Ta‘lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimi printsipiga asoslanishi, ya‘ni, ta‘lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim



Yüklə 128 Kb.
səhifə1/2
tarix18.04.2023
ölçüsü128 Kb.
#100213
  1   2
Хулоса




Mundarija



Kirish.
Ta‘lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimi printsipiga asoslanishi, ya‘ni, ta‘lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim. 2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab – quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ― Ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish‖ (4.3) bo’limida ―Mehnat bozorida extiyoj yuqori bo’lgan mutaxasislarni tayyorlash tizimini kengaytirish‖ masalasi amalga oshiriladigan dolzarb tadbirlar qatorida keltirilgan2 . Iqtisodiy o’sishni ta'minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish vazifalarini hal etish uchun bu vazifalarni muvaffaqiyatli va ishonchli bajaruvchi kadrlarni tayyorlash shu kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qoldi. Web - dasturlash internet-texnologiyalarining yangi va tez rivojlanayotgan sohasiga aylangan. Web – sahifalarni tayyorlash va ularni internetda aks ettirishdan maqsad turli axborotlarni ma’lumotnoma sifatida berish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni reklama qilish, adabiy asarlar, musiqa va rasmlarni keng omma uchun tarqatish kabi masalalarni hal etishdir. Foydalanuvchilarga biror mavzudagi axborotni taqdim etuvchi sayt puxta o’ylangan, mukammal ishlangan va doimo yangilanib turuvchi axborotlarga ega bo’lgan sahifalardan tashkil topadi.
―Web- dasturlash‖ o’quv qo’llanmasining maqsadi web-sahifani ishlab chiqish misolida amaliy dasturlashtirishning nazariy asoslarini va tamoyillarini, ularning funktsional va strukturaviy tashkil etilishini, maxsus dasturlashtirish tillarini ishlatgan holda dinamik web-sahifalarni hosil qilishning usullarini va uslubiyatlarini o’rgatishdan iborat. ―Web – dasturlash‖ fanini o’qitilishining asosiy vazifasi: Internetning ishlash printsipi, web-texnologiya asoslari, web-dizaynning asosiy mohiyatlari, gipermatn belgilash tili HTML, web – sahifani JavaScript dasturlash tili yordamida boshqarish, Web – sahifalarda grafikadan foydalanish kabi mavzularni talabalarga o’rgatish va amaliy natijalarni olishda ko’maklashishdir. Web dasturlovchi yangi loyiha tuzishi uchun kompyuter va boshqa texnik vositalardan foydalanishni o’zlashtirgan bo’lishi zarur. «Web - dasturlash» fani ―Informatika‖, ―Internet texnologiyalari‖ ,―Axborot texnologiyalari va tizimlari‖, "Algoritmlash asoslari va algoritmik tillar", ―Dasturlash texnologiyalari‖ kabi fanlar bilan mukammal bog’langandir.
Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va gipеrko’rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web tеxnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga intеr faol xususiyati bеrildi. Web tеxnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web sеrvеrining ishini еngillashtirish, xar-xil ishlar uchun Web sеrvеrini bеzovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyutеrining o’zida yaratishdir. Web tеxnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar CGI dasturlar bilan bеvosita bog’liq bo’lib, CGI dasturlar sеrvеrda joylashgan va sеrvеr imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular sеrvеrga kеlgan so’rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo’ladi. Web sahifa Intеrnеt tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, vidеo, audio ma'lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Intеrnеt rеsurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tеgishli ma'lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadanqancha vaqtini tеjash imkonini bеradi. Shu bois matеmatika va informatika yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web tеxnologiyalarni alohida kurs sifatida o’qitila boshlandi. Ushbu qo’llanma kamchiliklardan xoli emas. Bundan tashqari turli o’quv muassasalarida o’quv ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish bo’yicha turli xil tajribalar to’plangan. Biz quyida webtehnologiyaning asosiy tushunchalari bilan tanishib chiqamiz.
I BOB. OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA WEB DASTURLASHNI O’RGATUVCHI AMALIY LOYIHA ISHLAB CHIQISHNI NAZARIY TAHLIL QILISH



Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin