Tepangizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni) paydo qildik.



Yüklə 18,11 Kb.
tarix30.12.2022
ölçüsü18,11 Kb.
#78176
10 mavzu


Tepangizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni) paydo qildik. («Naba’» surasi, 12-13-oyatlar)
Bizga ma’lumki, Quyosh sistemasidagi yagona yorug’lik manbai. Quyoshning o’zidir. Texnologiyada erishilgan yutuqlar sharafi bilan astronomlar Oyning yorug’lik manbai emasligini, balki u bor-yo’g’i Quyoshdan unga yetib keladigan yorug’likni aks ettiruvchi (qaytaruvchi) ekanligini kashf qildilar. Yuqoridagi oyatda ishlatilgan «chiroq» so’zi arabcha «sirooj» degan so’zning tarjimasidir. Arab tilidagi bu so’z yorug’lik va issiqlik manbai bo’lgan Quyoshni to’laqonli tasvirlaydi.
Oy, Quyosh va yulduzlar kabi samoviy jismlarga ishora qilish uchun Alloh Qur’onda turli so’zlarni ishlatgan. Quyosh va Oy strukturalari o’rtasidagi farq Qur’onda quyidagidek ifodalangan:
Ko’rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday qavatma-qavat qilib yaratdi. Oyni ular ichida nur qilib, Quyoshni esa chiroq qilib qo’ydi. («Nuh» surasi, 15-16-oyatlar)
Yuqoridagi oyatda «nur» so’zi (arabchada «nur»Oy uchun va «chiroq» so’zi (arabchada «sirooj»)Quyosh uchun ishlatilgan. Oy uchun ishlatilgan so’z yorug’likni aks ettiruvchi, yorug’, harakatsiz jismlarni nazarda tutadi. Quyosh uchun ishlatilgan so’z esa har doim yonib turuvchi, issiqlik va yorug’likning o’zgarmas manbai bo’lgan samoviy jismga ishoraqiladi.
Bundan tashqari, «yulduz» so’zi ildizi «najama» bo’lgan arabcha so’zdan kelib chiqqan bo’lib, u «paydo bo’luvchi, yuzaga keluvchi, ko’zga ko’rinadigan» ma’nolarini anglatadi. Quyidagi oyatdagidek, yulduzlarga «saatsib» so’zi bilan ham murojaat qilinganki, u yaraqlagan va qorong’ilikni yorug’lik bilan teshuvchi, yonuvchi jismga nisbatan ishlatilgan:
(U qorong’ilikni) teshuvchi yulduzdir. («Toriq» surasi, 3-oyat)
Endi biz Oyning o’zi yorug’lik taratmasligini, balki Quyosh chiqaradigan va unga yetib keladigan nurni aks ettirishini bilamiz. Bu haqiqat Qur’onda insoniyat ilmiy kashfiyotlar qilish vositalariga ega bo’lmagan bir asrda vahiy qilingan edi. Bu asr shunday asr ediki, u paytlarda odamlarning samoviy jismlar haqidagi bilimi juda cheklangan, aniqrog’i juda past darajada edi. Bu Islom kitobining mo’jizakor tabiatli ekanligiga yana bir bor urg’u beradi.
Yüklə 18,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin