Tabiat zonalari, balandlik mintaqalari



Yüklə 17,82 Kb.
tarix10.09.2023
ölçüsü17,82 Kb.
#142555
6 40


6 - sinf, . sana


Mavzu : TABIAT ZONALARI, BALANDLIK MINTAQALARI
Maqsad:

  1. Ta’limiy maqsad: yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarda BMK xosil qilish

  2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni MIG’ va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash

  3. Rivojlantiruvchi maqsad : o’quchilarni erkin fikrlashga o’rgatish, dunyoqarashini kengaytirish

Dars turi: yangi bilim berish.
Dars metodi: an’anaviy, aqliy hujum, suhbat, ….
Dars jihozi: jahon va O’zbekiston siyosiy haritasi, turli tarqatmala, globus…
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish.

  2. Davomatni aniqlash.

  3. O’quvchilarni darsga tayorligini tekshirish.

II O’tilgan mavzuni takrorlash
III Yangi dars bayoni.
Tabiat zonalari. Materikda kenglik va balandlik tabiat zonalligi kuzatiladi. Uning tekislik qismida ekvatorial, subekvatorial o’rmonlar, savannalar, dasht, chalacho’l, cho’l va keng bargli o’rmonlar zonalari shakllangan.
Ekvatorial o’rmonlar zonasi. Janubiy Amerikada ekvatorial o’rmonlar zonas ekvatorning har ikki tomonida joylashgan. Ekvatorial o’rmonlar bu yerda selva (portugalcha, “o’rmon“) deb ataladi. Janubiy Amerikada ekvatorial o’rmonlar katta maydonni egallagan. Amazonka havzasidagi o’rmonlar egallagan hududlarga Amazoniya deb nom berilgan. Faqat Braziliya Amazoniyasidagina 4000 ga yaqin daraxt turi uchraydi. Amazoniya ko’pgina qimmatbaho daraxtlar - kauchuk beradigan geveya daraxti, palmalarning har xil turlari, kakaodaraxti, seyba (paxta) daraxti (balandligi 80 m), qovun daraxti va boshqalar vatani hisoblanadi. Eng yengil va qattiq bals daraxti shu zonada o’sadi. Undan T.Xeyerdal о’zining “Kon-Tiki“ kemasini yasagan. O’rmonlarda yirik daraxtlar tanasiga chirmashib ketgan chirmoviq o’simliklar o’sadi.
Afrikadagidek bu yerda ham ekvatorial o’rmonlar tagida podzollashgan laterit tuproqlar - qizil-sariq ferralitlar vujudga kelgan.
Zonaning hayvonot dunyosi Osiyo va Afrika hayvonlari kabi, daraxrlarda yashashga moslashgan, Masalan, dumi bilan osilib yashashga moslashgan maymunlar, yalqovlar hatto qurbaqa va kaltakesaklar ham daraxtlarda yashaydi. Daryolar bo’yida suv havzalarida va botqoqli yerlarda tuyoqli hayvonlar - tapirlar va suv cho’chqasi karibarlar, eng yirik bo’g’ma anakonda iloni, yirtqich piranya balig'i - „daryo odamxo’ri“ yashaydi. Qalin o’rmonlar orasida yirtqich hayvonlardan yaguar uchraydi.
Qushlardan kolibri qushi, xilma-xil to’tilar, katta shaftolixo’rlar ko’p tarqalgan. Yirik kapalaklar, yaltiroq qo’ng’izlar, o’rgimchaklar va chumolilarning xilma-xil turlari bor.
Subekvatorial о’rmonlar zonasi. Bu zona Braziliya hamda Gviana tog’liklarining shimoliy yonbag’irlarini egallaydi. Braziliya tog’ligidagi o’rmonlarda yomg'irli mavsum uzoq davom etadi, qurg'oqchil davr esa uch-to’rt oygacha cho’ziladi. Shu sababli o’rmonlarda bargini to’kadigan daraxtlar soni orta boradi. Subekvatorial o’rmonlarda yiliga 2000-3000 mm yog’in yog’adi. Gviana tog’ligining shimoliy qismida yog’in bundan ham ko’p yog’adi. Natijada doimiy yashil o’rmonlar tarkib topgan.
Savannalar zonasi subekvatorial iqlim mintaqalari hududidagi pasttekisliklarda, yassi tog’liklarda tarkib topgan. Materikning Shimo­liy yarimshardagi savannalarida daraxt o’simliklar (palmalar va akatsiyalar) ko’p, Janubiy yarimshardagi savannalarda esa kam o’sadi.
Savannalarning hayvonot dunyosida kichik bug’ular - mazamlar, yovvoyi cho’chqalar - pekarlar, zirhlilar - shox moddadan iborat qalqoni bo’lgan sutemizuvchi hayvonlar, chumolixo'r, kemiruvchilar, yirik qushlardan nandu tuyaqushi yashaydi.
Bu zonada sernam savanna o’rmonlari, quruq savanna, cho’lga aylangan savanna, siyrak o’rmonli savanna va butazorli savanna tabiat komplekslari mavjud.
Dashtlar zonasi. Savannalardan janubda, subtropik iqlim minta­qasida dashtlar zonasi joylashgan. Dashtlar Janubiy Amerikada pampa (indeyeslar tilida “daraxtsiz“ yerlar) deb ataladi. Dashtlarda, asosan, o’t o’simliklaridan chalov, betaga, yovvoyi tariq va boshqalar uchraydi.


V Mustahkamlash
VI Dars yakuni.

  1. Yangi mavzuni xulosalash.

  2. O’quvhilarni baholash.

Uyga vazifa: Test tuzish,mavzuni, o’zlashtirish
Yüklə 17,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin