Ta’lim mavzulari va ularni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar



Yüklə 16,82 Kb.
tarix18.11.2022
ölçüsü16,82 Kb.
#69802
2,4 Mustaqil ta\'lim


2.4. “Sonlarning bo’linishi” moduli bo’yicha mustaqil
ta’lim mavzulari va ularni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar


2.4.1. Mustaqil ta’lim mavzulari

1. Bo’linish alomatlari.


2. Yevklidning hayoti va ijodi.
3. Eratosfenning hayoti va ijodi.
4. Murakkab songa bo’linish alomati.
5. 7, 11, 13, 27 ga bo’linish alomatlari.
6. Mukammal sonlar.
7. A son bilan o’zaro tub A sondan kichik sonlar to’plamini aniqlash .
8. Sonning natural bo’luvchilari sonini aniqlash. NBS=?
9. Sonning natural bo’luvchilari yig’indisini aniqlash. NBY=?
10. Berilgan sonlarning EKUBni Yevklid algoritmi yordamida aniqlashni yushuntirish.


2.4.2. Mustaqil ta’lim yuzasidan ko’rsatmalar

Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda o’qituvchining rahbarligi, nazorati ostida muayyan o’quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadi ko’zlanadi.


Mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning bilim, fan asoslarini puxta o’zlashtirish darajasi va qobiliyati hisobga olinadi. Talabalarning mustaqil ishlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi: muayyan mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; berilgan mavzular bo’yicha referat tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; seminar mashg’ulotlarini tashkil etishga tayyorgarlik ko’rish; o’zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda muayyan mavzular mohiyatini yorituvchi maketlar, modellar, ijodiy ishlarni yaratish, ilmiy maqolalar, nashr ishlarida chop etilgan pedagogik mazmundagi maqolalar yuzasidan taqrizlar yozish, mualliflik dasturlari, ilmiy loyihalar, dars ishlanmalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning stsenariylarini tayyorlash.
Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish o’quv mashg’ulotlarini olib boradigan o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalar uchun tegishli fan bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari mas’ul kafedra professori tomonidan o’quv mashg’ulotini bevosita olib boruvchi o’qituvchi bilan birgalikda tuzilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabalarga axborot manbasi sifatida darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar, metodik ko’rsatma, tavsiyanomalar, ma’lumotlar to’plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet materiallari, mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar ro’yxati, alfavitli katalog kabilar taqdim etiladi.
Yüklə 16,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin