ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HAMKORLIK Mashg‘ulotning maqsadi: Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorliklar, turli davlatlarning atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konvensiyalar to‘g‘risida tushuncha berish
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: Ekologik hamkorlikning zaruriyati. Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi va yer yuzida ekologik xalokatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlarning, 7,8 mlrd. dan ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Mavjud ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida, umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o‘z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorlikning zarurligi sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta’siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib kelib chiqadi. Oxirgi yillarda insoniyatni tashvishga solayotgan ko‘plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo‘li bilan hal qilinishi mumkinligi ma’lum bo‘lib qoldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratiladi: 1. Atrof muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma va konvensiyalar; 2. Xalqaro ekologik tashkilotlar faoliyati.
Turli davlatlarning atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konvensiyalar keng qo‘llaniladi. Bunday hamkorlik dastlab XIX asrning birinchi yarmida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo‘nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko‘chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta e’tibor berilgan. Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish haqida 70 dan ortiq shartnomalar, konvensiyalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi Xalqaro konvensiya 1931-yilda tuzilib, unda Anktarktida atrofidagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlanmaslik ko‘rsatilgan edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963- yili Moskvada tuzilgan atmosfera, suv osti kosmik fazodagi yadro sinovlarini ta’qiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega.
1973 yilda nodir hayvon va o‘simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash to‘g‘risidagi (SITES) xalqaro konvensiya tuzildi.
1972 yili Stokgolmda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘tqazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning I-Umumjaxon konfyerensiyasida 5-iyun
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb e’lon qilingan. 1973-yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaharli ximikatlar bilan ifloslanishining oldini olish yuzasidan yangi Xalqaro konvensiya qabul qilindi. 1978-yili Ashxobodda o‘tgan Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Ittifoqi (XTMI) bosh assambleyasida Jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi.
1982-yil BMTda Tabiatni muhofaza qilishning umumjahon Xartiyasi qabul qilindi. Bu muhim hujjatlarda tabiatni muhofaza qilishning prinsiplari va ko‘p yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Atrof muhitga inson ta’sirining kuchayishi 1985-yili Venada ozon qatlamini muhofaza qilish konvensiyasi, 1992-yili-Rio-De-Janeyroda Biologik xilma-xillikni saqlash, iqlimning o‘zgarishi, cho‘llashish bo‘yicha va boshqa konvensiyalarning tuzilishiga sabab bo‘ldi.
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik turli davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatida ham amalga oshiriladi. Bunday hamkorlik maqsadlari, tuzilishi va faoliyati bilan farqlanadi, hamkorlik haraktyeriga ko‘ra ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama, regional va subregional bo‘lishi mumkin.
Atrof-muhitni va biosferani muhofaza qilish, asrash, avaylash borasida BMT
Birlashgan Millatlar Tashkiloti YUNESKO va boshqa birlashmalar jamg’armalar o’z dasturlarini qabul qibul qilganlar.