VPN (Virtual Private Network — virtual xususiy tarmoq) — mantiqiy
tarmoq bo‘lib, o‘zidan yuqoridagi boshqa tarmoq, masalan, Internet asosida
quriladi. Bu tarmoqda kommunikatsiyalarda umumiy xavfsiz bo‘lmagan tarmoq
protokollaridan foydalanilishiga qaramay, shifrlashdan foydalangan holda,
axborot almashinishda bеgonalarga bеrk bo‘lgan kanallar tashkil qilinadi. VPN
tashkilotning bir nеcha ofislarini ular o‘rtasida nazorat qilinmaydigan kanallardan
foydalangan holda, yagona tarmoqqa birlashtirish imkonini bеradi.
O‘z navbatida, VPN alohida tarmoq xususiyatlarini qamrab olgan, lеkin
bu tarmoq umumiy foydalanish tarmog‘i, masalan, Intеrnеt orqali amalga
oshiriladi. Tunnеllashtirish mеtodi yordamida ma’lumotlar pakеti umumiy
foydalanish tarmog‘i orqali xuddi oddiy ikki nuqtali bog‘lanishdagi kabi
translyatsiya qilinadi.
Internetning gurkillab rivojlanishi natijasida dunyoda axborotni tarqatish va foydalanishda sifatiy o‘zgarish sodir bo‘ldi. Internet foydalanuvchilari arzon va qulay kommunikatsiyaga ega bo‘ldilar. Korxonalar Internet kanallaridan jiddiy tijorat va boshqaruv axborotlarini uzatish imkoniyatlariga qiziqib qoldilar. Ammo Internetning qurilishi prinsipi niyati buzuq odamlarga axborotni o‘g‘irlash yoki atayin buzish imkoniyatini yaratdi. Odatda TCP/IP protokollar va standart Internetilovalar (e-mail, Web, FTP) asosida qurilgan korporativ va idora tarmoqlari suqilib kirishdan kafolatlanmaganlar. Internet hamma yerda tarqalishidan manfaat ko‘rish maqsadida tarmoq xujumlariga samarali qarshilik ko‘rsatuvchi va biznesda ochiq tarmoqlardan faol va xavfsiz foydalanishga imkon beruvchi virtual xususiy tarmoq VPN yaratish ustida ishlar olib borildi. Natijada 1990 yilning boshida virtual xususiy tarmoq VPN konsepsiyasi yaratildi.