Bu hujjat ikki yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqiy munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, o`zgartirish yoki to`xtatishni nazarda tutadi. Shartnomalar davlatlararo, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy korxonalar va hatto fuqarolar o`rtasida ham tuzilishi mumkin. Mahsulotlar yetishtirish, ularni xarid qilish, qayta ishlash, mulkiy javobgarlik, binolar qurish, turar joy ijarasi, uy-joy, dala hovli, transport vositalarining oldi-sotdisi, mol-mulkni hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, qarz berish va hokazolar haqida korxona bilan korxona, fuqarolar o`rtasida shartnomalar tuzilishi mumkin.
Shartnomalar o`z mazmuni va mohiyatiga ko`ra amaldagi qonunlarga to`la mos bo`lishi shart. Shartnomalar tomonlar imzolaganlaridan so`ng yoki notarial idora tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Hozirgi paytda qo`llanishda bo`lgan shartnomalar mazmun va shakl jihatdan turli-tumandir. Shartnomalarning ayrim turlari avvaldan tayyor, bir xil mazmundagi andoza asosida tuzilsa, ayrimlari esa unda belgilanayotgan vazifa va majburiyatlarning turli-tumanligiga qarab har safar ish jarayonida yangicha mazmun va shakldagi matn asosida tayyorlanadi.
Turmushda ko`p qo`llanishda bo`lishini hisobga olib talabalar o`rganishlari uchun korxona va fuqaro o`rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (bitimi)ning zaruriy qismlariga to`xtalamiz. Ular quyidagilar:
Turmushda ko`p qo`llanishda bo`lishini hisobga olib talabalar o`rganishlari uchun korxona va fuqaro o`rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (bitimi)ning zaruriy qismlariga to`xtalamiz. Ular quyidagilar: