SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1268
TA’LIM JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QO’LLASH
Ikromova Ominaxon Elmurod qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7309531
Annotatsiya.
Multimediali taqdimoq-bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va
eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida multimedia vositalarini
qo’llashning muammo va kamchiliklari hamda ularning samaradorligi haqida kerakli ma’lumot
va tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
axborot texnologiyalari , multimedia , axborot tizimlari , muammo va
kamchiliklar, imkoniyatlar , interfaollik.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ В
ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ
Аннотация.
Мультимедийная презентация на сегодняшний день является
единственной и самой современной формой представления информации. В данной статье
представлена необходимая информация и рекомендации о проблемах и недостатках
использования мультимедийных средств в образовательном процессе, а также их
эффективности.
Ключевые слова:
информационные технологии, мультимедиа, информационные
системы, проблемы и недостатки, возможности, интерактивность.
USE OF MULTIMEDIA TOOLS IN THE EDUCATIONAL PROCESS
Abstract.
Multimedia presentation is today the only and most modern form of information
presentation. This article provides the necessary information and recommendations about the
problems and disadvantages of using multimedia tools in the educational process, as well as
their effectiveness.
Key words:
information technologies, multimedia, information systems, problems and
shortcomings, opportunities, interactivity.
KIRISH
O’zbekiston milliy ta’lim-tarbiya jarayonida multimedia vositalarini qo’llash
tajribasi
shakllanib bormoqda. Negaki bu ayni vaqtda zamon talabidir. Taraqqiy etib borayotgan
information vositalar jamiyatimizda ijtimoiy rivojlanishining asosini belgilovchi an’anaviy
imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligini ishga ijodiy
yondashishi, intelektual faoliyati, mustaqil ravishda o’z bilim va ko’nikmalarini
takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash , uzatish , qabul
qilish bilan bog’liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatini
turli soxalarida komyuter
texnologiyalarini rivojlantirishlarini ko’zda tutadi.
Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki , bunda texnikalashtirish va
komyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli soxalari , balki madaniyat va ta’lim
soxalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi
ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko’tardi. Bu o’z o’rnida ta’lim mazmunini ,
metod va
shakllarini qayta ko’rib chiqish uchun yangi bilim hamda ko’nikmalar bilan yanada boyitish
zaruriyatini tug’dirdi.