Tasdiqlayman” Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat Pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor, komissiya raisi



Yüklə 19,82 Kb.
səhifə1/2
tarix07.06.2022
ölçüsü19,82 Kb.
#60851
  1   2
DALOLATNOMA NUKUSnnnn


TASDIQLAYMAN”
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat
Pedagogika instituti
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor, komissiya raisi
_______________ M.A.Jalelov
_____” ______________ 2022 yil
Termiz davlat universiteti maqsadli tayanch doktoranti Aliqulov Begzod Normurodovichning “Kredit modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim sharoitiga yosh o’qituvchilarning didaktik moslashuvini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi natijalarining Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida amaliyotga tatbiq etilganligi to’g’risidagi


DALOLATNOMA

So‘nggi yillarda oliy talim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar pedagogik kadrlar tayyorlash sohasiga ham taalluqli bo‘lib, yosh o‘qituvchilarning didaktik moslashuvini takomillashtirish vazifasi ustuvor yo‘nalish sifatida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.


Kredit modul tizimida yosh o‘qituvchilarda didaktik moslashuvini takomillashtirishda o‘qituvchilar o‘zlari o‘qitayotgan har bir fanning o‘qish natijalarini oldindan belgilab olishlari va ularni semestr boshida talabalarga tushuntirishlari tavsiya etiladi. Bunda asosiy e’tibor talaba fan so‘ngida uning natijasi o‘laroq mutahasis sitatida nimalarni biladi, tushunadi va qila oladi deban savolga qqratiladi. Fanning o‘qish yuklamalari talabalar aynan shu o‘qish natijalariga erishishga qaratiladi. Fanning baxolash uslub va me’zonlari esa talabalar aynan shu o‘qish natijalariga erishgan- erishmaganligini tekshirishga qaratiladi.
Ta’lim berishning faol (loyihalarga asoslangan ta’lim, muammoni tahlil qilish, muammoga tanqidiy yondashuv, tanqid qilish, munozaraga kirish, jamoada ishlash, taqdimot qilish) usullaridan ko‘proq foydalanish tavsiya etiladi. Yodingizda bo‘lsin ma’ro‘za bilim olishning eng qadimiy, eng nofaol, talabalarning yodidan tez ko‘tariladigan usullaridan biridir. Zero ECTS kredit - modul tiziming asosiy maqsadlaridan biri talaba fan so‘ngida unda qo‘lga kiritgan bilim va nimalar asosida nimalarnidir qila olishiga erishish. Bu maqsadga asosan talim berishning faqat faol usullari bilan erishish mumkin. Umumiy qilib aytganda, dars va imtixonlar talabalarning xotirasini rivojlantirishga yoki tekshirishga emas, balki ularda soxaga oid bilim, ko‘nikma va mahoratlarni shakllantirishga qaratilishi tavsiya etiladi.

Shu bilan birga, bugungi kundagi islohotlar o’qituvchilar kelajakdagi o’z kasbiy faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini to’liq anglanishiga erishish, ijtimoiy talab va majburiyatlarga mas’uliyat hamda munosabatni qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, zamonaviy oliy ta’lim tizimida o’quv-tarbiya jarayoni kredit modul tizimi asosida tashkil etilishi hamda o’qituvchilarda yangicha innovatsion fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.


Tadqiqotchi Aliqulov Begzod Normurodovichning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Kredit modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim sharoitiga yosh o’qituvchilarning didaktik moslashuvini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishi natijalari 2021-2022 yillarda tajriba-sinov ishlarining I bosqichini Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida o’quv-tarbiya amaliyotiga joriy etildi.
2021-2022 o’quv yillarida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan Pedagogika, Boshlang’ich ta’lim, Maktabgacha ta’lim, Tabiiy fanlar va Chet tillari fakultetlari professor-o’qituvchilari ishtirokida tajriba-sinov ishlari olib borildi. (Asos: Termiz davlat universiteti 2022-yil 4-apreldagi № 04/12-1043 sonli xati).
Mazkur tajriba-sinov ishlariga “Pedagogika, Boshlang’ich ta’lim, Maktabgacha ta’lim, Tabiiy fanlar va Chet tillari” fakultetlari tajriba guruhlariga jami 60 nafar professor-o’qituvchilar jalb qilingan. Tadqiqot maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan barcha respondentlar dissertant tomonidan o’tkazilgan suhbat, anketa-so’rovnoma va test sinovlarida ishtirok etgan.
Tajriba-sinov ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi.

Yüklə 19,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin