Takomillashgan dts va o‘quv dasturlari



Yüklə 21,78 Kb.
səhifə1/2
tarix05.10.2022
ölçüsü21,78 Kb.
#64582
  1   2
1-ma\'ruza


1-Mavzu: Boshlang‘ich ta’lim DTS tahlili
Reja:
1. Takomillashgan DTS va o‘quv dasturlari
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf DTS talablari
3. Boshlang‘ich ta’lim sohalarining maqsad va vazifalari


Takomillashgan DTS va o‘quv dasturlari
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishning beshta asosiy yo‘nalishlarida ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish borasida ham yo‘l-yo‘riqlar ko‘qsatib o‘tilgan. Shunga binoan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yurtimiz olimlari, tajribali amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat Umumiy o‘rta ta’lim standarti hamda o‘quv-metodik materiallarni ekspertizada o‘tkazish bo‘yicha ekspert guruhi tashkil qilindi, guruh amaldagi umumiy o‘rta ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli izlanishlar qilindi. Guruh boshlang’ich umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlari bo‘yicha DTS lari asosida har bir sinf uchun o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yilgan talablarni qayta ko‘rib chiqish va ekspertiza natijalari asosida ularni takomillashtirish vazifalarini bajardilar.


Umumiy O‘rta ta’lim maktablarining boshlangich sinflari uchun DTS talablari
Boshlangich ta’lim jarayoni bolaning mantiviy tafakkur qila olishi salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarshi, kommunikativ savodxonligi va o‘z- o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga jismonan soglom bo‘lishga moddiy borliq go‘zalliklarni xis eta olishga, g o‘zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirish va ardoqqash, ularga rioya ?ilishga o‘rgatadi.
Boshlangich ta’lim bosqichi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida davlat boshlangich sinf o‘quvchilaridan standartda belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlarga erishishni talab qiladi va o‘z navbatida bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun zarur bo‘lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi.
Boshlanlich ta’lim davlat standarti o‘quv predmeti bo‘yicha emas, balki ta’lim sohalari bo‘yicha belgilandi. Ta’lim sohalari bo‘yicha standart ko‘rasatkichlari 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta’lim mazmunining miqdoriga asoslanib belgilanadi. Boshlangich ta’lim davlat ta’lim standartining belgilanishi shu bosqichda ta’lim mazmuni ko‘lamini chegaralash, ta’lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. Davlat ta’lim standartini belgilash boshlangich ta’lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (davr talablari nuqtai nazardan yangilash) ni ko‘zda tutadi.
Davlat ta’lim standarti boshlangich ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan ijtimoiy talabga asoslangan holda o‘quvchilar egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning egallagn bilim, k o‘nikma va malakalarni baholash mezonlarni belgilashga imkon yaratadi. Boshlangich ta’lim standartining asosini davlat va jamiyatning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda ayni shu boshlangich sinf o‘quvchilarida ko‘nikama va malaka hosil qilishga qaratilgan ta’lim sohalarining mujassamlashgan predmentlari tashkil qiladi.
Boshlangich ta’lim standarti mazkur ta’lim bosqichining har bir ta’lim sohasi uchun belgilangan standart predmentlari mazkur ta’lim sohasining modernizatsiyalashtirilishi shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta’lim jarayonining vosita va metodlari hmda umumpedagogik, psixologik, texnologik tizimi va darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda butun e’tibor boshlangich ta’lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik, uzviylik, tadrijiylik va to‘laqonlilikni saqlab qolishga qratiladi.
Boshlangich ta’lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan qo‘yildigan talabda ta’lim sohalari bo‘yicha o‘zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uygunlik to‘la ta’minlangan bo‘lmogi kerak. Shu jihatdan boshlangich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponetlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlangich ta’lim jarayonida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyani qo‘llash imkonni beradi. quyidagi pedagogik omillar ta’lim jarayonida yangi texnologiyalarni qo‘llash uchun asos yarata oladi:
- boshlangich ta’lim jarayoniga kiritilgan har bir ta’lim sohasi bo‘yicha belgilanadigan ta’lim mazmuniga o‘quv materiallarning tadrijiy tarzda berilishini ta’minlash;
- ta’lim jarayonini ta’lim sohalarning maqsadiga
bo‘ysundirish va ta’lim sohalararo maqsadlarga mutanosibligini ta’minlash;
- har bir ta’lim sohasi bo‘yicha boshlan?ich sinf o‘quvchilarida hosil bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq darajalarini hamda ta’lim natijasini baholash mezoniga qo‘yiladigan talablarni boshlangich ta’lim standartining asosiy parametrlari bo‘yicha ishlab chiqish.
Boshlangich ta’lim standarti ta’lim sohalariga qo‘yilgan standart ko‘rsatkichlarini mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini ta’lim sohalarida belgilab qo‘yilgan ta’lim standartining ko‘rsatkichlari tashkil etadi. Ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim natijasining sifati xuddi mana shu ko‘rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o‘rinda belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o‘lchov birliklarida ifodalanadi.
Davrning dolzarb talablari va jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta’lim tamoyillariga asoslanib jahon tajribasiga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasidagi boshlangich ta’lim tayanch o‘quv rejasi doirasiga ona tili, matematika, tabiat hamda inson va jamiyat ta’limi sohalari kiritiladi.
Boshlangich ta’lim bosqichida xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, arab kabi) tillarni o‘rganish ixtiyoriy bo‘lib, u maktab komponetidagi soatlar hisobiga amalga oshirilishi mumkin. o‘zbek maktablari uchun rus tili, o‘qishlar boshqa tillarda (rus, qozoq, turkman, tojik, qirgiz va boshqa) olib boriladigan maktablarda davlat tili (o‘zbek tili) ni o‘qitish konsepsiyasidan hamda "Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili davlat ta’lim standarti" da o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu sohalarda olib boriladigan ta’lim mazmuni mazkur standart talablariga tayangan holda belgilanishi lozim.
1-4 sinflar
1. Ona tili va o‘qish
Boshlangich sinflarda o‘quvchilar ona tili va o‘qish bo‘yicha quydagi bilim, ko‘nikama va malakalarni egallashlari shart.
A) o‘qish texnikasi bo‘yicha:
-bir daqiqada 80-90 so‘zni o‘qiy olish talablari.
- xarflarni to‘gri talaffuz etish.
- so‘zlarni to‘gri o‘qish.
- gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o‘qish.
- gapdagi tinish belgilarni talaffuzi



Yüklə 21,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin