Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani
39-maktab geografiya fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiiy geografiyaning fan sifatidagi ahamiyati va uning shartlari haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqolada tabiiy geografiyaning tadqiqot uslublari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar.Geografiya, tadqiqot, rivojlanish, qonuniyat, material, faoliyat, predmet, usul.
Har qanday ilm sohasi mustaqil fan rivojlanishi uchun to‘tta asosiy shartni bajarishi lozim. Chunki tabiat, jamiat va taffakkur yangidan yangi bilimlarni bilishga va olishga qaratilgan insonning ijodiy tatqiqot faoliyati bo‘lgan fan shu vaqtga qadar egallanmagan qonunlar haqida ma’lumot beradi.
Tatqiqotchi tabiat va jamiyatning hali ro‘yobga chiqarilmagan hodisa va jarayonlarni nazariya va metotlar yordamida o‘rganadi.[1,18] Shunday ekan o‘rganilayotgan, tatqiq etilayotgan pretmet, material tizm, narsa jarayon va hodisa muayyan ilm sohasining predmeti hisoblanadi. O‘rganilayotgan pretmet o‘ziga xos usullar - metotlar yordamida tekshiriladi, tatqiq etiladi.
Predmetning kashf etilmagan hususiyatlari-qirralari haqida nazariyalar, farazlar bo‘lishi lozim. Nazariyualar orqali isbotlanayotgan soha ma’lum bir vazifani- aniq bir maqsadga qaratilgan bo‘lishi darkor. Bu to‘rt tabiiy geografiya sohasiga tatbiq etilsa tirli darajadagi xilma-xil geosestemalardan tashkil topgan yer usti strukturasini-geografik qobiqni o‘rganish tabiiy geografiyaning predmeti. Geografik qobiqning turli katta kichiklikdagi sestemalarga bo‘lib, tahlil etish - tasvirlash bu fan metodi. Geosestemalar haqidagi nazariyalar asosida ularning hususiyatlarini namoyon etish geografik bilimlarning o‘ziga hosligini tashkil etadi.
- birinchidan Demak, geografik bilimlarning o‘ziga xosligi bu tabiiy yoki ishlab chiqarish tizimlari qanday shakillangan,
- ikkinchidan bu sestemalar ayni chog‘da qanday holatda,
uchunchidan – kelgusida bu sestemalar qanday o‘zgarishga uchraydi.[2,31]
Bu tahlit geografik o‘ziga hosligining negizida - barcha yer ustidagi sestemalar bir biri bilan o‘zaro ta’sirda va aloqada mavjud bo‘lishidir. Chunonchi quruqlik bilan okean doima aloqa va tasirda. Atmosfera bilan gidrosfera ta’sir va aloqada.
Tabiiy geografiya fanlarining o‘rganish pretmeti - geografik qobiq: Geografik qobiqning strukturasi geografik qobiq hududiy strukturasidagi kompanentlarni o‘zganadi. Geografik qobiqda strukturaviy tuzulishdan kelib chiqadigan tabiiy hududiy komplekslar va hududiy ishlab chiqarish. komplekslarning shakllanishi va joylaninish qonuniyatlarini o‘rganadi. Ammo geografiya yer yuzasidagi narsa hodisalarni o‘rganadigan fan sifatida bundan ikkiming yuz yillar paydo bo‘lishiga qaramay mazkur fanning organish pretmeti o‘zgarib turgan. Ayniqsa buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng fanning o‘rganish pretmetiga qarashlar o‘zgarishga uchradi. Chunki yerdagi geografik obektlarni tasvirlash mazmuniga ega geografiya atamasi mohiyatan o‘z vazifasini o‘tab bo‘lgan edi. Materiklar, orollar, okeanlar, dengizlar, tekisliklar tog‘lar kashf etilib ularning geografik ta’riflash vazifasi yuklatilganligi ma’lum edi. Davrlar o‘tishi bilan fanlarning defferentsiyalashuvi yani tarmoqlarga bo‘linib ketish natijasida geografiya fanidan ko‘pgina tarmoq fanlar ajrala boshladi. Shunda tabiatshunos olimlarning uzoqni ko‘zlab fikrlaydigan vakilari geografiya faning tabiatni bir butun tarzda talqin etish bilan muamolari bo‘lishi lozimligi uqtirdilar.
Shulardan biri bor yo‘g‘i 28 yil umr ko‘rgan Nedirlandiya olimi Brenxard Varenius o‘zining “Umumiy geografiya” kitobini yozib 1650 yildayaq “Geografiya yer suv jarini bir butun , o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishi lozim” deb yozgan edi. Shundan keyingi davrlarda nems olimlari K.Pittir “Geografiya butun yer shari” ni A.Tattner “O‘lkalarni ulardagi pretmet va hodisalarning hududiy joylanishi nuqtai nazardan o‘rganishini “F.Retgofen “Yer planeta yuzasini” Fransus olimi E. Mortonk “Yer yuzasidagi inson faoliyati bilan tabiiy, bialogik hodisalar hamda ularning joylani sh sabablarini” o‘rganadi deb ko‘rsatgan edilar.[2,22] Petrburg unversitetining kafedra mudiri P. I. Brounov 1910 yilda geografiya faning obekti sifatida “Yerning tashqi qobig‘i tabiiy tarqalishining hozirgi holatini” o‘rganadi deb yozgan edi. Hozirgi zamon geogriflarining aksariyati P.I Brounovning bu fikriga qo‘shiladilar, ammo “Tashqi qobiq” tushunchasining mazmunini bir xil tatqiq etmasdan, uni “Geografik qobiq,” “Landshaft qobig‘i” “Geosfera” beoganosfera“ “Epigeosfera” va boshqa terninlar mazmuniga yo‘g‘irib tushuntiradilar. Ular ichida hozirgi ko‘pchilik tatqiqotchilar tamonidan etirof etilgan A.A Girigorifning “Geografiyaning bosh vazifasi geografik qobiqning strukturasini o‘rganishdir” degan fikrdir. XX asrning boshqa bir ato qli olimi akademik S.V. Kalisnik geografiya faning o‘rganmish abektini yanada aniqroq ifodalab, geografik qobiq strukturasining "Geografik qobiq taraqqiyoti, shakilanish qonuniyatlari strukturalarining hududiy tarqalishi" deb belgilagan.[2,46]
Aytish lozimki tabiiy geografiyaning pretmeti bilan umumiy geografiya fanlarining pretmeti o‘rtasida muayyan farq mavjud. Gap shundaki, geografiya fanlarini o‘rganish pretmeti geografik muhit bo‘lishi lozim deb hisoblovchi olimlar ko‘pchilik . fransuz olimi Elezi Ryukli tamonidan fanga kiritilgan bu ilmiy ibora falsafiy mazmunga ega bo‘lib, “Kishilik jamiyatini o‘rab turgan inson faoliyati kechadigan tabiiy muhit tushuniladi.”[3,14]
Tabiiy muhit bilan geografik qobiq haqidagi tushuncha V.A.Apuchen, YU.G. Slunkin singari olimlar bir xil mazmunga ega deb hisoblaydilar. Aslida geografiyani muhit geografiyasi qobiq bir bo‘lagi inson tamonidan o‘zgartirilgan , inson foydalaniladigan kishilik jamiyatining hayoti bilan bog‘liq, qismidir. S.V. Kalisnikning fikriga ko‘ra, har qanday “Muhit” jamiyat va ishlab chiqarish bo‘lmasa o‘zining to‘la mazmuniga ega bo‘lmaydi.
Ta’kidlash lozimki, tabiiy va iqtisodiy geografiyani bir butun fan hisoblovchi hududiy kompleks so‘ziga asosiy urg‘uni beradilar, bu fikrni to‘g‘ri va asosli deb hisoblash mumkinki har qanday abekt muayyan hududda mavjud bo‘lib, barcha boshqa pretmet va komponentlar yaxlit kompleks hosil qiladi. Bunday bir butunlik bilan yondashuvda ko‘pincha umumiy geografiyaning qonuniyatlarini asoslash umumiy tatqiqot metodlarini ishlab chiqishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
A.Mamatov “Umumiy yer bilimi” Qarshi.: 2017 yil, 24-25 betlar
L.Abdunazarov “Geografiya sohasidagi o’zgarishlar va yangi yerlarning ochilishi” “Turon” Qo’qon.: 2018 yil, 39 bet
A.Masrurov “Geografiya fanining o’ziga hos hususiyatlari” ilmiy maqola, Toshkent.: 2020 yil, 3-bet.
M.To’xtamatova “Geoqobiq va geoolam”, “makon va zamon”, Farg’ona.: 2018 yil, 38-bet.