Aim.Uz
JANNAT ONALAR OYOG‘I OSTIDA
TADBIR SSENARIYSI
Maqsad: o‘quvchilarning onalarga bo‘lgan mehr-muhabbati, e’tiborini oshirish, ulug‘lashga, qadriga yetishga o‘rgatish.
Tadbirning borishi
1- boshlovchi: — Aziz ustozlar, mehribon ota-onalar, qadrli do‘stlar! Bugungi «Jannat — onalar oyog‘i ostida» deb nomlangan musiqali badiiy kechamizni ochiq deb e’lon qilamiz!
2- boshlovchi:
Assalom, mo‘tabar,
aziz onalar,
Assalom — olamning oliy
kalomi!
Ta’zim aylagayman, sizga, ey,
ustoz,
Bu mening samimiy ko‘nglim
salomi!
(Doira, nog‘ora sadolari ostida beshik olib kiriladi. Ona rolidagi o‘quvchi «bola»ni beshikka belab, alla aytadi).
Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla…
Shirin allam tinglab asta
Orom olgin, alla…
Kelajakning mevasisan,
Alla aytay, alla-yo…
Ko‘zim nuri, dilbandimsan,
Suyanchig‘im alla.
Allayo-alla, allayo-alla…
(Ona alla aytib, beshikka boshini suyaganicha uxlab qoladi.
O‘quvchilar onaga qarab Sobira Xalitovaning «Onajon» she’rini o‘qishadi).
Quyosh olar nurni
Onalarning qalbidan.
Tog‘lar olgan bardoshni
Onalarning sabridan.
Uyimiz nurga to‘lar
Onajonim bor bo‘lsa.
Ko‘zlarim yosh ko‘rmaydi
Onam baxtiyor bo‘lsa.
Ona mehri beqiyos,
Daryolarga tenglashar.
Ona hurmati uchun
Osmon yerga engashar.
(«Onajon» qo‘shig‘i).
(Musiqa yangrab, Bahoroy kirib keladi).
Bahoroy: — Salom, mening sevimli o‘g‘il-qizlarim! Men — zumrad Bahorman. Meni sog‘ingandirsiz-a? Gullar, ariqlarda oqar suvlarimni, qizlarning gullar bargidan qirq kokil taqishini, bir-biridan go‘zal, sermazmun bayramlarimni-chi? Ayniqsa, 8- mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramim juda ajoyib va go‘zal!
Men ham onaday mo‘tabar inson oldida bosh egaman. Onalarimiz, ayollarimiz doim sog‘-omon bo‘lsinlar!
(Qizlar raqsi «Bahor valsi»).
Dostları ilə paylaş: |