Tdtu elektronika va avtomatika fakulteti 117-18mr guruh talabasi



Yüklə 21,37 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü21,37 Kb.
#35671
  1   2
yak

TDTU Elektronika va avtomatika fakulteti 117-18mr guruh talabasi

Komilov Dostonning

FV va FM fanidan

Yakuniy nazorat ishi

7-variant

1.Dezaktivatsiya va degazatsiya usullari va vositalari.

2.Fuqaro muhofazasi nima?

3.Yer kо’chkisi va uning paydo bo’lishi.
Javoblar
1.Dezaktivatsiya [dez… valot. activus-taʼsirchan] – radioaktiv zarralar bilan zaharlangan obyektlar (suv, oziq-ovqat, kiyim-bosh, tuproq, bino va inshootlar, texnika, qurol-yarogʻlar)ni radioaktiv iflosliklardan tozalash; ommaviy shikastlash vositalaridan himoya qilishning bir usuli.

Suv maxsus filtrlash qurilmalari bilan, texnika maxsus mashinalar va asboblar yordamida yuvuvchi kimyoviy moddalar bilan dezaktivatsiya lnadi va h. k.

Dezaktivatsiya samarasi radiometr bilan tekshirib turiladi. Atom elektr st-yalarida, yadro reaktorlarida falokat yuz berganda, dushman yadro quroli ishlatganda va boshqa(lar) favqulodda holatlarda ishlatiladi.

Degazatsiya [de… va gaz] – zaharlangan joylar, inshootlar, harbiy texnika, jangovar qurollar, oziq-ovqat, havo, suv va boshqa(lar)ni zararsizlantirish.

Degazatsiya qiluvchi moddalar sifatida xlorli ohak, kalsiy gipoxlorit, xloramining har xil konsentratsiyalari, ishqorli tular qoʻllanilishi mumkin. Zaharlangan joy xlorli ohak bilan degazatsiya qilinadi, ayrim hollarda esa tuproq yoki qorning zaharlangan qatlami olib tashlanadi.

Kiyim-boshlar issiq qavo yordamida, jangovar texnika va harbiy qurollar xloramin va ishqorli eritmalarni purkash yoʻli bilan yoki yuvuvchi eritmalar (benzin, kerosin, spirt)da degazatsiya qilinadi. Xonalarni zaharli moddalar bugʻi va gazlardan xoli qilish uchun ular shamollatiladi.

Degazatsiyada maxsus mashina va asboblar, oddiy suv sepish mashinalari, grederlar, gidropultlar qoʻllanilishi mumkin.

2. Ma’lumki, har bir mustaqil davlat о‘zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari о‘sha davlatning qudratini belgilaydi. Chunki davlatlar ichida yangi-yangi qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga, balki butun jonli tabiatga, atrof-muhitga juda katta ziyon yetkazadi. Yuqoridagi qurollar yer yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi. Shuning uchun har bir davlatning mudofaa qudrati asosini fuqarolar muhofazasi tashkil etadi. Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bо‘lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik davrida fuqarolar muhofazasi sohasida yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mо‘tadil hayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun О‘zbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi.

3. Respublikamizning tog`li, tog`oldi, daryo bo`ylari hududlarida yashaydigan aholi va xalq xo`jaligi ob’ektlariga katta xavf tug`diradigan tabiiy ofatlardan biri yer kuchishidir. Ko`chki sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hududlarga Toshkent, Andijon, Fargona, Samarqand, Surxondaryo, Qashqaqaryo, shuningdek, Jizzax va Naman­gan viloyatlarining ayrim tumanlari kiradi. Har yili respublikamizda 150-250 ta ko`chki hodisasi sodir bo`ladi. Og`irlik ta’sirida tog` jinslarining tog` yonbag`ri bo`ylab siljishi ko`chki deb ataladi.

 Ko`chkilar tog` yonbag`rini suv yuvishi natijasida qiyalikning oshishi, shamollar ta’sirida yoki yog`inlar va yer osti suvlaridan namlanishi oqibatida jinslar mustahkamligining susayishi, seysmik tebranishlar ta’siri hamda joyning geologik sharoitini hisobga olmay inson tomonidan olib borilgan xo`jalik faoliyati ta’siridan sodir bo`lishi mumkin. Ko`chkilarning 90% tog`larda, 1000-1700 m balandlikda ro`y beradi.



  Tik tushgan va jarli tog` yonbag`irlarida, daryo vodiylarida va dengiz qirg`oqlarida asosan, shamol uchirib ketishi (nurash), yer usti va yer osti suvlari faoliyati ta’sirida tog` jinslarining bo`shashishi hisobiga katta massalar va tog` jinslarining uzilib, ag`darilib tushishi o`pirilish deb ataladi. 



Yüklə 21,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin