Tarmoq havfsizligi



Yüklə 470,99 Kb.
səhifə1/9
tarix02.01.2022
ölçüsü470,99 Kb.
#50909
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mustaqil ish yandi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

FARG‘ONA FILIALI
TARMOQ HAVFSIZLIGI

FANIDAN
MUSTAQIL ISHI


Bajardi: М. Abdug‘afforov


Qabul qildi: J. Mirzayev

Farg‘ona-2021
Tarmoq arxitekturasi va standartlashtirish.

Reja:


  1. Kirish

  2. Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi.

  3. Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura.

  4. Tarmoq topologiyalari

  5. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar.



  1. Kirish

Tarmoq arxitekturasi deganda - bu kompyuter tarmog’ini loyihalash va ishlab chiqish jarayoni tushunialadi. Arxitektura tushunchasi tarmoqning fizik tarkibiy qismlarini, ularning funktsional ob’ektlari, konfiguratsiyasini, printsiplari va ishlash tartiblarini va foydalaniladigan aloqa protokollarini aniqlashni ifodalaydi. Shuningdek, tarmoq arxitekturasi aloqa tarmog’i orqali taqdim etiladigan xizmatlar va ularning batafsil tavsiflarini, taqdim etiladigan xizmatlarni hisob-kitob qilish va hisob-kitob tuzilmalarini o'z ichiga oladi.

Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi deganda kompyuterlarni o’zaro bog’lanishi, bog’lanish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar, ularning xususiyalatlari, standartlari, kompyuterlar o'rtasida vazifalar qanday taqsimlanganligi va boshqa ko’plab jarayonlar tushuniladi. Tarmoq arxitekturasining eng ko'p ishlatiladigan ikki turi mavjud: peer-to-peer va mijoz-server.

Global miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining o’zaro bog’lanishi natijasida Internet tarmog’i tashkil topadi. Internet tarmog'ining arxitekturasi, avvalambor, tarmoqdagi tugunlarni yoki tugunlarni ulash uchun ma'lum bir modelda yoki apparat ulanishlarining ma'lum turlarida foydalanishda emas, balki Internet protokollari (TCP/IP) arxitekturasidan foydalanishni ifodalaydi. Shunday qilib har bir texnologiya orqali loyihalashtiriladigan tarmoq o’zining arxitekturasiga ega bo’ladi, masalan, OSI, TCP/IP, umumfoydalanish telefon tarmog’i, mobil aloqa tarmoqlari va boshqalari. Ushbu ma’ruzada kompyuter tarmoqlarining arxitekturalari muhokama etiladi.



  1. Yüklə 470,99 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin