I. Fanning mazmuni “Kommunikativ-normativ fonetika” fani talabalarga o’rganilayotgan chet tili tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishga, nutq jarayonida tovushlarning o’zgarishi, so’zlarda bo’g’in yasalishi va bo’g’in ajratilishi, so’z va gap urg’usi, intonatsiyani to’g’ri qo’llashga, talaffuz malaka va ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Mazkur fan Evropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetentsiyalari: o’rganish, o’qitish va baholash” to’g’risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference) asosida til ko’nikmalarini (o’qib tushunish, tinglab tushunish, gapirish va yozish) rivojlantirishda asosiy ahamiyatga ega.
Ushbu fan ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan tanlov fan hisoblanib, 1,2-kurslarda o’qitilishi maqsadga muvofiq. “Kommunikativ-normativ fonetika” fani xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladi. O’rganilayotgan chet tilining nazariy kurslari - umumiy tilshunoslik, stilistika va matn tahlili, qiyosiy tipologiya, nazariy grammatika fanlaridan zaruriy bilimlarni egallashda ushbu fan bo’yicha o’zlashtirilgan ko’nikma va malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.
II. Asosiy nazariy qism (maruza mashgulotlari II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: Semestr 2 1-mavzu. “Kommunikativ-normativ fonetika” “Kommunikativ-normativ fonetika”faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari hamda boshqa fanlar bilan aloqasi bilan talabalarni tanishtirish.
2-mavzu. “Nutq tovushlarining hosil bo’lishi va nutq organlari” Nutq tovushlarining xosil bo’lishi va ularning hosil bo’lishida ishtirok etadigan nutq organlari haqida ma’lumot berish.
3-mavzu. “Unli tovushlarning xususiyati va ularni klassifikatsiya qilish tamoyillari" Ingliz tilidagi unli tovushlarning xususiyatlari; monoftonglar klassifikatsiyaasi haqida ma’lumot.
4-mavzu. “Ingliz tili harflari va tovushlari o’rtasidagi farq” 6 unli harflar va 20 ta undosh tovushlar haqida ma’lumot berish.