Tа’lim vаzirligi mаktаbgаchа tа’lim tаshkilotlаri direktor vа mutаxаssislаrini qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#45425
  1   2
ERGASHEVA ZUHRA




OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI MАKTАGАCHА 

TА’LIM VАZIRLIGI

MАKTАBGАCHА TА’LIM TАSHKILOTLАRI  DIREKTOR VА 

MUTАXАSSISLАRINI QАYTА TАYYORLАSH VА ULАRNING 

MАLАKАSINI OSHIRISH INSTITUTI

MАLАKАVIY LOYIHА ISHI

Ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish 

borasidagi tashabbuslarini qo’llanilishi

.

MT 25-guruh tinglovchisi

:

Ergasheva Zuxraxon Muzaffarovna

Malakaviy loyixa ishi raxbari

:

Katta o`qituvchi Z.V.Umarova


Mavzuning dolzarbligi

Ota-onalar ta’lim jarayoni qatnashchilari.



Ota-onalar bilan hamkorlik jihatlari maqsad va 

vazifalari

Ota-onalar qo‘mitasi va jamoachilik bilan ishlash 



usullari

OTA-ONALARNING TASHKILOT HAYOTIDA 



ISHTIROK ETISH BORASIDAGI muammolar va 

ularning yechimlari

Xulosa



O’zbekistonda ta’lim ijtimoiy-iqtisodiy, g’oyaviy - madaniy hayotning eng muhim

yo’nalishidir. Ta’limning xuquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasi, «Ta’lim

to’g’risida» gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’z aksini topgan.

pedagoglar oldiga juda katta vazifalarni qo’yadi. Pedagogning vazifasi tinch,

osoyishta hayotimizga qarshi turli tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab

va tahlikali zamonda o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama bilimdon,

barkamol va raqobatbardosh etib tarbiyalash, ularni begona va zararli g’oyalardan

saqlash, o’z yurtiga sadoqatli insonlar qilib yetishtirish bilan belgilanadi. Xo’sh bu

vazifa qaerda va qanday bajarilishi kerak? Ma’lumki, insonni voyaga yetishida

uchta omil: nasl, oila, muhit muhim o’rin tutadi. Bu omillarni bir-biridan ajratib

bo’lmaydi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda ana shu uch omil o’rtasidagi

hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratilishi lozim. Bu masalada uzluksiz

ta’limning bosh bo’g’ini hisoblangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’z o’rni

mavjud. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda

mahoratli pedagog bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan ota-onalar bilan

samimiy aloqada bo’lishi nihoyatda muhim. MTT va oila bir-biri bilan mustahkam

bog’liq hamda ular o’rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilsa, bola shuncha

ko’p yordam oladi hamda uning dastlabki ta’lim tajribasi muvaffaqiyatli bo’lishi

extimoli ortadi.




Ma’lumki, MTT dagi bolalar, ota – onalar va pedagog xodimlar

maktabgacha ta’lim jarayonining ishtirokchilaridir.

Ota – onalar o’z bolalari uchun o’qitish va tarbiyalashning shakllari, MTT



turi va ta’lim berish tilini tanlash huquqiga ega va MTT dan o’z

farzandining shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishni talab

qilish mumkin.

Demak, MTT dagi bola faoliyati bevosita ota – onalar qonun doirasidagi



talab – istaklari asosida olib borilar ekan Bu holatni quyidagicha ifodalash

lozim


Oilada ota–onaning bola tarbiya-sida “Ijobiy o’rnak” ko’rsatishi. Ota –

onaning oilaviy sog’lom muhitni tashkil etishi uchun ibrat – namuna

ko’rsatishi, oilada bola tarbiyasiga ruhiy ta’sir qiluvchi omillarni hisobga

olinishi, oilada salomatlik tamoyillariga amal qilinishi, salbiy ta’sirlarni

bartaraf qilishga bo’lgan harakatlar




Bolaning oilasi bilan hamkorlik munosabatlarini yo’lga 

qo’yish;

Bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash maqsadida 



pedagoglar hamda ota-onalarning sa’i-xarakatlarini 

birlashtirish;

Emosional jihatdan qo’llab-quvatlash va o’zaro 



tushunish muhitini yaratish;

Ota-onalarni psixologik-pedagogik kompetentligini 



oshirish;

Ota-onalarga ular tomonidan tarbiyaviyva korreksion 



vazifalarni bajarishda ko’maklashish;

Ota-onalarga logopedik ish usullarini o’rgatish;





Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin