Tasdiqlayman kafedra mudiri dots: M. X. Yuldashov



Yüklə 22,27 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü22,27 Kb.
#44527
Laboratoriya mashg`uloti 10


TASDIQLAYMAN

Kafedra mudiri dots: M.X.Yuldashov________

24-avgust 2020-yil
Laboratoriya mashg`uloti 10

Mavzu: Shartli reflekslarning tormozlanishi va differensirovka hosil qilishini o`rganish

Maqsad: Adashgan nerv yadrosini qitiqlab yurak faoliyatiga ta’sirini o’rganish. Yurak faoliyati markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turadi. Ma’lumki, adashgan nerv yadrosi uzunchoq miyada 4 – qorincha tubida, rombsimon chuqurchada joylashgan. Adashgan nervni periferik qismini ta’sirlanganda yurak faoliyati susaygan. Xuddi shu tajribani Sechenov bevosita adashgan nerv yadrolarini ta’sirlab ham tekshirgan va bir xil natija olgan.

Kerakli jihozlar:ilmoqli shtativ va probka, preparovka uchun asboblar yig‘indisi, ko‘z tomizgich, paxta, Pean qisqichi, jomcha, 0,14%, 0,25% va 0,5% sulfat kislota eritmalari, Ringer eritmasi, suvli stakan, osh tuzi kristallari, baqa

Nazariy ma’lumotlar: Sechenov tajribasi. Nerv faoliyatining asosida aktiv karama-qarshi funksiyaga ega bo‘lgan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari yotadi.

Tormozlanish deb shunday jarayonga aytiladiki, bunda faoliyat pasayadi yoki unga qarshilik qilinadi, Birinchi bo‘lib, eksperimentda (ilmiy tajribada) MNS dagi tormozlanishni 1862 yilda I.M.Sechenov ilmiy tajribada kuzatdi va u "Sechenov tajribasi" nomini oldi.

Baqa bosh miyasining ko‘ndalang kesimi ta’sirlanganda shu narsa kuzatiladiki, agar oraliq miya ta’sirlansa, orqa miya reflekslari haddan tashqari susayib ketadi va natijada sulfat kislota eritmasiga tushirilgan oyog‘ini baqa tortib olmaydi yoki refleks vaqti ancha cho‘zilib ketadi. Bu klassik tajriba orqali nerv faoliyatining ikkinchi tomoni bo‘lmish tormozlanish aniqlangan edi.

Ishning tartibi: Baqa boshi ochiq qoldirilgan holda salfetkaga o‘raladi. Keyin qaychining dami bilan burun teshigi orqasidan teri ozroq ko‘ndalang kesiladi. Kesimning ikki yon tomonidan baqaning terisi tanasiga qadar qing‘ir kesiladi. Teri qiyqindisi pastga qaytariladi va suyaklar orqali baqaning bosh miyasi arang ko‘rinadi. Kichkina qaychi bilan bosh suyak qopqog‘i tepa tomondan kesiladi. Uning uchun kesilgan teri oldidan suyak ozroq ko‘ndalang qilib kesiladi va ehtiyotkorlik (miyani jarohatlamaslik uchun) bilan qaychining bir dami bosh suyak qopqog‘ining ich tomoniga qisilgan holda ikki tomondan suyak qopqog‘i kesib, olib tashlanadi va bosh miya ochiladi.

Oliy hayvonlarning bosh miyasiga o‘xshab, baqa miyasi ham besh qismdan tashkil topgan.

Miya sathi tampon bilan quritilib diqqat bilan ko‘rilib, katta yarim sharlarning pastki qismidan nashtar yordamida kesiladi. Kesimning yuqori qismidagi miya olib tashlanadi.


1) bosh miya yarimsharlari; 2) oraliq miya; 3) o‘rta miya;

4) miyacha; 5) uzunchoq miya.


Baqa pastki jag‘idan ilgakka ilinib, qon to‘xta-guncha kutiladi, so‘ng ichidan qon ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi, kesilgan sath esa tampon yordamida quritilib, tajriba o‘tkazishga kirishiladi. 0,25% sulfat kislotasining eritmasidan ta’sirlovchi sifatida foydalanib, orqa oyoqlarning bukish refleks vaqti aniqlanadi. Har bir oyoq uchun refleks vaqti 1—2 minut oralig‘ida 2 marta tekshiriladi.

Metronom urishi 1 minutda 100 marta bo‘lsa, refleks vaqti 7-12 urishi orasida bo‘ladi. Agar bu vaqt qisqa bo‘lsa, kuchsizroq kislota eritmasini olish kerak (0,1%). Har bir aniqlashdan keyin baqaning panjalari stakandagi suvda yaxshilab yuviladi.

Refleks vaqti aniqlangandan so‘ng, paxta tamponchalari bilan bosh miyaning qirqilgan joyi quritiladi, so‘ng katta bo‘lmagan osh tuzi kristalli qo‘yiladi va birinchi minutdayoq refleks vaqti o‘lchanadi. Natijada refleks vaqti tezda cho‘ziladi, misol 25—35 urilishgacha (yoki oyoq 50 marta urilish davomida tortib olinmaydi, ya’ni refleks yo‘q). So‘ng tuz kristallari olinadi va kesilgan miya Ringer eritmasi bilan yuviladi.

Eslatma. Agar tuz kristalli qo‘yilgandan keyin, tortishish paydo bo‘lsa, bu miyaning pastki qismlariga tuz oqib ketganidan dalolat beradi. Miya yuvilib, u ehtiyotkorlik bilan paxta yordamida quritiladi va tajriba takror-lanadi. Sechenov tormozlanishi baqa to‘la tinch holatda bo‘lgandagina yuzaga chiqadi.

Ta’sirlovchi olib tashlangandan 5 min o‘tgach, refleks vaqti yana o‘lchanadi va refleks vaqtining oldingi ko‘rsatkichlariga qaytgani kuzatiladi.


Nazorat savollari

1. Refleks sozining ma’nosi nima?

2. Refleks yoyini rasm orqali o`rganib, sxemasini chizing.

3. Orqa miya reflakslarini turlari va ularni organizm uchun ahamiyati qanday?



4. Reflektor funksiyasini tushuntiring.

5. Spinal karaxtlik nima? U qanday hosil bo`ladi.
Yüklə 22,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin