Qo’shma dasturlar fakulteti dekani:
2021 - yil “___” _______ ______________________ B.Ya.Primov
(imzo)
1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fani magistrantlarni zamonaviy tarjimashunoslikning asosiy holati, tarjima nazariyasining aspektlari va amaliy bilimlari bilan tanshtirishdan iborat.
Tilshunoslik tizimida tarjima nazariyasini ahamiyati va o‘rnini
aniqlash, tarjima nazariyasining nazariy asoslari bilan tanishtirish, qiyosiy chog‘ishtirma va tarjima metodlari nazariyasining asoslarini o‘rganish vazifalarini bajaradi
Fan bo‘yicha
talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-tarjimaning leksik, grammatik va stilistik muommolari to‘g‘risida nazariy bilimlarga ega bo‘lish hamda ularga ijodiy yechim topa olishni;
-informativ axborotlarni tarjima qilish usullarini;
-asl nusxa va tarjima matnini lingvistik
tahlil qilish usullarini;
-tarjimada qo‘llaniladigan asosiy metodlarni
bilishi;
-ma’ruzalar davomida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish;
-tarjima jarayonida asl matnning shakli, mazmuni va g‘oyasini saqlash, badiiy,
siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, ilmiy-ommabop va rasmiy xarakterdagi matnlarni chet tilidan ona tiliga va ona tilidan chet tiliga tarjima qilish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.