TASHKILIY BOSHQARUV HUJJATLARI
REJA:
TASHKILIY FARMOYISH HUJJATLARI
TASHKILIY FARMOYISH HUJJATLARI
MAJLIS BAYONI VA MA’LUMOTNOMA MAZMUNI
Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llaniladi.
Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ular odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog’liq normativ buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo’lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |