"tаsdiqlаymаn" Samarqand davlat chet tillar



Yüklə 127,5 Kb.
tarix01.05.2023
ölçüsü127,5 Kb.
#105550
Boyonnoma Toxirova F.O.


“TАSDIQLАYMАN”
Samarqand davlat chet tillar
instituti rektori
professor I.M.Tuxtasinov
“___” ______________ 2023

Samarqand shahri

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili -1 fakulteti “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogikasi kafedrasining 2023-yil 18 fevraldagi kengaytirilgan yig‘ilish bayonnomasidan
KO‘CHIRMА

2023 yil 18 fevral Samarqand shahri

Yig‘ilish raisi: f.f.n. (PhD). dots. Boltakulova G.F.
Yig‘ilish kotibi: Аbdullaev А.A.
Qatnashdilar: kafedra mudiri, f.f.n. (PhD). dots. Boltakulova G.F., Ingliz tili - 1 fakulteti dekani f.f.n. А.R.Ismailov, p.f.d. prof. Maxmudova M.M. p.f.n. dots. Yo‘ldasheva S.T., f.f.n. dots. N.Sh.Аmriddinova, f.f.n. dots. Sh.J.Shomurodova, f.f.n. dots. G.X.Obrueva, f.f.n. dots. Suleymanova N.J., PhD. dots. Begmatova D.M., p.f.n. dots. Bo‘riyev H.Q., PhD Xolmurodova D.X., PhD. Mavlonova N.A. doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va kafedra aʼzolari; katta o‘qituvchi Daminova N.K., Abduvahabova U.Y., Xamrayeva Z.X., o‘qituvchilar: Abdullayev A.A., Sodiqova Y.F., Xandamova F.B., Karimova Sh.V., Ibodullaeva M.X., Najiyeva S.N., Karimova N.M., Esanboyev Q.U., Pulatova F.A., Shodiyeva S.R.

KUN TARTIBI


Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqil tadqiqotchisi Toxirova Farida Olimjonovnaning 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi.
Ilmiy rahbar: O‘raqov Shokir Ulashevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dosent.

ESHITILDI:


Yig‘ilish raisi G.F.Boltaqulova yig‘ilish ishtirokchilarni taqdim etilayotgan Samarqand davlat chet tillar instituti “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” mavzusidagi dissertatsiya bilan tanishtirdi.
Doktorlik dissertatsiya mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2021.2.PhD/Ped2609 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Mazkur ilmiy tadqiqot ishi taqrizchilari etib filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD., dosent N. J. Sulaymonova. pedagogika fanlar nomzodi, dosent S.T. Yo‘ldosheva

DISSERTАNTNING MАVZU BO‘YCHА BАYONАTI



Аssalomu alaykum, hurmatli ustozlar, yig‘ilish ishtirokchilari!
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Dissertatsiyaning dolzarbligi jahondagi yetakchi ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlarida pedagogik muloqot vositasida talabalarning kasbiy tafakkurini rivojlantirishning kreativ mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. YuNESKO tomonidan 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida “sifatli ta’lim ijodiy tafakkurni va bilimni rag‘batlantiradi, savodxonlik va hisob malakalari asoslarini, shuningdek, tahlil qilish, muammolarni hal qilish, fikrlash hamda boshqa shaxslararo va ijtimoiy munosabat ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash”1ga imkoniyat berishi alohida e’tirof etilgan.
Xalqaro miqyosda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish, ijodiy fikrlash, tanqidiy tafakkur, o‘zini-o‘zi baholash, talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini loyihalashtirish yetakchi ilmiy g‘oya sifatida talqin qilinadi. Dunyoda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish, ularning qobiliyati, axloqiy va estetik hissiyotlarini tarbiyalash, o‘qishga qiziqishi, xohish va istagini, o‘zi va o‘z atrofini o‘rab olgan olamga hissiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan o‘quv tuzilmalarini ishlab chiqish, talabalarning intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashuvchi pedagogik texnologiyalarga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi - inson va uning manfaatlari, xavfsizligi va farovonligini ta’minlash hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilganligidir. Yangi O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim orqali kadrlar tayyorlashning zamonaviy asosi yaratildi. Ta’lim muassasasi o‘sib kelayotgan shaxsni o‘qitish jarayonida ularga ta’lim olish sharoitlarini yaratadi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy malakasi, avvalo, o‘qituvchilarning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini shakllantirish hamda rivojlantirishning yo‘naltirilgan bo‘lishi o‘qituvchi masuliyatini yanada oshiradi. Buning uchun tibbiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar kasbiy tafakkurining qay darajada shakllanganligi va shu asosda kasbiy tayyorgarlikka egaligi, pedagogik va axborot texnologiyalar, interfaol usullar bilan qurollanganlik darajasini hisobga olgan holda, ularning ta’lim muassasalarida olgan bilimlarini o‘z faoliyatida qo‘llash malakasini takomillashtirib borish lozim.
Dissertasiyaning “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida “kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligi, “kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” texnologiyasi tushunchasi, uning pedagogik mohiyati va vazifalari, “kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” ning mavjud ahvoli muammolari ko‘rib chiqilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish,
aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo‘g‘ini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatga erishishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari2 belgilab berilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlar vaqtida alohida e’tibor bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilib, o‘z navbatida ular talaba yoshlar shaxsini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirishda mas’ul hisoblanadilar. Hozirda O‘zbekistonda bu fan endi rivojlanishi kerak bo‘lgan va yoshlarni tarbiyalashda, ularga kasb tanlashlariga yordam beruvchi asosiy mutaxassislik fani bo‘lib bormokda. Kasb psixologiyasining mohiyati insonning kasbga xos hatti-harakati va kasb tarixi bilan bog‘lik tomonlarni ko‘rsatib berish, shuningdek, yoshlar, kasb tanlovchilarga o‘zlari qiziqqan kasblarini tanlashlarida yo‘l-yo‘riqlar berish, keyinchalik kasbdan ketishlariga, ya’ni nafaqaga chiqishlarida ham yordam berish kabilar hisoblanadi.
Dissertasiyaning “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirishning mazmuni” deb nomlangan ikkinchi bobida ushbu bobda pedagogik muloqot va uning talabalar kasbiy tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati, tibbiy pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy tafakkurini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ko‘rsatilgan.
Muloqot – bu insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga bo‘lgan ehtiyoji bo‘lib, munosabatlar, o‘zaro ta’sirlar, ma’lumot hamda axborot almashishga doir ularning birgalikdagi faoliyatidir.
Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan dars jarayonida o‘qituvchi hamda ta’lim oluvchilarning o‘zaro ijodiy faoliyatida bilim olishga qaratilgan izlanishni boshqarish faqat pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot natijasida amalga oshiriladi.
Muloqotda o‘qituvchining tashabbuskorligi, ta’lim-tarbiyaviy hamda ijtimoiy-psixologik jihatdan qator strategik va taktik muammolar yechimini topish imkoniyatini beradi: o‘qituvchining o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi yo‘naltiruvchanlik roli, talabalarning yaxshi kayfiyati, his-tuyg‘ularini shakllantiradigan, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan, zarur ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish imkoniyatini beradigan qizg‘in pedagogik muloqotni pedagogik maqsadga muvofiq ta’minlaydi.
Pedagogik muloqot - bu talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, tushunish va o‘zaro aloqalarni tashkil etish, o‘rnatish va rivojlantirishning ko‘p qirrali jarayoni bo‘lib, ularning birgalikdagi faoliyatining maqsadi, mohiyati va mazmuni asosida tashkil etiladi hamda talabalar kasbiy tafakkurini rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Dissertasiyaning “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirishga doir olib borilgan tadqiqot ishlarining samaradorlik darajasi” deb nomlangan uchinchi bobida tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish yo‘llari va usullari hamda tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirish mexanizmi mazmuni, shuningdek tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirishning didaktik tizimi mohiyati yoritilgan.
Kasbiy tafakkur bu o‘qituvchining asosiy shaxsiy xususiyatlaridan biri hisoblanib, uning pedagogik ko‘nikma va malakalarini egallashida yorqin namoyon bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, kasbiy tafakkur intellekt rivojlanishining qandaydir dastlabki shakli hisoblanmasdan, aniq, maqsadli, o‘ziga xos individual vaziyatlar sharoitida amalga oshiriladi.
Kasbiy tafakkurning asosiy vazifasi - umumiy egallangan bilimlarni faoliyatdagi aniq vaziyatlarda qo‘llashdan iboratdir. Bunday vaziyatlarning qiyinchiligi, o‘zgaruvchanligi, qarama-qarshi xarakteri hamda tezlik bilan qaror qabul qilish zaruriyati – bo‘lg‘usi vrach-pedagog kasbiy tafakkurining o‘ziga xos xususiyati mazmunini belgilaydi.
Bizning fikrimizcha, pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurning rivojlanganlik darajasini baholashda: kognitiv, qadriyatli-motivasion hamda faoliyatli mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqotlarimiz natijasida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirish jarayonini reproduktiv, faoliyatli-normativ hamda ijodiy bosqichlarda amalga oshirdik.
Kasbiy tafakkurni shakllantirishning reproduktiv bosqichida, asosan o‘qitishning reproduktiv: so‘rovnoma, tushuntirish, takrorlash metodlaridan foydalandik. Bu bosqichda talaba asosan nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganib, qo‘llab, keyingi faoliyati muvaffaqiyatini ta’minlovchi ko‘nikma va malakalarni egallagan holda, pedagogik ta’sir obyekti sifatida namoyon bo‘ldi. Bu jarayonda talabalar tomonidan o‘quv faoliyatidagi turli yo‘nalishdagi ehtiyojlarini shakllantirish va shu asosda qiziqishlari hamda kasbiy ahamiyatli motivlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Kasbiy tafakkurni shakllantirishning faoliyatli-normativ bosqichida talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan metodlar va usullar yetakchi o‘rinni egalladi. Talabaning pedagogik mehnati asosan ijodiy hisoblansada, normativ xarakterga ega bo‘ladi, qaysikim, ijodiy jarayon ma’lum va tegishli qonuniyatlarga bo‘ysungan holda tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Talabalar o‘quv tayyorgarligining aniq shaklida qaror qabul qilish va tahlil metodlarini o‘rganib, vazifalarni yechishning muammoli hamda inversion ijodiy metodlari bilan tanishadilar, original tafakurni rivojlantirishning usullarini qo‘llaydilar. Buning uchun mushohada qilish, isbotlash hamda munozara metodlarini qo‘llagan holda talabalar uchun divergent tafakkur qilish qobiliyatini rivojlanishi, originalligi, mahsuldorligi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdik.
Tajriba-sinov ishlarining baholovchi (yakunlovchi) bosqichida talabalarning mustaqil ishlari salmog‘i ortdi. Ular faqat o‘qituvchi tanlagan ish shaklining ishtirokchisi bo‘lib qolmay, balki faol tashkilotchi ham bo‘lishdi. Ularning faoliyat subʼekti sifatida ishtiroki amalga oshirildi. Talabalar o‘z imkoniyatlarini tanlov va viktorinalarni o‘tkazish chog‘ida ko‘rsata oldilar. Tanlovlar shunday tashkiliy shakllar uchun anʼanaviy sxema bo‘yicha o‘tkazilib, loyiha ishlari imkon qadar qiziqarli olib borildi. Shunday qilib loyihalar talabalarning tadqiqot qobiliyatini rivojlantirishda foydalanilgan metodika ularni oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirishga imkonini berdi. Buning natijasida tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida qobiliyatining barcha turlari uchun xarakterli bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalar rivojlantirildi.

XULOSA
Olib borilgan tairiba-sinov ishlaridan kelish chiqib quyidagi xulosaga keldik:


“Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish” mavzusidagi dissertasiya bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:
Oliy ta’limning mazmunini modernizasiyalashdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad jarayon subyektlarining kasbiy tafakkurini rivojlantirishdan iborat. Bu ta’lim oluvchilarning kasbiy faoliyatning bir cho‘qqisidan ikkinchisiga qarab harakatlanishlari, yetuklikning turli darajalarida mahorat cho‘qqisiga erishishlari, sog‘lom fikrlashlari va ijodiy kasbiy faoliyat ko‘rsatish tajribasini egallashlari uchun muhim hisoblanadi.
Oliy ta’lim jarayoni subyektlarining kasbiy tafakkurini pedagogik muloqot vositasida rivojlantirishda quyidagilar muhim ahamiyatga ega: har tomonlama rivojlangan shaxs va ijtimoiy faoliyat subyekti sifatida oliy ta’lim jarayoni subyektlarining o‘ziga xosligini o‘rganish, ularda muvaffaqiyat qozonish mayllarini hosil qilish va rivojlantirish, intellektual hamda ijodiy quvvatlarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay pedagogik sharoit yaratish, ularning yuqori natijalarga erishishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish hamda ijodiy yaratuvchilik faoliyatlarini tashkil etish, integrallashgan mezonlar asosida ta’lim sifatini baholash mexanizmlari, oliy ta’limning asosiy maqsadiga erishish strategiyasini ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning kasbiy madaniyati va ma’naviyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayoni subyektlari kasbiy tafakkurini shakllantirish bevosita ta’lim mazmuni yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ta’lim oluvchilar bilan professor-o‘qituvchilar orasidagi pedagogik muloqot uslubi, ularga o‘quv materiallarini taqdim etishni tashkillashtirish usullari ta’lim oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyati xarakteriga bevosita bog‘liq. Oliy ta’lim natijalari sifatini baholash tizimi ham kasbiy tafakkurning taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi.
Bizning fikrimizcha kasbiy tafakkur- bo‘lajak mutaxassis(tibbiy pedagog)ning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar mazmunini anglagan holda, unda faol ishtirok etishi hamda egallangan kasbiy tajribani qo‘llash orqali, tanlangan kasbi bo‘yicha mantiqiy fikrlash jarayonida pedagogik vazifalarni yechishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga oid shaxsiy-kasbiy fazilatlarning tarkib topishidir.
Pedagogik muloqot-kasbiy tafakkurni rivojlantirishning asosiy vositalaridan biri hisoblanib, ta’lim jarayoni subyektlari o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni sifatida, ularning birgalikdagi faoliyatining maqsadi, mohiyati va mazmuni asosida tashkil etiladi. Muloqot jarayonida pedagogik (axborot uzatish), interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o‘zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Pedagogik muloqotni amalga oshirish, tanlangan vositalar yordamida kasbiy tafakkurni rivojlantirishning maqsadlari va mazmuniga muvaffaqiyatli erishish ushbu aloqaning: konstruktiv, kommunikativ-rag‘batlantiruvchi, emosional-tuzatuvchi, nazorat qiluvchi va baholovchi, axborot hamda ta’lim beruvchi va tashkilotchilik kabi funksiyalar to‘plamini amalga oshirish bilan ta’minlanadi.
Pedagogik muloqot vositasida tibbiy pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy tafakkurini rivojlantirish nazariy, amaliy tayyorgarlik, pedagogik amaliyot hamda mustaqil ta’lim bilan bog‘liq holda yaxlit o‘quv-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim. Bu jarayon tibbiy pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan pedagogik sikl fanlar hamda “Tibbiyot pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy tafakkurini rivojlantirish” maxsus kursimizni o‘qitish jarayonidagi o‘quv mashg‘ulotlari orqali amalga oshirildi.
Nazariy, amaliy tayyorgarlik hamda pedagogik amaliyot bilan bog‘liq holda yaxlit o‘quv-tarbiya jarayonida tibbiy pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalarida kasbiy tafakkurni shakllantirish maqsadida interfaol o‘qitish metodlaridan ham foydalandik. Bu jarayonda talabalarda kasbiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan kreativ (ijodkorlik) qobiliyatni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqladik hamda tegishli ilmiy metodik tavsiyalar berdik.
Pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan ijodiy jarayonning vositalari sifatida pedagogik vazifa va topshiriqlar - talabalar o‘quv-biluv faoliyatining samarali natijalarini ta’minlash hamda ularning kasbiy tafakkur operasiyalari (tahlil, sintez, umumlashtirish, tizimlashtirish, isbotlash, bilimlarni yangi darajaga o‘tkazish) ni takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish modeli ishlab chiqildi va ushbu modelda: maqsad va ushbu maqsaddan kelib chiqadigan vazifalar, kasbiy tafakkurni rivojlantirish funksiyalari, prinsiplari, bosqichlari, pedagogik shart-sharoitlari, pedagogik jarayonni tashkil etish shakllari, metodlari, usul va vositalari, rivojlanganlik mezonlari, ko‘rsatkichlari va natijada kasbiy tafakkuri rivojlangan mutaxassis holatidagi o‘zaro uzviy aloqadagi jarayon tavsiflandi.
“Tibbiyot pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy tafakkurini rivojlantirish” fani doirasida talabalar tomonidan aniq vaziyatlar yechimini mustaqil izlab topish va qarorlar qabul qilish, predmet bo‘yicha mavzu maqsadi va vazifalariga mos zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini mustaqil tanlash va ishlab chiqish, shuningdek, jamoaviy-ijodiy faoliyatni tashkil etishga yo‘naltirilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar talabalar kasbiy tafakkurini rivojlantirishga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Talabalarni pedagogik muloqot vositasida maqsadli faoliyatga yo‘naltirishga doir ish shakllari (vizual, muammoli, press-konferensiya, interfaol ma’ruza mashg‘ulotlari, refleksiv izlanish, shuningdek, “rolli o‘yin” “davra suhbati”, treninglar, kollokvium amaliy mashg‘ulotlari) hamda interfaol metodlar tizimi ishlab chiqildi.

DISSERTАNTGА QUYIDАGI SАVOLLАR BERILDI


1.f.f.n. dots. G.X.Obrueva: Ushbu mavzuda Respublikamiz va MDX olimlaridan kimlar izlanishlar olib borgan va Sizning ilmiy ishingiz ulardan nimasi bilan farq qiladi?
Tadqiqotchining javobi: Xorij va respublikamizda mavzu yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar haqida to‘xtalib o‘tdim. Yuqorida nomlari qayd etilgan tadqiqot ishlarida pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish jihatlari borasida nazariy, amaliy va uslubiy ahamiyatga ega bo‘lgan qarashlar ilgari surilgan bo‘lsada, shu vaqtga qadar xorij va respublikamizda o‘quv mashg‘ulotlarining zamonaviy tashkil etilishi, bugungi kun talablari asosida alohida tadqiqot obyekti sifatida tadqiq qilinmagan.
2. PhD. Dots. Sulaymanova N.J.: Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda nimalarga alohida e’tibor qaratish lozimligini taqozo etadi va bu qanday texnologiyalar?
Tadqiqotchining javobi: Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va ular asosida ta’lim oluvchilarning intelektual qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy talablarga, pedagogik va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini taqozo etadi.
3. PhD. Dots. Begmatova D.M.: Tadqiqot rivojida o‘quv mashg‘ulotining pedagogik maqsad va vazifalarni aniqlashning mohiyati qanday ochib berilgan?
Tadqiqotchining javobi: Tadqiqot rivojida o‘quv mashg‘ulotining pedagogik maqsad va vazifalarni aniqlashning mohiyati ochib berilgan. o‘quv mashg‘ulotlari maqsadini aniq qo‘ymasdan turib ko‘zlangan natijaga erishish, aniq maqsadsiz esa belgilangan vazifalarni amalga oshirish va amaliy natijaga erishish mumkin emas. Maqsad qanday qo‘yilsa natija ham shunday bo‘ladi. Pedagog o‘z oldiga aniq yakuniy maqsadni qo‘ysagina, u unga erishish yo‘llarini izlaydi. Maqsadni qo‘yishda ehtiyoj va muammolarni tahlil qilish, maqsadni muhim muammolarga qaratish, jiddiy va aniq maqsadlarni qo‘yish, maqsadlarni unga erishilganlikni aniqlash yo‘lida shakllantirish, motivasiya uyg‘otuvchi maqsadlarni qo‘yish, maqsadlardan faoliyat ishtirokchilarining xabardor bo‘lishiga e’tiborni qaratish, har bir mashg‘ulotning maqsadi dastur maqsadiga mos kelishini ta’minlash talablariga amal qilish lozim.
4. Kata o‘qituvchisi: Dminova N.: Ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog qanday pedagogik usullarni qo‘llay bilishi lozim?
Tadqiqotchining javobi: Ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv mashg‘uloti jarayonini faollashtirish usullari va o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha sifatli bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi pedagogik usullarni qo‘llay bilishi lozim. U pedagogik texnologiyalarning mohiyati, maqsadi va vazifalarini o‘rganib chiqib, ular haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar, amaliy yo‘llanmalar ishlab chiqishi, uni o‘quv mashg‘ulotlari jarayoniga joriy eta olishi kerak.

Taqrizchilar so‘zi.


Pedagogika fanlar nomzodi, dosent S.T. Yo‘ldosheva
Xalqaro miqyosda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish, ijodiy fikrlash, tanqidiy tafakkur, o‘zini-o‘zi baholash, talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini loyihalashtirish yetakchi ilmiy g‘oya sifatida talqin qilinadi. Dunyoda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish, ularning qobiliyati, axloqiy va estetik hissiyotlarini tarbiyalash, o‘qishga qiziqishi, xohish va istagini, o‘zi va o‘z atrofini o‘rab olgan olamga hissiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan o‘quv tuzilmalarini ishlab chiqish, talabalarning intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashuvchi pedagogik texnologiyalarga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Tadqiqotchi Toxirova Farida Olimjonovna o‘zining 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish ” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertasiyasida yuqoridagi omillarni nazariy jihatdan tahlil etgan va uni amaliyotga tadbiq etish yuzasidan amaliy takliflarni keltirgan.
Kirish qismida dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan; dissertasiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi bayon etilgan; muammoning o‘rganilganlik darajasi tahlil qilingan; dissertasiyaning ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan; tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti aniqlangan; ishning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan; tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati asoslangan; natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasidagi ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan.
Bevosita ish mazmuniga o‘tadigan bo‘lsak, ishning dastlabki bobi “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida “kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligi, “kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” texnologiyasi tushunchasi, uning pedagogik mohiyati va vazifalari, “kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” ning mavjud ahvoli muammolari kabi masalalarni yoritib bergan.
Dissertasiyaning ikkinchi bobi “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirishning mazmuni” deb nomlangan ikkinchi bobida ushbu bobda pedagogik muloqot va uning talabalar kasbiy tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati, tibbiy pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy tafakkurini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ko‘rsatilgan.
Muloqot – bu insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga bo‘lgan ehtiyoji bo‘lib, munosabatlar, o‘zaro ta’sirlar, ma’lumot hamda axborot almashishga doir ularning birgalikdagi faoliyatidir.
Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan dars jarayonida o‘qituvchi hamda ta’lim oluvchilarning o‘zaro ijodiy faoliyatida bilim olishga qaratilgan izlanishni boshqarish faqat pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot natijasida amalga oshiriladi.
Tadqiqotning III –bobi “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirishga doir olib borilgan tadqiqot ishlarining samaradorlik darajasi” deb nomlangan uchinchi bobida tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish yo‘llari va usullari hamda tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirish mexanizmi mazmuni, shuningdek tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirishning didaktik tizimi mohiyati yoritilgan.
Shu o‘rinda dissertasiya ishining ilmiy qiymatini oshirishga xizmat qiluvchi ayrim takliflarni ham berib o‘tmoqchi edim:
Birinchidan, ilmiy yangiliklariga yana bir qarab chiqishni, yanada konkretlashtirishni so‘ragan bo‘lardim;
Ikkinchidan, orfografik xatoliklar, ayrim jumlalarning kelishmaganligi holatlari ham bor, bularni ham e’tiborga olish kerak, nazarimda.
Uchinchidan, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati ketma – ketligiga e’tibor qaratish kerak deb hisoblayman.
Biroq, keltirib o‘tilgan kamchiliklar tadqiqotning ilmiy saviyasiga salbiy ta’sir etmaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tadqiqotchi Toxirova Farida Olimjonovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertasiya ishini tugallangan ilmiy ish deb hisoblayman va keyingi bosqichga o‘tkazishni tavsiya etaman.
Rais: Endi birinchi taqrizchi tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va eʼtirozlarga javob berish uchun so‘zni dissertantga bersak.
Rahmat ustoz, ishimizni sinchiklab o‘qib foydali maslahatlar berganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Ko‘rsatilgan kamchiliklar so‘zsiz tuzatiladi va tavsiyalar qabul qilindi.
Rais: Endigi navbat ikkinchi taqrizchi Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD., dosent N. J. Sulaymonovaga beriladi.

PhD., dosent N. J. Sulaymonova:


Mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi - inson va uning manfaatlari, xavfsizligi va farovonligini ta’minlash hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilganligidir. Yangi O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim orqali kadrlar tayyorlashning zamonaviy asosi yaratildi. Ta’lim muassasasi o‘sib kelayotgan shaxsni o‘qitish jarayonida ularga ta’lim olish sharoitlarini yaratadi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy malakasi, avvalo, o‘qituvchilarning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini shakllantirish hamda rivojlantirishning yo‘naltirilgan bo‘lishi o‘qituvchi masuliyatini yanada oshiradi. Buning uchun tibbiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar kasbiy tafakkurining qay darajada shakllanganligi va shu asosda kasbiy tayyorgarlikka egaligi, pedagogik va axborot texnologiyalar, interfaol usullar bilan qurollanganlik darajasini hisobga olgan holda, ularning ta’lim muassasalarida olgan bilimlarini o‘z faoliyatida qo‘llash malakasini takomillashtirib borish lozim.
Tadqiqotchi Toxirova Farida Olimjonovna o‘zining 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish ” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertasiyasida yuqoridagi omillarni nazariy jihatdan tahlil etgan va uni amaliyotga tadbiq etish yuzasidan amaliy takliflarni keltirgan.
Kirish qismida dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan; dissertasiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi bayon etilgan; muammoning o‘rganilganlik darajasi tahlil qilingan; dissertasiyaning ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan; tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti aniqlangan; ishning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan; tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati asoslangan; natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasidagi ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan.
Ishning dastlabki bobi “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida “kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligi, “kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” texnologiyasi tushunchasi, uning pedagogik mohiyati va vazifalari, “kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” ning mavjud ahvoli muammolari kabi masalalarni yoritib bergan.
Dissertasiyaning ikkinchi bobi “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirishning mazmuni” deb nomlangan ikkinchi bobida ushbu bobda pedagogik muloqot va uning talabalar kasbiy tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati, tibbiy pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari kasbiy tafakkurini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ko‘rsatilgan.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimidagi amaldagi axborotlashgan ta’lim muhitining alohida komponentlari bo‘lgan axborot tizimlari, ma’lumotlar banklari, pedagog va talabalarning veb-saytlari, axborot resurs markazlari, elektron axborot-ta’lim resurslari, virtual laboratoriyalar, media va videodarslar, elektron hujjatlar almashinuv tizimi, videokonferensiya aloqalari, internet tarmog‘idagi on-layn tanlovlar tizimdagi barcha ishtirokchilarni faol foydalanuvchilarga aylanishiga, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga keng joriy etilishiga xizmat qilishini inobatga olib, tajriba-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
Tadqiqotning III –bobi “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirishga doir olib borilgan tadqiqot ishlarining samaradorlik darajasi” deb nomlangan uchinchi bobida tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish yo‘llari va usullari hamda tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirish mexanizmi mazmuni, shuningdek tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirishning didaktik tizimi mohiyati yoritilgan.
Tadqiqotlar natijasida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni shakllantirish jarayonini reproduktiv, faoliyatli-normativ hamda ijodiy bosqichlari amalga oshirilgan. Kasbiy tafakkurni shakllantirishning reproduktiv bosqichida, asosan o‘qitishning reproduktiv: so‘rovnoma, tushuntirish, takrorlash metodlaridan foydalanilgan. Bu bosqichda talaba asosan nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganib, qo‘llab, keyingi faoliyati muvaffaqiyatini ta’minlovchi ko‘nikma va malakalarni egallagan holda, pedagogik ta’sir obyekti sifatida namoyon bo‘lgan. Bu jarayonda talabalar tomonidan o‘quv faoliyatidagi turli yo‘nalishdagi ehtiyojlarini shakllantirish va shu asosda qiziqishlari hamda kasbiy ahamiyatli motivlarni rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.
Shu o‘rinda dissertasiya ishining ilmiy qiymatini oshirishga xizmat qiluvchi ayrim takliflarni ham berib o‘tmoqchi edim:
Birinchidan, Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyatini yana bir qarab chiqishni, yanada konkretlashtirishni so‘ragan bo‘lardim;
Ikkinchidan, orfografik xatoliklar, ayrim jumlalarning kelishmaganligi holatlari ham bor.
Uchinchidan, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati ketma – ketligiga e’tibor qaratish kerak deb hisoblayman.
Turtinchidan, talabalarda pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurini shakllantirish bo‘yicha kuproq ma’lumotlarga e’tibor qaratish kerak deb hisoblayman.
Biroq, keltirib o‘tilgan kamchiliklar tadqiqotning ilmiy saviyasiga salbiy ta’sir etmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Toxirova Farida Olimjonovnaning 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish ” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi yakunlangan, mustaqil bajarilgan, sodda pedagogik tilda bayon etilgan. Dissertasiya OAK talablari asosida rasmiylashtirilgan, tadqiqot ishi yakunlangan. Tadqiqotchi Toxirova Farida Olimjonovna “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” mavzusidagi 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
Rais: Taqrizchi tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va eʼtirozlarga javob berish uchun so‘zni dissertantga bersak.
Tadqiqotchining javobi: Dissertatsiyamizni batafsil, sinchkovlik bilan o‘qib, o‘zlarining qimmatli fikr va mulohazalarini bildirganligingiz uchun, hurmatli Sayida Toshqulovna Yo‘ldosheva hamda Nulifar Jabborovna Sulaymonova o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Taqrizda bildirilgan eʼtirozlarga o‘z munosabatimni bildirmoqchiman:
Dissertatsiya matnida uchraydigan ruscha atamalar, grammatik va stilistik g‘alizliklarni qaytadan ko‘rib chiqamiz va tuzatamiz. Dissertatsiyada bo‘lgan barcha kamchiliklarni kurib chiqib va tuzatamiz.
Kafedra mudiri: Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari! Endi dissertatsiya muhokamasiga o‘tsak. Kimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqchi?
So‘zga chiqdilar:
F.f.n.dots А.R.Ismailov: Tadqiqotchi ko‘p yillar davomida mazkur dissertatsiya ustida ishlaganligi ko‘rinib turibdi. Mavzu bo‘yicha 12 ta maqola chop etilgan. Muallif dissertatsiyada mamlakatimiz ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan biriga qo‘l urgan va muhim natijalar olishga erishgan.Tadqiqotchi ixtiyorida qolgan manbalar tezda doktorlik dissertatsiyasini ham tayyorlash uchun yetarli bo‘ladi deb hisoblayman va tadqiqotchidan buni kutib qolaman. To‘plangan materiallar, tadqiqot jarayonida erishilgan amaliy natijalar va keltirilgan tavsiyalar chet tillar o‘qitish metodikasi rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi, deb hisoblayman. Umuman men bugun muhokamaga qo‘yilgan Toxirova Farida Olimjonovnaning dissertatsiyasini to‘liq yakunlangan deb hisoblayman va himoyaga tavsiya etishlaringizni so‘rayman. Dissertantga faqat oq yo‘l tilayman. Dissertant falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq.
F.f.n. dots.G.Obrueva: Mustaqil tadqiqotchi F.O.Toxirova dolzarb mavzuni tadqiq etgan. Haqiqatdan ham talabalarning tadqiqot qobiliyatini rivojlantirish butun jahon mamalakatlari izlanishlar olib borayotgan mavzudir. Loyihaviy ta’lim bizning mamlakatimizda hali tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. Ishning barcha tomonlari ilmiy yangilikdir. Dissertant juda ko‘p ilmiy yangiliklarni amalga oshirgan. Dissertatsiya himoya uchun tayyor, uni SamDChTI huzuridagi ixtisoslashgan ilmiy kengashga tavsiya etsa bo‘ladi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, kafedra yig‘ilishi
QАROR QILАDI: Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqil tadqiqotchisi Toxirova Farida Olimjonovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi – ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi.
Ilmiy rahbar: O‘raqov Shokir Ulashevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dosent

1. Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqil tadqiqotchisi Toxirova Farida Olimjonovnaning 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi – ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Oliy ta’lim tibbiyot sohasi talabalarida kasbiy tafakkurni pedagogik muloqot vositalari yordamida shakllantirish” mavzusidagi dissertatsiya o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni to‘liq bajargan, OАKning amaldagi talablariga javob beradigan, ilmiy yangiligi va amaliyotga joriy qilinishi bilan tavsiflanadigan tadqiqot sifatida qayd qilinsin.


2. Dissertatsiyaning mohiyati uning avtoreferatida aks etgani qayd etilsin.
3. Taqrizchilar tomonidan aytib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng F.O.Toxirovaning mazkur dissertatsiyasi Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd.03/30.12.2019.fil/ ped.83.01raqamli ilmiy kengashga tavsiya etilsin.

Kafedra mudiri: PhD. dots. Boltakulova G.F.


Yig‘ilish kotibi: Аbdullaev А.



1Incheon Declaration/Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all (Word Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of Korea).

2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi to’g’risida‖gi PF-4947-son Farmoni. – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son

Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin