar o‘z-o‘zini tiklay olmasa yoki bu jarayon sekinlashib qolsa, insoniyat uchun zarur bo‘lgan barcha tabiiy boyliklar zahirasi kamaya boshlaydi. Demak, ba’zida haddan ortiq samaradorlik ham nafaqat ekologiyaga (atrof ­ muhitga), balki iqtisodning o‘ziga ham zid kelar ekan. Shuning uchun ularni bir-biriga bog‘liq tomonlaridan foydalanib, chuqur tahlil qilgan holda o‘rganish har tomonlama ma’quldir. Mana shu bog‘liqlikni esa muammoning iqtisodiy-ekologik jihati nuqtai-nazaridan tadqiq qilish mumkin.
Suv resurslaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy ­ ekologik jihatlari qaysidir ma’noda mustaqil yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishning afzallik tomoni iqtisodiy va ekologik jihatlar bilan bir xilda tadqiq qilinishidir. Ya’ni, bunda ham eng avvalo iqtisodiy foyda, samaradorlik nazarda tutiladi. Biroq iqtisod ekologiyadan uzoqlashmaydi, unga qarama ­ qarshi kelib qolmasdan, balki, uning qonuniyatlari, shartlarini hisobga oladi, ulardan aynan o‘zining asosiy tushunchasi sifatida foydalanadi. Iqtisodiy samaradorlikka yana kam kuch yoki mehnat sarflash hamda kam resurs ishlatib ko‘proq foyda olishni qo‘shish mumkin. Biroq bu jarayon birdaniga sodir bo‘lmaydi, balki ma’lum bir bosqichni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa tabiiy resurslarni avaylash, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish lozim bo‘lgan sharoitda, ishlab chiqarish rejasi, dasturi har tomonlama puxta bo‘lishi maqsadga muvofiq. Buni iqtisodiy-ekologik samaradorlik sifatida e’tirof etish mumkin. Iqtisodiy samaradorlikka nisbatan, iqtisodiy-ekologik samaradorlik tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda muhim jarayon bo‘lib xizmat qiladi. Suv resurslaridan samarali foydalanishda bu jihatlar birlamchi hisoblanishi mazkur tadqiqotning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi. Suv resurslarini iqtisodiy­ekologik tadqiq etish, mana shu aloqadan xo‘jalikda to‘g‘ri va samarali foydalanish yo‘l­yo‘riqlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligi – tuproqning unumdorligi, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Fan va texnikaning rivojlanishi tuproq unumdorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Bu imkoniyatlardan foydalanish ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteriga ham bog‘liq.
Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida tuproq unumdorligi tushunchasi nafaqat tabiiy, balki iqtisodiy-ijtimoiy-ekologik unumdorlik tushunchasi bilan kengayib bormoqda. Tadqiqotda qayd etilgan olimlarning fikrlarini o‘rganish natijasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini, uning barcha mahsulotlarini insonlar iste’mol qilishini nazarda tutib va uning salomatlikka ta’sirini hisobga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik samaradorlik deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularni, umuman yer yuzidagi barcha voqea-hodisalarni birgalikda, kompleks o‘rganish geografiya fanining asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
Suvdan oqilona foydalanishni tashkil etish tabiiy-tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarga bog‘liq bo‘lganligi muammoning yechimida geografik tahlilning alohida o‘rni borligini belgilaydi. Zamonaviy geografiya fanidagina tabiiy-ijtimoiy omillarni birgalikda o‘rganishga imkoniyat yaratilganligi sababli ham yerva suvdan oqilona foydalanishni hududiy tashkil etish kabi keng va ko‘p qirrali muammoning yechimida geografik yondashuvning ahamiyati va o‘rni beqiyosdir. Ushbu jarayon esa iqtisodiy va tabiiy geografiyaning birligida, hamkorligida va hamfikrligida yanada samarali bo‘ladi. Zero tabiiy sharoit va tabiiy resurslar shakllanishi sof tabiiy jarayon bo‘lsada, undan foydalanishda esa iqtisodiy geografik tushunchalar asosiy o‘ringa ega. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning faqat "tabiiyligi" emas, ularning inson hayoti va xo‘jalik faoliyati uchun zarurligi asosiy sanaladi. Boshqacha kilib aytganda, suv eng avvalo, inson uchun kerak. Shu bois, ushbu fanda tabiat komponentlariga iqtisodiy geografik baho berishda antropotsentrik yoki demotsentrik tamoyilga asoslanish talab etiladi. Suv resurslari miqdor jihatdan o‘zgarmasa ham,uning sifatli, aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan qismi o‘zgarib turadi. Bundan tashqari ular hududlar miqyosida bir xil tarqalmagan, balki, notekis taqsimlangan. Ana shunga o‘xshash muammolarni hal qilish, suv resurslarini hududlar bo‘yicha oqilona taqsimlash iqtisodiy geografiyaning vazifalaridan biriga kiradi[88; 25 b.].
Iqtisodiy geografiya boshqa tabiiy resurslarning ham xo‘jalikda foydalanish nuqtai-nazaridan hududlar bo‘yicha oqilona taqsimlashni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanadi. Bu jihat ushbu fanning asosiy yutug‘i bo‘lishi bilan birga, jiddiy kamchiligi hamdir. Chunki tabiiy resurslar, shu jumladan, suvdan hududlardan tashqari tarmoqlarda ham turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Bu borada uning eng yaqin hamkori, sohasi hamda raqobatdoshi mintaqaviy iqtisodiyot fanidir. Chunki ushbu fan tarmoqlar bo‘yicha ham tadqiqot olib boradi, bundan tashqari uning asosiy maqsadi resurslarning foydalilik koeffitsiyentini o‘rganishdan iborat. Demak mazkur fan iqtisodiy geografiyaga nisbatan amaliyotga ancha yaqinroq turadi. Biroq mintaqaviy iqtisodiyot asosan tarmoqlar bilan bog‘langan. Iqtisodiyot tarmoqlarning tabiiy-xo‘jalik xususiyatlari, tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar, xususan, suv resurslarining hududiy jihatlarini o‘rganishda, iqtisodiy geografiya fani asosiy rol o‘ynaydi. Tabiiy sharoit va resurslarni shakllanishi, ularning zonal xususiyatlarini tabiiy geografiya aniqlab beradi. Demak, mintaqaviy iqtisodiyot iqtisodiy geografiyaga, iqtisodiy geografiya esa tabiiy geografiyaga bevosita bog‘langan. Mazkur bog‘lanishni ikki tomondan yana uzaytirish ham mumkin. Masalan, tabiiy geografiya geologiya va geomorfologiya, bular yana paleogeografiyaga, mintaqaviy iqtisodiyot esa makroiqtisodiyotga va hokazo. Biroq bu yerda asosiy maqsad tabiiy boyliklar, xususan, suv resurslarini tadqiq qilish uchun faqatgina mazkur tabiat unsurlarini xo‘jalikdagi ahamiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fanlar aloqasidan foydalanishdan iborat. Barcha tabiat komponentlari, shuningdek suv resurslari ham tabiatda, tabiiy holda shakllanadi hamda xo‘jalik maqsadlarida ishlatiladi va bu jarayon uzluksiz davom etadi. Suv resurslaridan foydalanishda yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, uni hududiy tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Chunki shu yo‘l bilan undan maqsadli, oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Suv resurslaridan foydalanishni hududiy tashkil etishning iqtisodiy geografik jihatlariga quyidagilar kiradi [24; 38 b.].

Yüklə 25,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin